Mundarija kirish i-bob. Ko’z optik sistemasi va uning tuzilishi



Yüklə 1,97 Mb.
səhifə1/24
tarix28.06.2022
ölçüsü1,97 Mb.
#62446
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
marjon kurs ishi


Mavzu: Ko’z optik sistema sifatida.

MUNDARIJA


Kirish……………………………………………………………………………3
I-BOB. Ko’z optik sistemasi va uning tuzilishi ………..……………………..4
1.1. Ko’z optik sistemasida yuzaga keluvchi nuqsonlar va ko’rish maydoni……………………….………………………………………………….4 1.2. Ko’zga tutiladigan optik asboblar ………………………………………..14
II-BOB. Ko’rish analizatori va uning yordamchi a’zolari…………………20
2.1. Ko’rish organlarining vazifasi ………….. ………………………………..20
2.2. Klinik refraksiya va akomodatsiya………………………………………..27
Xulosa………………………………………………………………………….33
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………47


Kirish


Ko’z – optik sistema. Ko‘z tabiat in‘om etgan noyob optik asbobdir. Shuningdek, uning tuzilishi ishlash prinsipi murakkab bo‘lgan biologik qurilmadir. Yorug‘lik ko‘zda fiziologik ta‘sirga ega bo‘lib, sezish xissini uyg‘otadi. Bu jarayon yorug‘lik energiyasi 27 ta‘sirida ko‘zdagi yorug‘lik sezuvchi to‘rparda tomonidan fotokimyoviy o‘zgarishlarni hosil qilish bilan bog‘liqdir. Ko‘rish jarayoni juda ham murakkab bo‘lib, yorug‘lik nurlarini ko‘zga ta‘siri bilan belgilanadi. Tashqaridan kelayotgan yorug‘lik ko‘zdagi shoxparda, gavhar, shishasimon modda orqali sinib o‘tib to‘rpardaga tushadi va unda fotokimyoviy reaktsiyalar natijasida yorug‘lik energiyasi nerv impulslari (qo‘zg‘alishlar) ga aylanadi. 1.16-rasm. Ko‘zning tuzilishi Bu qo‘zg‘alishlar to‘rpardadan miya po‘stlog‘idagi ko‘ruv markazlariga uzatiladi. Markazlar yorug‘likni bunday qo‘zg‘alishlarini bosh miyada tasavvurlar sifatida idrok qilish bilan tashqi dunyo haqida ma‘lumot beradi, tashqi dunyoni aks ettiradi. Bu jarayonni tushunish uchun ko‘zni umumiy tuzilishiga qisqacha to‘xtalamiz. Ko‘z bosh qismining ko‘z kosalari deb ataluvchi chuqurliklarida joylashgan bo‘lib, ko‘z soqqasi, ya‘ni ko‘z ko‘ruv nervlari orqali bosh miya bilan bog‘lanishga ega. Ko‘z shoxparda-1, qorachiq-2, gavhar-3, shaffof shishasimon jism-4, to‘rparda-5, ko‘rish nervlari-6 ga ega bo‘lgan bir butun optik sistema sifatida to‘rpardada buyum tasvirini hosil qiladi. 1.16-rasmda ko‘z optik sistema sifatida tasvirlangan. Ko‘zning old qismida yoysimon tiniq shoxparda joylashgan. Undan keyin gavhar bilan yopishgan kamalak parda bo‘lib, kamalak parda bilan shox parda shishasimon muhit bilan ajralib turadi. Shuningdek gavhar va to‘r parda oralig‘i 28 ham shishasimon jism bilan to‘lgan. Kamalak pardaning o‘rtasida doiraviy tirqish shaklida ko‘z qorachig‘i joylashgan. Uning o‘lchami doimo o‘zgarib turadi, ya‘ni ko‘zga tushayotgan yorug‘likka bog‘liq holda qorachiq kattalashishi yoki kichiklashishi mumkin. Yoritilganlik ortishi bilan qorachiq o‘lchami torayadi, yoritlganlik kamaysa, qorachiq kattalashadi. Ko‘z yoritilganlikning juda keng sohalarida faoliyat ko‘rsatadi. Bunda qorachiq to‘r pardaga tushayotgan yorug‘lik miqdorini o‘zgartirib sozlab turadi. Ko‘z gavhari ikki tomonlama qabariq linzaga o‘xshash tiniq rangsiz moddadir.Uni o‘rab turgan mushaklar ta‘sirida uning optik kuchi o‘zgarishi mumkin. Ko‘z gavharining optik kuchini o‘zgarishi bilan turli masofalardagi buyumlarni aniq ko‘rishga moslashuvi, ya‘ni ko‘zda turli masofalardagi buyumlarni aniq tasvirini hosil qilish qobilyati akkomodatsiya deyiladi. Ko‘zdagi yorug‘likni seza oladigan qatlam to‘r parda hisoblanadi. Shunday qilib, yorug‘lik shox parda, qorachiq, gavhar va shishasimon jismlardan o‘tib ko‘zning to‘r pardasini yoritishda ko‘rish nervlariga ta‘sir etish bilan miyada sub`ektiv ko‘rish sezgisini hosil qiladi. 1.17rasm. Yaqindan va uzoqdan ko‘rar ko‘z Agar uzoqdagi buyumlarning tasviri to‘r to‘rpardani old tomonida hosil bo‘lsa, bunday ko‘z yaqindan ko‘rar, agar tasvir to‘rpardani orqa tomonida hosil bo‘lsa, uzoqdan ko‘rar ko‘z deyiladi (1.17rasm). Yaqindan ko‘radigan odamlar uzoqdagi buyumlarni aniq ko‘ra olmaydi. Ulardagi bunday kamchilaklar ko‘zoynaklardan foydalanish bilan hal etiladi. Masalan, yaqindan ko‘radigan 29 ko‘zlar uchun sochuvchi linzali ko‘zoynaklar, uzoqdan ko‘radigan ko‘zlar uchun yig‘uvchi linzali ko‘zoynaklar ishlatiladi. Tajribalar ko‘rish sezgisini hosil bo‘lishi uchun ma‘lum bir vaqt, odatda 0,1- 0,25 skerak bo‘lishini ko‘rsatadi. Xuddi shundayn ko‘rish sezgisi birdan yo‘qolmaydi, balki ko‘rish sezgisi 0,1 s gacha davom etadi. Boshqacha aytganda, ko‘rish sezgisi inertsiyaga ega. Manbadan chiqqan yorug‘lik davriy takrorlanuvchi chaqnashlar bilan nurlansa, ko‘rish sezgisi chaqnashlar chastotasiga bog‘liq bo‘lib, chastota ortishi bilan chaqnashlar doimiy nurlanishlarga aylanadi, chastota kamaysa, «miltillab» chaqnashlar sezila boshlaydi. Kechasi kichkina cho‘g‘ parchasini qo‘lingiz bilan doira shaklida aylantirsangiz, uni kuzatib turgan kishi shu‘lalanuvchi halqa shaklini ko‘radi. Yoki tomashabin kino ko‘rish jarayonida ekranda har sekunda 20 ga yaqin alohida-alohida tasvirlar o‘tishidan hosil bo‘lgan haraka tmanzarasini oddiy hol sifatida tasavvur qiladi. Demak, sekundiga 10 martadan ortiq takrorlanuvchi shu‘lalanishlar doimiy nurlanishdek ko‘rinadi. Ravshanligi kuchli bo‘lgan nurlanishlar ko‘zga kuchli ta‘sirqiladi. Agar yorug‘lik oqimi~10-17 -10-5 J atrofida bo‘lsa, ko‘zga zararli ta‘sir qilmaydi. Lekin undan ortsa ko‘zni himoyalash kerak. Buning uchun, masalan quyosh tutilishini kuzatishda, muzliklar, oppoq daladagi qorlarda, tog‘larda maxsus ko‘zoynaklar taqish kerak bo‘ladi. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, - Geometrik optika asosida tavsiflanuvchi yorug‘lik hodisalarida nur tushunchasi asosiy tushunchadir. - Fizik optikaning chegaraviy xoli bo‘lgan geometric optika yorug‘likning shaffof muhitlarda tarqalishini nur tushunchasiga asoslanib o‘rganadi. - Geometrik optika yorug‘lik tabiati, masalan uning, tarqalish jarayonini vaqtga bog‘lig‘ligi bilan qiziqmaydi. Yorug‘likning fizik tabiatini hisobga olmagan holda yorug‘lik nurlari tushunchasi yordamida ko‘pgina optik hodisalarni tavsiflash geometrik optikaning vazifasidir. 30 - Geometrik optikaning asosiy prinsipi bo‘lgan, yorug‘likning elektromagnit nazariyasi asosida qa‘tiy isbotlanadigan Ferma prinsipi ko‘pgina yorug‘lik hodisalarini to‘g‘ri tushuntiradi: Yorug‘lik optik yo‘l deb ataluvchi ikki nuqta oralig‘idagi biror masofani o‘tish uchun eng kam vaqt sarflaydi.


Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin