Mundarija: Kirish I bob. O’qish kitoblarida berilgan she’rlar haqida



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə8/14
tarix15.06.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#130760
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
infdan tashqari qudrat

Boshqa yoqqa uloqib.

Qizcha o"z pufakiga gul taqib, yuqoriga uzatmoqchi. Quyosh boshqa yoqqa uloqib ketmasin tag' ni, degan xayol uni bezovtalantirgan. Shoir lirik qahramon tiiidan qizchadagi ana shu holatni yorqin tasvirlaydi. Qudrat Hikmatning ko‘pgina she’rlarida bolalar tiiidan hikoya qilish ustuvor. Shoir she’rlarini mutoiaa qilgan kattaiar ham beixtiyor bolalar dimyosining sirli olamiga kirgandek his qiladi o‘zini. “Yomg'ir va men” she’rida buni yaqqol ko‘rish mumkin:




Asfalt yo’ldan kelardim
Uyim ham yaqin
Bo'ldi momaqaldiroq
Chaqnadi chaqin
Yigiab tuya bulutlar
Qochdilar qirga
Yo‘l yarqirar oynadek
Uchrab yomg‘irga
Men o‘zimga qoyilman
Bosib ancha yo’l
Botinkam yap-yangiday
Bo‘lmapti hech ho‘l.

Qudrat Hikmat bola tilida uning dilidagilami shundaygina qofiyaga sola olgan. Bulutlami tuyaga o‘xshatilishi, ulaming qirga qarab qochishi esa aynan kichkintoy tasavvurlariga xos. Muhinii, bolajon botinkasining yomg‘irda yap-yangiday boiishidan behad xursand. Bu detal shoirning kichkintoylar istagi va sodda tasavvurim yaxshi bilganligidan dalolatdir. Qudrat Hikmatning bolalar uchun yozilgan ko‘pgina she’rlari kitobxonlami o‘ylantiradi, ulami fikrlashga, hayot haqida mulohaza etishga da’vat qiladi. Jumladan, “Nok nusxa lampochka”, “Qalpoq kiygan askarga,o‘xshaydi mix polvon ham”, “Tog‘dan kelar pildirab, ariqlarda shildirrab”, ’’Serhosil, qaychi bargcha, xuddi bir qarich archa” kabi satrlari ko‘p jihatdan sodda topishmoqlarga o‘xshaydi. Shoir she’rlarining badiiy olami ulardagi rang-barang tasviriy ifodalar, obrazlar orqali ko‘zga tashlanadi. Masalan, “Bahor” she’rida o‘ziga xos topilmalar mavjud.




Uchib yurar mayin shamollar
Yelpib-yelpib anhor yuzini
Qirg‘oqlarda soyabon tollar
Oyna suvda ko‘rar o‘zini
Tong yellari o’ ynoqlab sekin,
Jiydazorga kirib yo‘qolar
Maysa o‘tlar tebranib sekin
Orqasidan kuzatib qolar.
Chumchuqlaming og‘zida cho‘p-xas,
In qo'yishar tutlar ustiga
Ko'kni quchgan teraklar to‘ymas
Oro berar kulrang po‘stiga.

She'rni o'qigan har qanday kitobxon uning estetik tasviri va jozibadorligini darrov ilg‘aydi. Bolalar she’riyatida fasllar to‘g‘risida ko‘plab she’riar bitilgan. Ammo shoir bahorni shunday tasvirlaydiki, natijada she’ming har bir misrasida yangi-yangi obrazlar jilolanadi. Bunda shoir tashxis san’atidan mohirona foydalanib, ko‘klam obrazini qaytadan inkishof etadi. Natijada, bahor o‘ziga oro, zeb berib, husnidan sarxush boigan go‘zal qiz timsolida yaxlit umumlashma obrazga aylanadi; tonggi shabboda, tol, maysa, o‘t-o‘lanlar, chinor va teraklar bir-birlarini kuzatadilar, ilhomlanadilar, yoki o‘zlarini yelpiydilar. Bunday tasviriy usul o'quvchilarning xayolot olamini yanada kengavtirib, musholiadalashga oigatadi. Shu bilan birga, yosh avlodga tabiat va jamiyat o rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va o'xshashlikni anglashga yordamlashadi.


Qudrat Hikmat bolalar shoiri sifatida she’r ohangdorligiga katta e’tibor beradi. Uning “Eshak nega hangraydi?” she’rida dolzarb ijtimoiy g‘oya ham aks etgan. Sher bir kuni o'rmonga filni, tulki, kiyik, eshak va cho‘chqani chaqirib majlis qiladi. Ularga savol tashlaydi:


- Qaysi hay von dunyoda
Kuch-quwatda ziyoda?
Boshqa hayvonlar nima deyishlarini bilmasdan, o‘ylanib qolishganda,
Eshak hangrab tepib yer:
- Ho men, i-ho men der.”
Sher uni chindan ma’qullab:
mayli, sen zo‘r, ko‘p kuching!” - deydi.
Sher yana: -
Qaysi hayvon dunyoda
Go‘zallikda ziyoda?

deb savol berganida, na bo’rsiq, na jirafa, na kenguru biror marta gapga og‘iz ochmay, eshak yuqoridagi javobni qaytaradi. “Xo‘p, sen ko rkam”, - deb qutuladi sher. Nihoyat,



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin