Mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 329,5 Kb.
səhifə2/13
tarix02.06.2022
ölçüsü329,5 Kb.
#60393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Kalorimetrik o’lchashlar (2)12122000

Tadqiqot obyekti: Turli jarayonlardagi issiqlik effektlari, Gess qonuni, Kirxgoff qonuni, elektrolitik dissotsialanish nazariyasi, kalorimetrik usul, kalorimetrik usulda kuchsiz elektrolitlarning dissotsilanish issiqliklarini o`rganish.
Tadqiqot usullari: Tadqiqot obyektida keltirilgan mavzularni fizik-kimyoviy jihatdan o`rganish, kalorimetrik usuldan kengroq foydalanish.
Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati: Kurs ishini bajarishda adabiyotlardan o`rganilgan va taxlil qilingan ma`lumotlardan, shuningdek tajriba natijalaridan, talabalar mustaqil ishlari va mavzuga oid referatlarini tayyorlashda ularning fizik-kimyo sohasiga oid bilimlarini mustahkamlashda amaliy ahamiyatga ega.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi 38 betdan iborat bo`lib, kirish, 6ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Kurs ishi bir qancha formulalar, jadvallar asosida yaratilgan.
II – Asosiy qism
2.1 – Turli jarayonlardagi issiqlik effektlari.
Turli jarayonlarda, shu jumladan, kimyoviy jarayonlarda ajraladigan yoki yutiladigan issiqlikka reaksiyaning issiqlik effekti deyiladi. Issiqlik noto’liq funksiya bo’lganligidan issiqlik effektining qiymati jarayonning borish sharoitiga bog’liq.
1) izoxorik (v = const) jarayondagi issiqlik effekti Qv termodinamikaning birinchi qonunini asosiy tenglamasiga muvofiq, d(Q = dU + PdV va V = const, dv = O bo’lganligidan
dQV = dU bo’ladi. (1.1)
Demak, izoxorik jarayonlarda reaktsiyaning issiqlik effekti ichki energiyaning o’zgarishiga teng. U – to’liq funksiya bo’lganligidan, bu holda Qv ham to’liq funksiyadir, ya‘ni izoxorik jarayonlarda issiqlik effektning qiymati jarayonning borish yo’liga bog’liq emas.
2) izobarik (P = const) jarayondagi issiqlik effekti Qp (1.1) tenglama bo’yicha integrallansa:
Qp = (U2–U1)+P(V2–V1)=(U2+PV2)–(U1+PV1)
Agar H = U + PV deb ishoralansa, unda (H – entalpiya deyiladi):
Qp = H2 – H1 = ΔH bo’ladi. (1.2)
U, P, V – holat funksiyasi bo’lganligidan ΔH – ham holat funksiyasi – energiya o’lchamidir. U sistemaning ichki energiyasi bilan hajmiy energiya (PV) lar yig’indisi bo’lib, u sistemaning to’liq energiyasi hisoblanadi. H – izobarik jarayonda sistema energiya zaxirasini o’zgarishini harakterlaydi.
Izobarik jarayonda issiqlik effekti (Qp) sistema entalpiyasi zaxirasining o’zgarishi ichki energiyaning o’zgarishiga teng. Izoxorik sharoitda boradigan jarayonlarda sistemaning energiyaning o’zgarishiga (ΔU), izobarik ravishda boradigan jarayonlarda entalpiyaning o’zgarishiga (ΔH) teng.
H = U + Pv (1.3)
va ΔH = ΔU + PΔV (1.4)
Ideal gazlar uchun, PΔV = nRT bo’lganligidan:
ΔH = ΔU + ΔnRΔT (1.5)
Δn – mollar soni.
Agar sistema ish bajarsa, dH > dU bo’ladi, agar sistema ustida ish bajarilsa dH < dU bo’ladi va ish bajarilmasa dH = dU bo’ladi.
Masalan:
a) reaksiya natijasida molekulalar soni o’zgarmagan reaktsiyalarda H2 + J2 = 2HJ da Δn = O ga teng, demak, dH = dU;
б) molekulalarning dissostilanish reaksiyalarida: PCl5 = Cl2 + PCl3, N2O4­ = 2NO2 kabi reaksiyalarda Δn > O, demak, dH > dU.
в) 3H2 + N2 = 2NH3, 2SO2 + O2 = 2SO3, kabi reaksilarda ΔH < O (manfiy qiymat) ga teng, demak, bu xil reaksiyalarda sistema ustidan ish bajariladi, shunga ko’ra, ΔH < dU bo’ladi.

Yüklə 329,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin