Mundarija: kirish i-bob. Yangi davrda jismoniy tarbiya



Yüklə 196 Kb.
səhifə13/16
tarix12.04.2023
ölçüsü196 Kb.
#96658
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Yangi va eng yangi davrlarda chet mamlakatlarda jismoniy tarbiya kurs ishi

Havaskorlik sporti. Havaskorlik sportiga maqom (status) berishdan maqsad aristokratik sport doirasidagilar va boshqa sohalardagi sportchilarni chegaralash, o'z navbatida esa jis­moniy mehnat bilan shug'ullanuvchi ishchilar, sport sohasidagi mutaxassislar, murabbiylar, pedagoglarga keng imkoniyat yaratib berishdan iborat. Mehnat jarayonida sport bilan shug'ullanib chiniqish va yana ish haqi olish havaskorlikka ziddir, degan g'oya paydo bo'ldi. Shu sababdan, bu jarayon professionallikni yuzaga keltirdi. Shu tariqa klublar tashkil etilib, havaskorlik sporti harakati rivojlana boshladi. Klublar ham, davlat ham xususiy ko'rinishga ega edi. Chunki ishchilardan yig'ilgan a'zolik badallari klub xarajatlarini qoplay olmas edi. Avvallari faqat bir sport turi bo'yicha klublar tashkil etildi. Keyinchalik esf bir necha sport turlari (polisport) bo'yicha klublar yuzaga keldi. Shuiar qatorida sport jamiyatlari tashkil etila boshladi. Sport harakatining rivojlanishi musobaqalarning qoidalarini ixchamlashtirish, rekordlarni rasmiylashtirish, axborotlarni yig'ish kabi faoliyatlarni yuritishni taqozo qildi. Bu, o'z navbatida, avvalo mahalliy va milliy, keyinchalik ba'zi bir sport turlari bo'yicha xalqaro uyushmalarni tashkil qilishga olib keldi, ya'ni ittifoqlar (soyuz), ligalar (yetakchi), federatsiyalar (uyushma) yuzaga keldi.
Birinchi milliy uyushma - AQSHning beysbol milliy federatsiyasi edi. U 1858-yilda ta'sis etilgan. Oradan besh yil o'tgach (1863 y.), ingliz futbol ligasi vujudga keldi. Keyinchalik esa gimnastika, qilichbozlik, boks va boshqa sport turlari bo'yicha milliy uyushmalar Yevropa, Amerika, Osiyo, Avstraliya mamlakatlarida ham tashkil qilindi. Sport harakatining kengayishi, qit'alarda milliy sport uyushmalarining tashkil etilishi, xalqaro sport federatsiyalarining ta'sis etilishi va musobaqalar o'tkazib turilishi xalqaro Olimpiya o'ynlarini tiklash va o'tkazishga olib keldi. Bu haqda alohida bobda tanishish mumkin.
Professional sport. Havaskorlik sporti qatorida profes­sional sport ham rivoj topdi. XVII-XVIII asrlarda mavjud bo'lgan sovrinli sport («Prizovoy sport») o'rniga hoziigi davr professional sporti paydo bo'ldi, bu savdo-ishlab chiqarish va moliyaviy kapital bilan uzviy bog'liq edi. Professional sportchini sotib olish va sotish mumkinligi sababli yollanma ish kuchi predmetiga aylanadi. Chunki u tovarlarni reklama qilish va boshqa sohalarda katta foyda keltira boshladi. Pro­fessional spoitchi va tadbirkorlarning (menejer) o'zaro munosabatlari shartnomalar asosida rasmiylashtiriladi. «Qanday bo'lmasin g'alaba» shiori ostida katta pul evaziga barcha joylarda reklama qilish professionalizm yo'lida amalga oshirib borildi.
Sportchilarga giyohvand moddalar (doping) berish, ularning jismoniy, ma'naviy xususiyatlari sun'iy ravishda kuchaytirildi. Professional sport ko'rgazmalarida jinoyatkorlik ishlari ham amalga oshirilishi ko'zda tutilgan edi. Professional sportni rivojlantirish bilan kassa yig'imini, reklamalar, turli xil ayyorlik yo'llari bilan katta foydani qo'lga kiritadi.
Professional sport asta-sekin kurash, boks, beysbol, futbol, basketbol, tennis, avtomotopoyga, velosiped, tog' chang'isi va boshqa sport turlarida ham ildiz ota boshladi hamda jahonga keng tarqaldi. Professional sportning salbiy tomonlari bilan biigalikda uning targ'ibot yo'lidagi ba'zi ijobiy xususiyatlarini ham tan olishga to'g'ri keladi. Ya'ni ommaning jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishi, yoshlarni sport, o'yin va gimnastika bo'yicha tashkil qilingan klublarga jalb etishda bu sport harakatining o'ziga xos xizmatlari mavjud bo'lgan6.
2.2 Birinchi jahon urushi arafasi yillarida jismoniy tarbiya va sport
Birinchi jahon urushi arafasi, urush yillarida jismoniy tarbiya va sportni milliylashtirish avjiga chiqdi. Imperialistik hokimiyat harbiy qurollanishni kuchaytirish, o'rinbosarlarni (rezerv) harbiy-jismoniy jihatdan tayyorlashishini yaxshilashga katta kuch sarf qila boshladi. 1911-yildan boshlab Germaniyadagi sport uyushmalarining barcha yo'riqnoma va dasturlari yoshlarni milliy ruhda tarbiyalashga da'vat etadi. Bunda ko'proq harbiy-sport o'yinlari, katta guruhda yurishlar, sport klublari tashkil qilish avjiga chiqdi. Nemis maktablarida harbiy-jismoniy tayyorgarlik darslari tashkil qilinib, haftada 3 soatgacha mashg'ulot o'tkazila boshlandi va har kuni 10 daqiqali gimnastika va yurish (marshirovka) tashkil qilindi.
Fransuz harbiy leytenanti Jorj Eber (1875-1957) o'zining harbiy jismoniy tayyorgarlik usulini tashkil etdi. Bunda yurish, sakrashlar, yuk ko'tarish, uloqtirish, suzish, himoya va hujum kabi jismoniy mashqlarga tayanildi. Shuningdek, u harbiylarga miltiq, to'pponcha, shpagadan foydalanish, otda yurish, mototsikl haydash, qayiqlarda eshkak eshish, yelkanlarni tiklash, belkurak, lom, arra, bolta va bolg'alarni qo'llay bilish kabi sifatlarni tezda o'zlashtirishni tavsiya etdi.
Eber sportga qarshi bo'lib, faqat sportdagi professionallikning jiddiy tarafdori edi. U «Sport jismoniy madaniyatga qarshi» nomli kitobini yozadi. U shu sohaga rahbarlik qilsada, ilmiy tayyorgarlikka ega emas edi va o'z uslubiyatini faqat tajribalar asosida tashkil etadi. Eber Demenidan farqli ravishda xotin-qizlarning jismoniy tarbiyasiga qarshi noilmiy fikrlar bildiradi. Uning fikricha, erkaklarning mashqlarini xotin-qizlar ham bajarishi lozim. Buni o'rgatilgan hayvonlar misolida ko'rish mumkinligini ta'kidlaydi.
Eberning uslubiyatini Fransiya va boshqa bir qator mamlakatlardagi harbiy o'quv yurtlarida harbiy-jismoniy tayyor­garlik mashg'ulotlarida qo'lladilar.
Jismoniy tarbiyani milliylashtirish AQSH, Angliya va boshqa mamlakatlarda ham amalga oshirildi.O'q otish jamiyatlari, jismoniy va harbiy tayyorgarlik qo'mitalari, skautlar jangovor otryadlarining tashkil etilishi, shuningdek, o'quv yurtlari dasturlariga harbiy-jismoniy tayyorgarlikning kiritilishidan maqsad salomatligiga ko'ra yaroqli kishilarni harbiy xizmatga tayyorlashdan iborat edi.
P.F.Lesgaftning jismoniy tarbiya ta'limi. Petr Fransevich Lesgaft (1837-1909) ajoyib olim va revolyutsiyadan oldingi Rossiyadagi jismoniy tarbiyaning eng faol ijodkori, jismoniy tarbiya ilmiy sistemasining asoschisidir. U o'zining ilmiy asarlarida jismoniy tarbiya jarayonining hamma tomonlarini aks ettirdi.
P.F.Lesgaft 1861 yilda meditsina-xirurgiya akademiyasini tamomladi va shu akademiyaning o'zida anatomiya o'qituvchisi bo'lib ishlay boshladi. U 1865-yillarda birin-ketin ikkita dissertatsiya yoqladi hamda meditsina doktori va xirurgiya doktori degan ilmiy darajalarni oldi. Lesgaft dissertatsiyalar tayyorlayotgan vaqtidayoq antropologiyani odam haqidagi fan sifatida keng ma'noda tushundi va uni o'rganishga kirishdi. Xuddi shu vaqtning o'zida u odam organizmining taraqqiy etish nazariyasi asoslari ustida ham ish­lay boshladi.U bu ishga taraqqiyotning materialistik g'oyasini asos qilib oldi. Bu g'oyaga ko'ra, odam organizmi asosan tashqi muhit ta'siri bilan to'xtovsiz o'zgargani holda taraqqiy eta boradi.
Lesgaft mashqlarni butun oiganizmni va uning ayrim qismlarini taraqqiy ettiruvchi yagona vosita deb bildi. Gavdaning barcha a'zolarini uyg'un ravishda mashq qildirilganda, organizm juda yaxshi taraqqiy etadi. Bu narsa Lesgaftni, jismoniy tarbiyaning ilmiy ravishda asoslangan tizimini yaratish zarur, degan fikrga olib keldi. U bu ishga ikkinchi dissertatsiyasini yoqlaganidan so'ng bir necha yil o'tgach kirishdi.
P.F.Lesgaft 1872 yildan boshlab doktor Beiglinning xususiy davolash gimnastika ishxonasida konsultant sifatida ishladi. 1874 yilda Lesgaft o'zining gimnastika masalalariga doir birinchi maqolasini chop ettirdi. Maqolada gimnastikaning asoslari haqida, asosan, uning oiganizmga ta'siri to'g'risida gap borar edi. So'ngra Lesgaft harbiy vazirlikning topshirig'i bilan bir yil mobaynida Yevropaning turli mamlakatlarida bo'ldi. Bundan maqsad o'sha mamlakatlarda jismoniy tarbiyaning qanday yo'lga qo'yilganligi bilan tanishish edi.
P.F.Lesgaft 1876 yilda o'zining «Anatomiyaning jismoniy tarbiyaga munosabati va maktabda jismoniy ta'limning asosiy vazifasi» degan asarini nashrdan chiqardi. Endilikda bu asarda jismoniy tarbiyaning vazifalari anchagina kengroq bayon qilingan edi. U jismoniy tarbiyaning bilim sifatidagi xarakterini ta'kidlab o'tishga harakat qilib, uni jismoniy tar­biya deb emas, balki jismoniy ta'lim deb atadi. Undan keyingi yillarda Lesgaft «Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tar­biyasiga doir qo'llanma» (1-qismi 1888 yilda, 2-qismi esa 1901-yilda yozilgan), «Nazariy anatomiya asoslari», «Oila tarbiyasi» va boshqa yirik-yirik asarlarini yozdi.
Lesgaft o'z nazariyasini yarata borib, jismoniy tarbiyani turmushga tatbiq qilish sohasida zo'r tashabbus ko'rsatdi. U 1874 yildan boshlab ko'p yillar mobaynida harbiy o'quv yurtlari o'quvchilarining jismoniy tarbiyasiga rahbarlik qildi. Xuddi shu yillar ichida u jismoniy tarbiya rahbarlari tayyorlash kurslarida jismoniy tarbiya materiallariga doir bir qancha ma'ruzalar o'qidi. P.F.Lesgaft garchi o'quvchi yoshlar jis­moniy tarbiyasiga yordam berish jamiyatida faqat kotib bo'lib hisoblansa ham, aslida uning rahbariga aylanib qolgan edi.
P.F.Lesgaftning jamiyat ishlarida ishtirok etishi shunga olib keldiki, jamiyat faoliyati demokratik xarakter kasb etdi. Jamiyatning bolalar maydonchalariga kichik xizmatchilar va hatto ishchilarning bolalari ham qo'yila boshlandi. Bolalar bilan harakatli o'yinlar, ekskursiyalar va sayrlar o'tkazdilar, qishda konki va chanalarda uchilar, yozda esa qayiq va kemalarda suzishar edi.
1894 yil boshlarida jamiyat Lesgaftning tashabbusi bilan jismoniy mashqlar rahbarlarining kurslarini ochish haqidagi masalani xalq maorifi vazirligi oldiga qo'ydi. Vazirlik kurslari erkaklar bilan ayollarning birgalikda ta'lim olishlariga qat'iy ravishda qarshi chiqdi. Vazirlik boshqa to'siqlarni ham yuzaga keltirdiki, ularni bartaraf qilishga ikki yil ketdi. 1896 yilning yanvar oyidagina «Jismoniy mashqlardan ayol rahbarlar tayyorlash uchun muvaqqat kurslar» ochishga ruxsat etildi. Lesgaft kurslarning mudiri qilib tayinlandi. 1898 yilda uning iltimosi bilan kurslarda o'qish muddati 3 yil bo'lgan «Jismoniy ta'limning ayol tarbiyachilari va rahbarlari kurslari» nomi ostida qayta tashkil etildi. Kurslar qayta tashkil etilganidan keyin jamiyat faoliyati kengayib ketdi. Bolalar o'yinlari va jismoniy mashqlariga kurslarning o'quvchilari ishlab chiqarish amaliyoti tartibida rahbarlik qila boshladilar. Kurslarni tamomlaganlar Rossiyaning ko'pgina shaharlariga borib, bolalar orasida olib boriladigan jismoniy tarbiya ishlarni yo'lga qo'ya boshladilar.
Birinchi rus revolyutsiyasi yillari davrida Lesgaft kurslar o'rniga Oliy erkin maktab yaratdi. U yerda o'sha davrdagi eng yaxshi olimlar leksiyalar o'qidilar. Maktab binosida talabalarning har xil yig'ilishlari, ishchilarning yig'ilishlari o'tkazilar edi. Ishchi deputatlarning soveti o'z ishini shu yerda olib boigan. 1907 yil oxirida hukumat Oliy erkin maktabini yopib qo'ydi.
P.F.Lesgaftning butun hayoti va faoliyati chorizm reaksion kuchlari bilan uzluksiz kurashdan, butun insoniyat manfaatlari yo'lda fan tantanasi uchun kurashishdan iborat bo'ldi. Lesgaft biologiya, antropologiya, pedagogika, anatomiya, tarix va jismoniy tarbiya sohasida ish olib borib hamda o'z ilmiy faoliyatini amaliyot bilan uzviy ravishda bog'lab, o'zining jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining asosiy tamoyillarini taraqqiy ettirdi.
P.F.Lesgaft ishlab chiqqan jismoniy ta'lim nazariyasining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:
1. Aqliy ta'lim ham, jismoniy ta'lim ham odamni butun jamiyat baxt-saodati uchun serunum mehnat qilishga tayyorlash imkonini berishi kerak. Har qanday ta'limning asosiy maqsadi odamning shaxsiy manfaatini emas, balkr jamiyatga foyda keltirishni birinchi o'ringa qo'yishiga erishishdan iborat bo'lmog'i lozim. Odam deydi Lesgaft, butun umrida ijodkor bo'lishi, yodaki uslublardan foydalanmasligi darkor. Shunday qilingan taqdirdagina odamning uzluksiz shaxsiy kamolotiga va butun jamiyat madaniyatining taraqqiyotiga erishish mumkin.
2. Inson aqliy faoliyatida ham, jismoniy faoliyatida ham ijodiy faollikka qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun vositalar ongli ravishda tanlangan taqdirdagina erishish mumkin. Shuning uchun Lesgaft mashq qilish natijasida hosil bo'lgan narsalami bir-biridan farq qila olishga odatlanishni, ularni o'zaro bir-biri bilan taqqoslay olish hamda ularga baho bera bilish, ya'ni tahlil qila olishni jismoniy ta'limning eng muhim vazifalaridan biri deb hisobladi. Lesgaft ana shu nuqtai nazardan mashqlarni ko'rsatib berishni emas, balki ularni tushuntirib berishning o'zi bilan cheklanishni tavsiya qildi. Bu narsa o'quvchini bajargan harakatini ko'r-ko'rona takror qilib berishga emas, balki uning haqida ongli tasavvur hosil qilishga, undan keyin esa o'sha harakatni takror bajarishga majbur etadi. Odam ongi deydi Lesgaft, uning har bir faoliyatini oldindan bajarishi kerak.
3. «Hech qanday kamchiligi yo'q normal organizm»ga ega bo'lgan odamning har taraflama kamol topishigina serunum va mahsuldorroq mehnat qilishga qodirdir. Har taraf­lama kamol topishgina juda oz kuch sarflab, juda qisqa vaqt ichida eng yaxshi natijalarga erishib ishlash imkonini beradi.
4. Lesgaft kishining har taraflama kamol topishi deganda, odamning aqliy va jismoniy kuchlarini bir-biriga qo'shib, to'g'ri taraqqiy ettirishni, ong yetakchi rol o'ynagan paytda kishi faoliyatida bu kuchlarning faol ishtirok etishiga imkon beruvchi ulardagi uzviy bog'liqlikni nazarda tutdi.
5. Har bir odam jismoniy kamolotining yosh, jinsiy va individual xususiyatlarini hisobga olib, kuch sarflashdagi asta-sekinlik va izchillik tamoyiliga rioya qilgan taqdirdagina har tomonlama jismoniy kamolotga erishish mumkin.
6. Jismoniy ta'limning ilmiy jihatdan asoslab berilgan tizimi yordamida ish tutgan taqdirdagina to'g'ri jismoniy o'sishiga erishish mumkin. Jismoniy ta'limning tajriba tizimi ko'pchilik avlod tajribasida sinab ko'rilganidan keyingina to'g'ri tajriba deb tan olinishi mumkin.
7. Jismoniy ta'lim tizimining o'zi esa har xil sharoitda va har xil shaklda qo'llanuvchi, ta'lim-tarbiyaviy vazifalaiga qarab asta-sekin o'zgaruvchi uncha ko'p bo'lmagan harakatlar tizimidan tarkib topadi. Lesgaft yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish yoki irg'itish, kurash, oddiy gimnastik mashqlar, o'yin­lar va ekskursiyalarni ana shunday mashqlar deb hisobladi.
P.F.Lesgaft jismoniy ta'lim jarayonini quyidagicha tasavvur etar edi:
A. Bola oddiy harakatlar qilib, ularni bir-biri bilan o'zaro taqqoslaydi, ular o'rtasidagi farqni anglaydi, ya'ni ularni tahlil qiladi va tushuna boshlaydi. Harakatlarning bolalar to­monidan ongli ravishda bajarilishiga erishish uchun ular ko'rsatilishiga qarab emas, balki tushuntirish asosida bajariladi. Mashqlarning bu oddiy guruhi asosan maktabning boshlang'ich sinflarida bajariladi.
B. Keyinchalik bola ortib boradigan qiyinchiliklarni hamda ancha murakkabroq to'siqlarni asta-sekin yenga olishga o'rganadi. Buning uchun ko'tariladigan yoki irg'itiladigan buyumlar vazni asta-sekin orttirib boriladi, yurish va yugurishda bosib o'tilishi lozim bo'lgan masofaga ajratilgan vaqt qisqartiriladi, yurish yugurish, sakrash, uloqtirish yoki irg'itish paytida bosib o'tilishi lozim bo'lgan masofa ko'paytiriladi, sakrab o'tish uchun qo'yiladigan to'siqlar ko'tariladi, qarshilik ko'rsatuvchi kuchlar (masalan, sherik qarshiligi) orttiriladi, harakatlarning o'zi esa murakkablashtiriladi. Bola har xil sharoitda umumiy harakatda o'zi uchun tanish harakatlarni bajarib, nisbatan juda qisqa vaqt ichida iloji boricha kamroq kuch sarflab asta-sekin va ko'proq va og'irroq to'siqlarni yengadi, borgan sari ko'proq kuch sarflashni talab etadigan bu mashqlar ko'pgina maktablarning o'rta sinflarida qo'llaniladi.
D. Undan keyin o'smir tevarak-atrofdagi buyumlarni hisobga olgan va natijalarni oldindan ko'z oldiga keltirgan holda o'z harakatlarini vaqt va makonga moslashga o'rganadi. U bu xildagi mashqlar yordamida o'z mushak hislarini o'stiradi va har qanday sharoitda ham durustroq harakat qilishga o'rganadi. Makon munosabatlarini o'rganish va ishni vaqtga qarab taqsimlash bilan bog'liq bo'lgan, bu mashqlar maktabning yuqori sinflarida qo'llaniladi.
E. Ayni vaqtda bola yoki o'smir o'yin o'ynash, ekskursiya va og'ir harakatlar qilish paytida murakkab harakatlardan foydalanib, o'zi hosil qilgan ko'nikmalarini tekshirib ko'radi va ularni mustahkamlab oladi. Murakkab harakatlar ko'rinishidagi bu mashq tizimlari maktabning barcha sinf­larida mashqlaming datlabki uchta guruhi bilan parallel ravishda qo'llaniladi.
P.F.Lesgaft o'zining jismoniy ta'lim tizimini yaratib, G'arbiy Yevropa mamlakatlari jismoniy tarbiya tizimini qattiq tanqid qildi. U bu gimnastika tizimi mashqlari bola organizmining anatomik tuzilishiga mos emasligini isbotlab berdi. Olim nemis va shved gimnastikasini tanqid qilishda me'yordan oshmadi va umuman, o'zidan keyingi olimlar, jumladan, F.Lagranj (Fransiya) singari gimnastikaning ahamiyatini kamsitmadi. Aksincha, gimnastika mashqlarini keng qo'llagan holda jismoniy ta'limning ilmiy jihatdan asoslab berilgan tizimini yaratish ustida ishladi. U olimlar va pedagoglarni ijodiy faol bo'lishga, gimnastika va sportning odat tusiga kirgan chet el tizimi rus yoshlari jismoniy ta'limiga kirib kelishiga tanqidiy ko'z bilan qaramaslikka qar­shi kurashishga da'vat etdi.
P.F.Lesgaft tizimining asosiy kamchiligi shundaki, u jis­moniy tarbiyaning sinfiy xarakterini tushunmadi, uni faqat biologik nuqtai nazardan tushuntirib berdi. Bundan tashqari, u boshqa xatolarga ham yo'l qo'ydi. Masalan, u sport musobaqalari va bolalar uchun gimnastika snaryadlarida bajariladi­gan mashqlaming foydali ekanligini inkor etdi, jismoniy mashqlarga o'rgatishda ko'rsatishning ahamiyatini kamsitdi. U o'zining jismoniy tarbiya tarixiga doir asarlarida rus xalqi badan tarbiyasini tekshirishga yetarlicha e'tibor bermadi. Shunday bo'lishiga qaramasdan, Lesgaft asarlari hozirgi kunga qadar o'zining ilmiy qiymatini saqlab keladi7.

Yüklə 196 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin