Mundarija kirish Asosiy qism


II bob Said Ahmad hikoyalarida hayvonlar obrazi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/16
tarix22.05.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#119235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
yulduz diplom ishi

II bob Said Ahmad hikoyalarida hayvonlar obrazi 
Biz adib hikoyalarini tahlil qilishda turli aspektlarni e‘tibordan chetda 
qoldirmaslikka harakat qilamiz. Adib qalamiga mansub Ot bilan suhbat 
hikoyasi inonni mushohadaga chorlaydi. Asarni tadqiq etar ekanmiz badiiy 
tahlilga alohida e‘tibor qaratishimiz lozim. 
Har qanday badiiy tahlil uch qudratli asos ustiga quriladi: yozuvchi, 
o‗quvchi, matn. San‘at asari bilan o‗quvchi o‗rtasidagi to‗siq bartaraf 
qilinganda, uning estetik jozibasi anglab yetilgandagina, u ma‘naviy faktorga 
aylanadi, shaxsning mulki bo‗lib, uning axloqiy qiyofasi shakllanishiga xizmat 
qiladi. Bu yo‗lda o‗quvchiga matnni to‗liq anglamaslik holati jiddiy to‗siq 
bo‗lib turadi. Bu paytda tahlil qiluvchi odamning mahorati ahamiyatli bo‗ladi. 
Hayotiy ko‗lamning kengligi, murakkab insoniy taqdirlar, qahramonlar 
ruhiyatidagi sanoqsiz tovlanishlar voqealar asnosida idrok etilishi lozim 
bo‗lgan epik asarlarda tahlil ham o‗ziga xos tarzda amalga oshiriladi. Epik 
asarlarda kechinmalarning o‗zini, kayfiyatlarning ifodasini berishdan ko‗ra, 


25 
tuyg‗ularning paydo bo‗lish jarayoni, ularning ildizlari ko‗rsatilishiga e‘tibor 
qaratiladi. Epik asarlarda badiiy tahlil ham ko‗lamdor, ko‗p bosqichli bo‗ladi. 
Epiklikning eng asosiy belgisi: voqeabandlik va tasvirda tafsilot mavjudligidir. 
Qaysi janrda bo‗lishiga qaramay, epik turga mansub asarlarda personajlar 
ozdir-ko‗pdir voqealar qo‗ynida tasvirlanadi va ularning tabiatlari hodisalar 
tasviri asnosida namoyon bo‗la boradi. 
Ot bilan suhbat hikoyasida otning ta‘rifi keltirilgan quyidagi gapda sobiq 
jangchi, hozirda ayg‗irni konchi ot deb atashardi degan tarifni ko‗rishimiz 
mumkin. U bo‗ychan, o‗ychan, qora, qaddi tik, tanasi baquvvat, ko‗zlarida 
tushunib bo‗lmas ma‘no bor, sobiq jangchi ot‖ deya ta‘riflanadi. Yuqoridagi 
gapda ot ta‘rifini qora deya ta‘riflanadi. Bu o‗quvchiga erish tuyuladi. 
Hikoyada konchi otlarning ta‘rifu-tavsifi keltiriladi. Bevosita bu tasvirlar 
o‗quvchini o‗sha olamiga olib kiradi. Qizig‗i shundaki hikoyada roviy ot ham 
yozuvchi ham hisoblanadi. Biz bu jarayonnin ot bilan yaxlitlik hosil qilish, ot 
vositasida insoniyatga murojaat qilish desak xato bo‗lmasmikan. Bundan 
tashqari ot tilidan insonlarga ta‘rif beriladi. Muallif hayvonlar tilidan 
insonlarga ta‘rif beradi. Bu orqali hayvonlar insonlarni qanday ekanligini 
favqulotda bilish qobiliyatiga egaligiga belgi beradi. Muallif kondagi hayotni 
otlar tilida ta‘riflaydi. Bundan ko‗rinadiki, Said Ahmadning hayvonlarga
o‗zgacha mehri mavjud ekanligini otga bergan ta‘rifidan ham bilib olshimiz 
mumkin. U hikoyada eng kichik detaldan tortib barchaning e‘tibor markazidagi 
voqea-hodisalarga ham badiiylik ruhini bera olgan. Said Ahmadning ushbu 
hikoyasida harakatdan ko‗ra tasvir yetakchilik qiladi, ya‘ni muallif 
qahramonlarni harakatlantirish o‗rniga tabiat tasviriga ko‗proq urg‗u berish, 
hayvonlar tilidan voqeani bayon etish orqali maqsadga yetishni ko‗zlaydi. 
Asarni qaysidir ma‘noda naturalizm an‘analarini davom ettirgan holda yozilgan 
hikoya deb baholash mumkin. Chunki asarda faqat hayvonlar birinchi darajali 
obraz sifatida qatnashadi va ularning qiyofasi orqali insonlarga xos 
xususiyatlar beriladi. Yuqorida aytilgan hayvonot olami tilsimotlari bilan 
bog‗liq ramzlardan ko‗ra insonga xos fazilat-u nuqsonlar tasvirlangan deb 


26 
baholasak, asar mazmuniga ancha yaqinlashgan bo‗lamiz. Said Ahmad 
hikoyalaridagi psixologik tasvirlar, nozik lirizm, ko‗tarinki uslub va chuqur 
falsafiy muhokamalar har qanday kitobxonning go‗zallikka tashna qalbini 
qondira oladi. Said Ahmad hikoyalari badiiy kamolotning bunday yuksak 
cho‗qqisida bo‗lsa, uning boshqa janrlardagi ijod namunalai qanday, degan 
haqli savol tug‗ilishi tayin.
Asardagi ba‘zi o‗rinlar o‗quvchiga g‗aliz 
tuyulishi mumkin. Yuqorida sanagan taftologiyaga va shunga o‗xshash 
misollarga yana bir-ikki joyda duch kelishimiz mumkin. Bu muallifdan ko‗ra 
mutarjimning bo‗yniga tushadigan xatolardan hisoblanadi. Lekin tarjima 
jarayoni biroz murakkab jarayon ekanligini inobatga olsak, tarjimonning bu 
tarjimasini oqlash mumkin. Badiiy asarni tushunish, uni butun vujud bilan his 
qilish nainki o‗quvchidan, balki uning tahlil, talqinchisidan ham katta jur‘at va 
mahorat talab etadi. Adabiyot va san‘atning voqe bo‗lish va yashash shakli
yaxlitlik kasb etgan obrazlar tizimi, badiiy muloqot vositasi hisoblanmish 
badiiy asar ijodiy-ruhiy faoliyat mahsuli sifatida yaralgan yangi mavjudlikni 
anglatadi.
Hikoyani insonning ko‗rinishiga qarab xulosa chiqarmaslik, shoshma-
shosharlik hech qanday masalaga yechim bo‗lolmasligi, birinchi taassurotning 
aldamchiligi haqidagi asar, deb baholashimiz mumkin. Asarni qabul qiluvchi 
adresat yakunda ham kuladi, ham jangchi otga achinib yig‗laydi. Bu esa Said 
Ahmad dahosining qanchalar yuqoridaligini ko‗rsatib beradi. 
Bu bilan muallif inson doim ham o‗ziga ato qilingan imkon-u tuhfalardan 
foydalana olmasligi, foydalansa ham, asl muddaoni anglamasligini ko‗rsatib 
bermoqchi bo‗ladi. Mavlono Jaloliddin Rumiyda urug‗ haqida hikoya 
kelganda, hazrat insonlar urug‗ni olib uning danagini tashlab yuborishlari, 
mag‗izni esa olib qolishlarini aytadi. Lekin odamlar anglamaydilarki, agar 
danak bo‗lmasa, mag‗zi ham bo‗lmas edi. Ya‘ni biz ko‗proq shaklga ahamiyat 
qaratamiz-u, haqiqiy maqsad-mazmunni yoki teskarisi- mazmunni anglab, 
shaklni unutib qo‗yamiz. Lekin shaklsiz mazmun, mazmunsiz shakl mavjud 
bo‗lmaydi. Ilon ham parvozning asl mohiyatini anglamagan holda ko‗r-ko‗rona 


27 
xulosa chiqardi, lochin esa halokati muqarrar ekanini bilib tursa ham, oxirgi 
marta bo‗lsa ham, qanotlarini parvozga shaylab dengiz qa‘ridan umrlik joy 
oldi. 
Shuningdek, asarda tush tasviri ham bor. Inson ruhiyati juda keng olam 
bo‗lib, undagi hissiyot va tuyg‗ular ikki xil shaklda o‗zini namoyon etadi: 
birinchisi, anglangan, ma‘lum mantiqqa bo‗ysungan, tashqi dunyoga nisbatan 
o‗zining qat‘iy xulosa va yo‗nalishiga ega tuyg‗ular. Bu tuyg‗u insonning 
jamiyatga, odamlarga munosabati va bular haqidagi ma‘lum tushunchaga ega 
bo‗lgan qarashlarini ifodalaydi; bularning barchasini ong sintez qilib beradi
ya‘ni ong bevosita ishtirok etadi. Ikkinchisi, ong osti hislari, ongga qalqib 
chiqmagan, lekin inson ruhiyatida doimo mavjud, tashqi dunyo bilan tinimsiz 
aloqa qilib turuvchi hislar. Bu hislar inson harakati, ruhiyatining asosini tashkil 
etadi
8
. Bu jumlalardan anglashiladiki, tush mana shu ikkinchi toifadagi 
tuyg‗ularning ongdagi aksi hisoblanadi.
Inson shunday jonzotki, ba‘zan nimadir qilmoqchi bo‗lsa ham, unga jur‘at 
topa olmaydi. Shu jur‘atsizlikning ketidan ba‘zan butun umr qiynalib yashaydi. 
Qahramonimiz roviy ham ba‘zi o‗rinlarda ilojsizlikdan qiynaladi. 
Aslida, dunyoda hammamiz shaklan ayri-ayri tuzilgan bo‗lsak ham, 
mohiyatan bir ekanligimiz-inson ekanligimiz hikoyani o‗qish jarayonida 
chuqur anglashiladi. 
Biroq bu juda murakkab vazifa, inson ichidagi inson bilan kurashish 
hamisha Odam Ato avlodlarini muammolar bilan yuzlashtirib kelgan. 
M. Epshteyn badiiy obrazlarni predmetlilik darajasi, umumlashtirish 
darajasi, tasvir va ifoda qatlamlari munosabatiga ko‗ra tasniflaydi. 
Umumlashtirish darajasi doirasida obrazlar individual, xarakter va tip kabi 
turlarga bo‗linadi
9

Asarda qatnashgan otni biz bevosita xarakter va tip orasidagi qahramon 
deb ta‘rif berish mumkin. 
8
Eshonqul J. Folklorda tush ta‘biri.//http//www.kh-davron.uzdan olindi. 
9
Қуронов Д. Адабиѐтшунослик луғати.-Т.:Академнашр,2013.-Б.47. 


28 
Xulosa qilib aytadigan bo‗lsam, hikoyalarni tahlil qilishda tadrijiylikka 
alohida e‘tibor qaratdik. Dastavval hikoyanavislikda o‗z yo‗li va uslubiga ega 
bo‗lgan ijodkorlarning hikoyalarini tavsifladik va tahlilga tortdik. Hikoyalarni 
barchaga ma‘lum metodlar, hikoyaning til xususiyatlari nuqtai nazardan 
saralab oldik. Said Ahmad ijodida beriladigan hikoyalarning didaktik 
ahamiyati, bugungi kun uchun dolzarbligi, uning tag zamirida qanday ma‘no 
mujassam ekanligi yuzasidan o‗zimizning fikrlarimizni xulosaladik.
Bundan tashqari Abdulla Qahhor ijodida ham ot obrazi gavdalantirilgan. 
Uloqda hikoyasida bola va ot obrazi do‗st sfatida tasvirlanadi. Ushbu hikoyada 
roviy bolaning o‗zi bo‗ladi. Bunda bola otni o‗ziga do‗st deb biladi. Otni 
ta‘riflar ekan shunday deydi: 
―Anchagina o‗ylab turganimdan keyin, akamning yugan uchun asrab 
qo‗ygan qayishi esimga tushib, sekingina yerto‗ladan haligi qayishni olib 
chiqib, umuldiriq yasadim. 
Endi toycham juda ham gijinglab, xuddi to‗ralarnikidek bo‗lib ketdi. 
Uyoq-buyog‗ini supurgandan keyin ustunga qantarib qo‗ydim. Endi qoldi: oq 
jujuncha kamzulimni, o‗rischa shimni, amirkon etikni, baxmal to‗ppini kiyish... 
Ana shundan keyin otga minsak chin to‗racha bo‗lamiz-da! 
Bu gapda bola otni naqadar yaxshi ko‗rishini bilib olishimiz mumkin. Ot 
yem yemasa bola ham ovqatlanmay qo‗yishi uning otga mehri bo‗lakligini 
ko‗ramiz.
Roviy bolaning ot chopish bilan bog‗liq holat tasviri quyidagicha: 
―Mahallamizdagi o‗rtoqlarimdan Nurxon, Haydar soqov, Shokir 
mishiqilar ham otlarini lo‗killatib kelib qoldilar. Biz to‗rtovimiz otlarimizni 
qator qo‗yib, uyoq-buyoqdan gaplashib turdik. Nurxon dadasidan ola yo‗rg‘ani 
so‗raganda qilgan bahonasini aytib kuladi. Haydar soqov saman otining yo‗lda 
Shokir mishiqining baytaliga qarab kishnaganini aytib, Shokirni masxara 
qiladi. Kulishamiz. Shokir bo‗lsa burnini torta-torta: «Uyalib ketdim, bundan 
so‗g‘un biya minmayman», — deb qizarib-bo‗zardi. Otimning umuldirig‘iga 
ularning havaslari kelib, bahosini so‗rashdilar, men: «o‗n besh tanga», — deb, 


29 
kumush qamchini ham ko‗rsinlar uchun o‗ynagansimon egarning qoshiga «taq-
taq» urib qo‗yaman. Ular: «Qani, qani, kumushmi?» — deb qamchinni 
qo‗limdan olib ko‗radilar. Men sekingina boshimni qimirlatib, o‗zimda 
allanima sezinaman. Ularning otlariga, o‗zimnikiga, kiyimlariga, kiyimimga 
qarab, o‗zimni ulardan allaqancha yuqorida ko‗raman. Haydar soqov tutila-
tutila... «Kelinglar, bir choptiraylik», — dedi. Nurxon ko‗nmasa ham tortib olib 
ketishdi. Ulaming orqasidan Shokir ham baytalini yugurtirdi. Chidab turib 
bo‗lmas ekan, ular orqasidan toychamga bir qamchi berib yuborgan edim, 
jonivor ikki yamlab bir yutub, o‗n odimda ularni yo‗lda qoldirib ketdi. 
Anchagina uzoqlashganimdan so‗ng orqamdagilarga qaragan edim, 
hammaning ko‗zida men ekanman. Yana qattiqroq haydadim. Qirning bir 
chekkasiga borib otimni to‗xtatdim, talay vaqtdan keyin ular otlarini 
lo‗killatishib yonimga yetdilar. Bu yerda otlarimizning chopqirligi to‗g‘risida 
so‗zlashdik. Nurxon, otining chopmasligiga akasining issiq holda suv berganini 
sabab qilib ko‗rsatdi. Haydar soqov bo‗lsa Eson ko‗knorining o‗g‘lini so‗ka-
so‗ka: 
— Bozorga un uchun borayotganimda bexos tom boshidan guvala tashlab 
yubordi. Shundan beri qamchi bilan yuz ming ursang ham jonivor qulog‘ini 
chimirib, hurkib tura beradi! —dedi. 
Mening qashqacham to‗g‘risida, Haydar aytadi: «Sening, -deydi, -otingga 
hech ot bolasi yetmaydi!» — deydi. Nurxon aytadi: «Otdan sening baxting bor 
ekan, lekin, -deydi, -yem-hashakni o‗zing ber, xizmatkorga ishonsang otingni 
buzib qo‗yadi, o‗rtoq, men senga bir aytib qo‗ydim», — deydi. Shu yerda 
uzoqqina so‗zlashib turgandan keyin yana otni keyinga qarab qo‗ydik. Tag‘in 
ulardan o‗zib ketdim. Xalqqa yaqinlashgandan keyin «meni ham tanib 
qo‗ysinlar» deb qashqachamni ust-ustiga qamchilashim bormi, shamol-da, 
shamol... endi xalq bir o‗zimga va bir qora qashqamga tikila boshladi. Men 
bo‗lsam, «meni endi taniysizlar!» deb toyimning yolini qamchi sopi bilan tarab 
tura berdim‖. Bundan ko‗rinadiki hayvon obrazi asar badiiyatinim ochib 
berishda katta xizmat qilgan. 


30 
Har qanday kichik mashqlar ham ularga qalami o‗tkir bo‗lishini 
ta‘minlaydi. Har qanday badiiy tahlil uch qudratli asos ustiga quriladi: 
yozuvchi, o‗quvchi, matn. San‘at asari bilan o‗quvchi o‗rtasidagi to‗siq bartaraf 
qilinganda, uning estetik jozibasi anglab yetilgandagina, u ma‘naviy faktorga 
aylanadi, shaxsning mulki bo‗lib, uning axloqiy qiyofasi shakllanishiga xizmat 
qiladi. Bu yo‗lda o‗quvchiga matnni to‗liq anglamaslik holati jiddiy to‗siq 
bo‗lib turadi. Bu paytda tahlil qiluvchi odamning mahorati ahamiyatli bo‗ladi. 
Hayotiy ko‗lamning kengligi, murakkab insoniy taqdirlar, qahramonlar 
ruhiyatidagi sanoqsiz tovlanishlar voqealar asnosida idrok etilishi lozim 
bo‗lgan epik asarlarda tahlil ham o‗ziga xos tarzda amalga oshiriladi. Epik 
asarlarda kechinmalarning o‗zini, kayfiyatlarning ifodasini berishdan ko‗ra, 
tuyg‗ularning paydo bo‗lish jarayoni, ularning ildizlari ko‗rsatilishiga e‘tibor 
qaratiladi. Epik asarlarda badiiy tahlil ham ko‗lamdor, ko‗p bosqichli bo‗ladi. 
Epiklikning eng asosiy belgisi: voqeabandlik va tasvirda tafsilot mavjudligidir. 
Qaysi janrda bo‗lishiga qaramay, epik turga mansub asarlarda personajlar 
ozdir-ko‗pdir voqealar qo‗ynida tasvirlanadi va ularning tabiatlari hodisalar 
tasviri asnosida namoyon bo‗la boradi. 
Qorako‗z majnun hikoyasida it obrazi birinchi planga chiqadi. Hikoya 
avvalida Qur‘oni karimdan bir oyat keladi:

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin