Mundarija: Kirish 1-bob. Fiskal siyosat reja



Yüklə 39,48 Kb.
səhifə1/6
tarix04.09.2023
ölçüsü39,48 Kb.
#141478
  1   2   3   4   5   6
Ergashev


Mundarija:
Kirish
1-bob. FISKAL SIYOSAT
Reja:
1.1. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning nazariy
asoslari, maqsadi, usullari va vositalari
1.2. Iqtisodiy o‘sishni davlat tomonidan tartibga solish.
1.3. Davlatning fiskal siyosati, uning maqsadi va iqtisodiy
dastaklari.


Kirish
Mavzuning dolzarbligi.
Byudjet xarajatlarining oshishi yoki kamayishi tashqi savdo hajmiga mamlakatdagi yalpi talabning o‘sishi yoki qisqarishi orqali ta’sir qiladi. Xususan, budjet xarajatlarining (transfertlar bilan birga) oshishi yalpi talabni rag‘batlantiradi. Yalpi talabning o‘sishi, o‘z navbatida, import tovarlariga bo‘lgan talab hajmida ham o‘sishga olib keladi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda budjet xarajatlarning muntazam oshib borayotganligi kuzatilmoqda. Aytaylik, YAIM daromad sifatida qaralsa, uning tarkibida davlat xarajatlarining hissasi yildan-yilga ortib bormoqda.
Umuman, samarasiz budjet xarajatlaridan tiyilishning boshqa vositalari ham topiladi, buning uchun qaror qabul qiluvchilarning irodasi zarur, xolos.
Fiskal siyosatda budjet xarajatlarini qisqartirish yo‘lidan borish qisqa muddatda o‘sish tempini biroz sekinlashtirishi mumkin — yuqorida guvohi bo‘lganimizdek, budjet xarajatlari hozirgi kunda YAIMning katta qismini tashkil etadi. Biroq, budjet xarajatlarini qisqartirish, birinchidan, qaror qabul qiluvchilarni tashvishga solayotgan tashqi savdo defitsitining qisqarishiga sabab bo‘lsa, ikkinchidan, inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichiga tezroq erishishga ham zamin yaratishi shubhasiz.
Mustaqil ishning maqsadi.
Fiskal siyosat haqida tushuncha,uning iqtisodiy mazmuni va ahamiyatini yoritish,uning huquqiy asoslarini,shu bilan birga uning iqtisodiy samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar,mamlakatning fiskal siyosatining hozirgi holatini tahlil etish va uning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo’lidagi roli va ahamiyati,undan tashqari byudjet-soliq tizimini yanada rivojlantirish doirasida ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Yüklə 39,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin