Mundarija: Kirish Asosiy qism i-bob Foydali molyuskalarning sistematik holati, tarqalishi va ahamiyati



Yüklə 233,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/19
tarix07.01.2024
ölçüsü233,81 Kb.
#202551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Mundarija Kirish Asosiy qism i-bob Foydali molyuskalarning sist

6-rasm molyuskalar sinfi
23


2.1.Qorin oyoqli mollyuskalar sinifi. Dengizda yashovchi qorinoyoqli
molyuskalar
Qorinoyoqlilaming ко‘pchilik vakillari dengizlarda hayot kechiradi, bir
qancha turlari chuchuk suv havzalarida va quruqlikda yashashga o ‘tgan. Ular
orasida parazit turlari ham uchraydi. Qorinoyoqlilar juda xilma-xil boiib,
oldjabralilar, orqajabralilar vao'pkalilar kenja sinflariga ajratiladi.
Qorinoyoqlilar tanasi asimmetrik tuzilgan. Bosh qismi tanasidan aniq ajralib
turadi. Yagona oyog‘i keng va yassi tovondan iborat (99-rasm). Chig‘anog‘i yaxlit
b o iib , ayrim vakillarida reduksiyaga uchragan. Qorinoyoqlilaming asimmetrik
tuzilishi tanasining o ‘ng tomonida joylashgan mantiya kompleksi organlarining
reduksiyaga uchrashi, shun- ingdek ichki xaltasining chig‘anoq shakliga mos holda
spiral buralgan- ligida o‘z ifodasini topadi.
Tashqi tuzilishi
. Qorinoyoqlilaming bosh qismida og‘iz teshigi, 1-2 juft
paypaslagichlari va bir juftko'zlari joylashgan. Boshining oldingi qismi mxartumga
o ‘xshash cho‘zilgan. Oyog‘i odatda keng va yassi qorin
24


7-rasm. Qorinoyoqli mollyuskalar. A - tok shillig‘i. В - yalang‘och shilliq; 1
- chig'anoq, 2 - paypaslagichli bosh, 3 - oyoq, 4 - nafas olish teshigi, 5 - jinsiy
teshik, 6 - ko‘z. o‘simtadan iborat. Mollyuska oyoq muskullarining to‘lqinsimon
qisqarishi tufayli sekin-asta siljiydi. Yashash tarzi oyog‘ining tuzilishini ham
o‘zgartirishi mumkin Masalan, suvda suzadigan yelkaoyoqlilaming oyog'i ikki
yondan siqilgan suzgichni, qanotoyoqlilar (100-rasm) oyog‘i ikki yon tomoniga
juda kengayib, keng qanotsimon eshkakni hosil qiladi.
25


8-rasm. Qanotoyoqli mollyuska Clionelimacina. 1-og ‘iz oldi o ‘.simtasi, 2
- paypaslagichi,4 snzgichi (oyog'ining yon tomonlari),4 (|o'shilish organi, 5 -
ichki xaltasi (tanasi), 6- oyoqiiing o'rta qismi
Oyog'ining ustida joylashgan tanasi spiral shaklida buralgan. Tanasining
pastki tomoni mantiya burmalarini hosil qiladi. Mantiya ostida mantiya bo‘shlig‘i
va mantiya kompleksiga kiruvchi organlar joylashgan. Mantiyasi chig'anoq hosil
qiladi. Chig'anog'i odatda spiral shakl- da buralgan bo'lib, uning ingichka uchki
qismi berk, kengaygan qismida esa teshigi bo'ladi (101-rasm). Bu teshikdan
mollyuskaning boshi va oyog'i chiqib turadi. Ayrim tuban tuzilgan
qorinoyoqlilar (masalan, g'altakchalar) chig'anog'i konussimon spiral shaklda
buralgan. Mollyuska tanasi o'sgan sayin chig'anoq ham yangi kengroq spirallar
hosil qilib, yiriklasha boradi. Ch ig 'anoq soat strclkasi harakati yo'nalishida
yoki o 'n ga teskari buralgan bo 'lishi mumkin. Xavf tug'ilganida mollyuska
26


10-rasm. Qorinoyoqli mollyuskalar ch ig ‘anoqlari. 1 - oddiy shilliq, 2 -
g'altakcha, 3 - kichik shilliq, 4 - o'tloq tiriktug'ari, 5 – bitiniya tanasini chig‘anoq
ichiga tortib oladi. Ayrim mollyuskalar oyog‘ining orqa tomonida chig‘anoq
og'zini yopib oladigan qopqoqchasi ham bo‘ladi. Chig‘anoq odatda yupqa tashqi
organik va uning ostida joylashgan ohak hamda chinni qavatdan iborat. Ayrim
mollyuskalar chig‘anog‘ining ichki yuzasi sadaf qavat bilan qoplangan.
Qorinoyoqli mollyuskalarda chig'anoq turli darajada reduksiyaga uchragan b o
‘lishi mumkin. Masalan, shilliq qurtlar va yalang‘och jabrali mollyuskalar
chig‘anog‘i mantiya ostiga joylashgan yupqa plastinka yoki mayda ohak tanachalar
shaklida saqlanib qolgan. Suvda va quruqlikda hayot kechiradigan
qorinoyoqlilarda chig‘anoq butunlay yo‘qolib ketadi.
Mantiya bo‘shlig‘i chig‘anoqning pastki qismida joylashgan; unga orqa
chiqaruv teshigi, siydik y o ii va ba’zan jinsiy bezlaming yo‘li ochiladi. Suvda
hayot kechiradngan mollyuskalaming mantiya bo‘shlig‘ida jabralar joylashgan,
quruqlikda va ba’zan chuchuk suvda yashovchi mollyuskalaming mantiya
bo‘shlig‘i esa o ‘pkaga aylangan.

Yüklə 233,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin