Mundarija: Kirish I bob. O’qish kitoblarida berilgan she’rlar haqida



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə9/14
tarix15.06.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#130760
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
infdan tashqari qudrat

Bahsda go‘yo tong otar,
Sher so‘ng marta so‘z qotar: -
Dunyoda eng ahmoq kim?
Majlis ahli qolar jim
Bu gal ham el burundan
Eshak turib o‘rindan –
I-ho men, i-ho men! - der
- Ha, sen о‘zing! - deydi sher.

Demak, shoir ahmoqlik belgilarini eshak xatti-harakatlari misolida aks ettiradi, Zukko o‘quvchi she’rdagi kinoyani tez payqaydi. Jamiyatda, insonlar orasida O‘zin dono sanaydigan nodonlar ko‘pligi va ularning kulgili ahvoli haqida xulosa chiqaradi. Kamtarinlik insonga kamol bag’ishlashiga iqror bo’ladi. Zotan, shoirning g‘oyaviy maqsadi ham shu. Qudrat Hikmat she’riyatning badiiy xususiyatlari serjilo, shoir fikrlarni rassom singari chizayotganga o‘xshaydi. Qudrat Hikmat “Ilon shoh bilan uning amaldori Ari haqida ertak” nomli she’riy-adabiy ertakda esa folklor motivlaridan keng foydalangan. Buni shoir quyidagicha e’tirof etadi.


Yangi emas bu ertak,
Tinglang aytib beraman,
Uni xalqdan olgandim,
Xalqqa qaytib beraman...

Darhaqiqat, shoir bu adabiy ertakni yozishda xalq rivoyatiga asoslanadi. Ammo uni ifodalashda, obrazlarni tasvirlashda, voqea syujetini bayon qilishda bolalarbop ohang, sodda tilni asos qilib oladi. Shoir ertak rivoyat boshlanmasida dastlab, ilon, bo‘ri, tulki kabi hayvonlar fe’l-atvori, yashash tarzini ham bayon qiladi. Shuningdek, qovoq arining “ayg‘oqchiligi”ni uzun kun g‘un-g‘unlab turli mish-mishlarni shohga vetkazishi, hukmdor shoh Ilonning tulki kabi hiylakorlar ichida qanday siyosat yuritishni birma-bir ta’kidlab o’tadi. Xalq rivoyatiga ko‘ra, ilon ariga eng shirin qonni aniqlashni buyuradi. Ari barcha jonzotlarning qonini birma-bir totib chiqqach, eng mazali qon insonning tanasida oqayotganini bilib oladi. Bu xushxabarni Ilonga yetkazish uchun shoshilib ketayotgan ariga duch kelgan qaidirg‘och bu ma’lumotni sevinch bilan qarshi oladi va tilidan o‘pish bahonasida arining tilini uzib oladi. Shundan buyon ari nuqul g‘o’ng‘illaydi, qaldirg’och esa inson tepasida in qo'yib, osoyishta yashaydi, deyilgan inonch mavjud.


Bu syujet Qudrat Hikmat she’riy-adabiy ertagida yangicha talqin, qo‘shimcha voqealar va obrazlar bilan to‘ldiriladi hamda she’riy ifodalanadi. Shoir bo‘rining yovuzlik, tulkinmg ayyorlik qirralarini xalq ertaklari an’anasiga tayanib teranroq ochib beradi.
Masalan, hukmdor shoh vaziri-tulkini yurtni kezib, yerning xayrixohligini, sir-asrorini bilib kelishga yuborganida, tulki o‘z odati bo‘yicha ish ko‘radi. Avval qo'raga ko‘z olaytiradi, g‘ozni yemoqchi bo'Iganida, it vovullab huradi. Shunda odamlar uni ushlab, kaltaklab uradilar. Arang qutulib qolgan tulki odamga nisbatdan kekini unutmaydi. Yoki Ilonshoh dolga qolib, betob bo‘lganda tulki paytdan foydalanadi: qovoq ariga eng shirin qon topib kelishlarini buyuradi. Garchi adabiy ertak xalq rivoyatidagidek yakun topsa-da, arining qon ta’mini aniqlashdagi sarguzashtlari, ari va qaldirg‘och, qaldirg‘och va ilonshoh muloqotlari yorqin voqealar ta’sirida jozibador hikoya qilingan. Natijada asar nihoyasidagi g‘oya tarbiyaviy xarakter kasb etadi: ilon xilvatda baqa ovlaydi. Yuzi shuvut tulki esa har joyda pisib yuradi. U qush, odam bor joyda qorasini ko‘rsatinaydi. Ammo:


Katta-kichik qaIdirg‘och,
Uchib keng yer kaftida
Yashar ekan shod-inoq.
Har xonadon shiftida,
Hanuzgacha insonlar,
Uni chorlab qoshiga,
Sof dilligi tufayli,
Ko‘tarishar boshiga.

Binobarin, xalq rivoyatidagi aqida she’riy ertakda yanada ta’sirchan tarbiyaviy g‘oyalarga boy tarzda aks etgan. She’ny ertakda fabula o‘zgarishsiz saqlansa ham shoir g‘oyaviy maqsadini allegoriya va antropomorfizm usullari vositasida ifodalaydi. Ya’ni, tulki, arining xatti-harakatlarida kinoya, istehzo yarq etib ko'zga tashlansa, hayvonlar va qushlarning o‘zaro so‘zlashuvida. ularning hukmdor, vazir, soqchi va ayg’oqchi kabi vazifalarni bajarishida insonga xos xususiyatlar mujassamdir, Bu esa o‘z navbatida, Qudrat Hikmat asarida ham ma’rifiy-axloqiy maqsadlarni singdirish imkoniyatini bera olgan. Zotan, bu kabi she’ny-adabiy ertaklar nafaqat xalq rivoyatlari talqini nuqtayi nazaridan diqqatga sazovor, balki, ular orqali bolalarga jamiyatdagi turli toifali insonlaming xarakter xususivatlari, munosabatlari mohiyatini real ifodalashi bilan ahamiyatlidir. Qudrat Hikmat bundan tashqari, "Chovkar”, “Toshbaqalar hujumi”, ”Qum ostida qovunlar” kabi she’riy ertaklarida ham xalq og'zaki ijodining u yoxud, bu qirrasi zamonaviy masalalar omixtaligida talqin etiladi.


Zotan, Qudrat Hikmat she’rlaridagi voqeabandlik, obrazlilik qofiyalarning ixchamliligi, hatto, sodda tuzilishi, til xususisyatlari - barcha-barchasi shoir she’rlarining g‘oyaviy-badiiy emotsionalligini oshirishga xizmat qiladi. Hamchunin, Qudrat Hikmat she’rlarini o‘qib ulg'aygan o'quvchi o‘z ona tilimiz boyliklaridan voqif bo‘lib, badiiy so‘z qudratini teran his etadi, Vatan va yurt iftixori bilan yashaydi.
Qudrat Hikmat asarlarida ona-Vatanning ko'rki, istiqboli — bolalar bilan, o ‘qish, bilish va halol mehnat qilish bilan bog‘liq ekanligi mutassil 
talqin qilib boriladi. Shoir o ‘z asarlari bilan bolalarda kichiklikdan Vatanga, 
mehnatga muhabbat his-tuyg‘usini, fuqoralik mas’uliyati va faxrini tarbiyalay 
boshlaydi. Bu Qudrat Hikmat ijodidagi bosh va muhim mavzudir.
Mehnat — go'zal hayot manbai, halol mehnat bilan kamol topish, hurmat-e’tibor orttirish mumkin degan g‘oya Qudrat Hikmat she’rlarida 
bola tushunchasiga xos sharhlanadi. Masalan, «Bobo va nabira» she’rini 
olib ko‘ring: munkillab qolgan chol yaxshi niyat bilan ko‘chatlar o ‘tqazadi. Shu vaqt nabirasi uning yoniga kelib, bolalarga xos shoshqaloqlik, sabrsizlik bilan bu nihollar o‘zini tutib katta bo‘lguncha 
necha-necha vaqt o ‘tadi, qo‘ying, bu ish zarur emas, damingizni oling, 
deydi. Shunda:


Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin