Mundarija kirish I bob. Burchoqdoshlar oilasiga tavsif


Mavzuning maqsad va vazifalari



Yüklə 274,38 Kb.
səhifə2/9
tarix14.06.2023
ölçüsü274,38 Kb.
#130139
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Yunusova Dilnura Botanika kurs ishi (2)

Mavzuning maqsad va vazifalari:
1.Burchoqdoshlar oilagasiga mansub bo’lgan o’simliklar bilan tanishish; 2.Noyob va o’ziga xos bo’lgan o’simlarni o’rganish;
3.Ularning xususiyatlari, inson hayotidagi ahamiyati, tibbiyotda, qishloq xo’jaligidagi o’rni, texnika va sanoatdagi ahamiyatlarini o’rganish;
4.Oila, turkum, turlarini ajratish;
5.Foydali, noyob, qizil kitobga kirgan o’simliklarni ro’yxatini tuzish;
Mavzuning obekti va predmeti: Kurs ishining asosiy obekti bu burchoqdoshlar oilasi va shu oilaga kiruvchi o’simliklar hisoblanadi. Obekti bu burchoqdoshlar oila vakillarining tarqalishi,xilma-xilligi,dorivorlik xususiyatlari,ayrim turlaridan texnikada va sanoatda ishlatilishi xususiyatlari.
Mavzuning ilmiy ahamiyati: Kurs ishimizning ilmiy ahamiyati sifatida shuni aytishimiz mumkinki oilaga kiruvchi o’simlik turlarining tabobatda, texnikada, sanoatda ishlatilishi va ulardan har-xil preparat va dori vositalarini ishlab chiqishdir.
Mavzuning tuzilishi va hajmi: Kurs ishi 2 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va 13 ta rasm ilovalaridan iborat.

I.Bob BURCHOQDOSHLAR OILASIGA TAVSIF
1.1 Burchoqdoshlar oilasi
Qabila katta Burchoqdoshlar oilasidan iborat, u 12000 dan ortiq turni o'z ichiga oladi.
Burchoqdoshlar (dukkakdoshlar), (Fabaceae, Leguminosae) - ikki urugʻpallali oʻsimliklarning bir oilasi. Yer yuzining hamma mintaqalarida keng tarqalgan. Baʼzan Burchoqdoshlar oilasini 3 kenja oila - mimozadoshlar (Mimosaceae), sezalpindoshlar (Caesalpiniaceae) va kapalakguldoshlar (Papilionaseaye yoki Fabaceae)ra ajratiladi. Burchoqdoshlarning barglari koʻpincha ketma-ket joylashgan, odatda, yon bargli va murakkab. Gullari asosan boshoqsimon, shingilsimon yoki kallaksimon toʻpgullarda oʻrnashgan, odatda zigomorf, ayrimlarida aktinomorf. Mevasi – dukkak. Arapatiella psilophylla Burchoqdoshlarning 12000 turni birlashtirgan 500 turkumi (Oʻzbekistonda 528 turni uz ichiga olgan 57 ta turkumi) bor. Burchoqdoshlardan oqsilga boy boʻlgan mosh, noʻxat, loviya, soya, yer yongʻoq oziq-ovqat uchun, toʻyimli oʻtloq oʻsimliklaridan beda, sebarga, esparset yemxashak uchun koʻplab ekiladi. Burchoqdoshlarning orasida texnikada ishlatiladigan qimmatbaho mahsulotlar olinadigan, balzamli va qimmatbaho yogʻoch olinadigan daraxtlar bor. Yeryongʻoq, Sano, qashqarbeda, shirinmiya, shildirbosh, oqquray, afsonak kabilardan olinadigan alkaloidlar, glyukozidlar, smolalar, vitaminlar va organik kislotalar tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda ishlatiladi.Choʻllarda uchraydigan qizboltir, oqmiya, achchiqmiya kabilar zaharli hisoblanadi. Burchoqdoshlarning baʼzi zaharli turlari (derris, lonxokarpus) insektitsid sifatida ishlatiladi. Ko’plab turlari (akatsiya, gledichiya, tuxumakva b.) manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. Burchoqdoshlarga mansub koʻp oʻsimliklarning ildizida atmosfera azotini oʻzlashtiradigan azotobakter yashaydi.
Shuning uchun Burchoqdoshlar azot birikmalari kam boʻlgan tuproqda ham yaxshi oʻsadi.



Yüklə 274,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin