Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'G'risida 1-modda. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari


-modda. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga bo‘lgan mulkchilik



Yüklə 21,05 Kb.
səhifə2/3
tarix19.10.2023
ölçüsü21,05 Kb.
#157716
1   2   3
MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLAR TO

4-modda. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga bo‘lgan mulkchilik
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat mulkidir va uning muhofazasidadir.
Botanika, dendrologiya va hayvonot bog‘lari boshqa shakllardagi mulk asosida ham tashkil etilishi mumkin.
5-modda. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari tabiatni muhofaza etish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar jumlasiga kiradi.
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlarida ularning maqsad-muddaosiga zid faoliyat taqiqlanadi.
Yuqorida aytib o‘tilgan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishning tartibi va shartlari ushbu Qonun va yer to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qo‘yiladi.
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 9-bobiga qarang.
Davlat qo‘riqxonalari, davlat milliy bog‘lari yer uchun haq to‘lashdan ozod etiladilar. Alohida muhofaza etiladigan boshqa tabiiy hududlar ham O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yilgan tartibda yer uchun haq to‘lashdan ozod etilishlari mumkin. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanilgan hollarda ijara haqi va yer solig‘i undirib olinadi.
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 101-moddasiga, Yer solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 19-bandiga qarang (ro‘yxat raqami 1118, 27.03.02y.).
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari tortib olinishiga favqulodda hollarda O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi.
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 37, 38-moddalariga qarang.
6-modda. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruvi
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralari, shuningdek bu ishga maxsus vakil qilingan davlat idoralari amalga oshiradilar.
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi davlat nazoratini O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi amalga oshiradi.

Yüklə 21,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin