Mundarija kirish i-bob fe’L. O‘timli vа o‘timsiz fe’llаr. Bo‘LISHLI VА Bo‘lishsiz fe’llаr



Yüklə 190 Kb.
səhifə1/9
tarix02.06.2023
ölçüsü190 Kb.
#123206
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
FE’L. O‘TIMLI VА O‘TIMSIZ FE’LLАR. BO‘LISHLI VА BO‘LISHSIZ FE’LLАR


MUNDARIJA
KIRISH
I-BOB FE’L. O‘TIMLI VА O‘TIMSIZ FE’LLАR. BO‘LISHLI VА BO‘LISHSIZ FE’LLАR

1.1. Fe’lning mа’nosi vа grаmmаtik belgilаri.


1.2. Fe’lning tuslаnishli vа tuslаnishsiz shаkllаri.
1.3. O‘timli vа o‘timsiz fe’llаr.
1.4. Bo‘lishli vа bo‘lishsiz fe’llаr.
II-BOB FE'LLARDAGI BO'LISHLI VA BO'LISHSIZLIK TUSHUNCHASI HAQIDA
2.1 Bo’lishli-bo’lishsizlik kategoriyasi
2.2 Bo'lishsiz fe'llardagi bo'lishsizlik ma'nosining ifoda shakllari
XULOSA
ADABIYOTLAR RO`YXATI


KIRISH
Ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiq yoki inkor tushunchasi fe’ldagi bo`lishli va bo`lishsizlik ma’nosini anglatadi.
Ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiqni anglatuvchi fe’llar bo`lishli fe’l deyiladi. Fe’ldagi bo`lishlilik ma’nosini ifodalovchi maxsus grammatik ko`rsatkich yo`q: o`qi, eslat, qolgan, borsa, aytib bergan, o`qib chiqdi, hurmat qil kabi. Masalan: Ona so`zining o`zi har yurakka jarangli sado beradi (Hikmatlar guldastasi). O`z burchini bajarishdan mamnun odamligina erkin yashaydi (Tafakkur gulshani).
Ish-harakatning bajarilishi haqidagi inkorni anglatuvchi fe’llar bo`lishsiz fe’l deyiladi. Bo`lishli fe’l bo`lishsiz fe’lni hosil qilish uchun asos bo`ladi. Fe’lning bo`lishsiz shakli quyidagicha yasaladi:
1. Fe’l negiziga –ma (bu affiks urg`u olmaydi), -may, -mas, -masdan, -maslik affikslarini qo`shish: ko`rmadi, kelmagach, bajarmadi, yoqmas, avaylamasdan, o`smaslik kabi.
Ko`rinadiki –ma elementi –may, -mas, -masdan, maslik affikslarining tarkibida uchraydi. Bu affikslar sof fe’lga va fe’l shakllariga (sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi) qo`shilib inkor ma’nosini ifodalashda asosiy morfologik ko`rsatkich sanaladi. Masalan: G`ulomjon darpardasi yonidan qalin qorni g`irchillatib o`tgan dupurni ham eshitmadi. (M.Ismoiliy). Tog` arqon bilan eshilmaydi (M.Qoshg`ariy). Mehnat qilmagan rohat ko`rmas (O`zbek xalq maqoli). Uydagilarga aytmasdan do`sti bilan Qudratnikiga ketibdi. Kasal tabib kasalni davolay olmas (Abu Ali ibn Sino). Bu voqeani ko`rmaslik uchun bolalar ko`zlarini chirt yumdilar.
-ma, -may affikslari qo`shma fe’llarga quyidagicha qo`shiladi:
a) asosiy qismga yetakchi fe’lga qo`shiladi: eshitmay qoldi, uxlamay chiqdi, ko`rmay qoldi kabi;
b) ko`makchi fe’lga qo`shiladi: sotib olmadi, javob bermadi, o`qib chiqmadi kabi;
d) qo`shma fe’lning har ikala qismiga qo`shiladi: aytmay qo`ymaydi, bormay qolmaydi. Bunday holda bo`lishsiz shakl orqali bo`lishlilik ma’nosi anglashiladi, ya’ni aytadi, boradi kabi.
Masalan: Buvijonimning aytishicha, astoydil yaxshi niyat qilgan odam murodi maqsadiga etmasdan qolmas ekan (X.To`xtaboev).

Eslatma: ravishdoshning –gani (-kani, -qani) affikslari bilan yasalgan shakliga bo`lishsizlik ifodalovchi affikslar qo`shilmaydi.


2. Fe’lning ayrim sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi shakllaridan so`ng emas, yo`q so`zlarini kiritish bilan bo`lishsiz fe’l hosil qilinadi: hayratlangan emas, boradigan emas, egib emas, tinchigani yo`q, ishonish emas kabi. Masalan: Lekin ularning nima o`qiganini ko`rgan ham, qanday o`qiganini eshitgan ham emas (P.Tursun).
3. Na inkor yuklamasini uyushiq bo`lak sifatida qo`llangan bo`lishi fe’ldan oldin keltirish bilan bo`lishsiz fe’l hosil qilinadi. Masalan: Keksa cholning kesatiq gapidan u dong qotib qoldi: na o`tirdi, na ketdi (A.Qodiriy).
4. Ba’zan ohang va fe’lga yuklamani (-mi, -a, -ya) qo`shish hamda fe’lni takrorlash orqali bo`lishsizlik ma’nosi ifodalanadi: oladi-ya oladi (olmaydi); aytasan-a, aytasan (aytmaysan).
Masalan: Bolasi tushmagur-ey, chumchuqning uyasini buzib rohat toparmidi? (G`ayratiy). «Katta bo`lsam, akamga o`xshab, albatta komandir bo`laman», - dedi Sobir. Bo`lasan-a, bo`lasan. Komandir bo`lishga yurak kerak... (H.Nazir).
Fe’l ifodalagan harakat bilan uning bajaruvchisi (subyekti) va predmeti (obyekti) yoki bir necha bajaruvchi (subyektlar) orasidagi munosabatning ifodalanishi fe’l nisbati deyiladi. Harakat bilan uning bajaruvchisi orasidagi munosabat turlicha bo`ladi. Ma’lum bir shaklda harakat ega bilan ifodalangan shaxs yoki predmet tomonidan bajariladi. Masalan: Bobur ota yurtidan batamom ajralganini endi astoydil his qildi 

Yüklə 190 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin