Multimediali aloqa tarmoqlarida signallarni uzatishni modellashtirish



Yüklə 176,58 Kb.
səhifə2/6
tarix24.10.2023
ölçüsü176,58 Kb.
#160339
1   2   3   4   5   6
9.6. Nazariy qism
IP tarmoqda multimediali trafikni uzatish jarayonini modellashtirish
Multiservis tarmoqlar ko‘p miqdordagi abonentlarning IP-telefoniya, audio va videodasturlarni, televideniya ko‘rsatuvlar kabi turli xil multimediyali hizmatlarga talab bo‘yicha haqiqiy vaqt miqyosida foydalanishlarini ta’minlashga qodir. Multimediyali hizmatlarni taqdim etish sifati ma’lumotlarni uzatishda kechikishlarga va hizmatlarni taqdim etuvchi axborot serveri bilan abonent o‘rtasidagi dispersiyaga sezgirdir.
Quyida ko‘rib chiqilayotgan modelda hizmat ko‘rsatish sifati QoS (Qualitu of Service) parametrlarini baholash uchun lokal IP-tarmoqda o‘rnatilgan transport ulanish bo‘yicha videotrafikni uzatish keltirilgan. Bu model telekommunikatsiya tarmoqlarini analitik modellashtirish usuliga asoslangan.
Konseptual model. Videodasturlarni mahalliy IP-tarmoq orqali uzatish jarayonini ko‘rib chiqamiz. Tarmoqning kommutatsiya muxiti (9.1-rasm) odatdagi besh qavatli uyning tarmog‘iga ulanish uchun eng ma’qul bo‘lgan, CISCO firmasining masalan, Catalysi 351 2XI (yoki Catalysi 352 4XI yoki Catalysi 354 8XI) faol kommutatori asosida tashkil etilgan. Abonentning shaxsiy kompyuteri asosida tashkil etilgan ishchi stansiyasi kommutatorga IFFF8023.34 standartga muvofiq Fast Ethernet porti orqali ulangan. Bunday port orqali ma’lumotlarni maksimal uzatish tezligi 100 Mbit/s ni tashkil etadi. Axborot serveri kommutatorga IFFF8023.37 standartiga muvofiq Gigabit Ethernet porti orqali ulangan. Bunday port orqali maksimal uzatish tezligi 1000 Mbit/s ni tashkil etadi.



9.1-rasm. Talab bo‘yicha video servisni taqdim etish uchun telekommunikatsiya tizimining tuzilishi


Faraz qilaylik, tarmoq abonentlari buyurtma qilingan videodasturlarni qabul qilish uchun axborot serveridan foydalanadilar. Shu maqsadda ular server bilan ulanishni o‘rnatadilar. Byudjet identifikatsiya qilinganidan va tekshirilganidan so‘ng ularni qiziqtiruvchi video dasturlar tanlab olinadi va ularni haqiqiy vaqt masshtabida o‘z ishchi stansiyalarida ko‘rishni boshlaydilar. Faraz qilaylik, vaqtning qandaydir daqiqasida N-abonentlar bir vaqtda server bilan TCP-transport ulanishni o‘rnatishdi va tanlangan dasturlarni ko‘rishmoqda, deylik.
Tarmoqda shunday topologiya bilan bunday serverni taqdim qilish sifati parametrlarini baholash uchun model ishlab chiqilgan bo‘lib, ular rasmda keltirilgan quyidagi parametrlar sinfini hisobga oladi:

  1. axborotli yuklanish parametrlari;

  2. texnik parametrlar;

  3. dasturiy parametrlar.


Yüklə 176,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin