Muhammad Fuzuliyning hayoti va ijodi


Darvoqe, o’z ustozi Habibiyning qizini yaxshi ko’rib qolganini, unga atab she’rlar yozganini naql qiladilar



Yüklə 16,52 Kb.
səhifə2/3
tarix27.09.2023
ölçüsü16,52 Kb.
#149700
1   2   3
Muhammad Fuzuliyning hayoti va ijodi

Darvoqe, o’z ustozi Habibiyning qizini yaxshi ko’rib qolganini, unga atab she’rlar yozganini naql qiladilar.
Chamasi, shoir hayoti davomida sayohatlarda ko’p bo’lmagan. «Umiddurki,— deb yozadi Fuzuliy,— arbobi fasohat va ashobi balog’at mushohada va mutolaa qildikda mansha’ (asli) va mavlidim (tug’ilgan joyim) Iroqi Arab o’lub, tamomi umrda g’ayr mamlakatlarda sayohat qilmodigimdan voqif o’ldiqda, bu illati mo’jibi suquti e’tibor bilmayalar. Fuzuliy ijodi boy va rang-barang bo’lib, ko’lami va qudratiga ko’ra birgina ozarbayjon adabiyoti emas, balki YAqin va O’rta SHarq xalqlari adabiyotida butun bir bosqichni tashkil qiladi. XVI asr turkiy she’riyatida unga qiyos etgulik ikkinchi shoirni topib bo’lmaydi. 
Shoir lirikaning xilma-xil janrlarida barakali ijod etdi. Uning devonidan g’azal, murabba’, muxammas, musaddas, tarji’band, tarkibband, qit’a va ruboiy janridagi she’rlar o’rin olgan. Fuzuliy ko’plab sharq she’riyati ijodkorlari singari g’azalga alohida ixlos va muhabbat bilan qaradi, uni iste’dodga me’zon bildi.
Ey firoqi labi jonon, jigarim xun etding,
Chehrai zardimi xunob yala gulgun etding.

Jigarim qonini ko’z yoshina to’kding, ey dil,
Vora-vora ani qulzum, buni Jayhun etding.

Necha husn ila sani Layliya nisbat qilayim,
Bilmayub qadrimi, tarki mani Majnun etding.

Ahd qildimki, jafo kesmayasan oshiqdan,
Oshiqi va’dayi ehson ila mamnun etding.

Jur’a-jur’a may ichib, zebi jamol orttirding,
Zarra-zarra ko’ziming nurini afzun etding.

Ey Fuzuliy, oqidib seli sirishk og’layali,
Ishq ahlina fig’on etmagi qonun etding

Fuzuliy g’azal janrini kamolotga etkazgan buyuk san’atkordir. Navoiydan so’ng bu janrda eng ko’p, eng go’zal, eng nafis va eng ohangdor g’azallar yaratgan shoir Fuzuliydir. Fuzuliy — turkiy tillarda so’zlashuvchi barcha xalqlarning mushtarak sharafi, ularning mushtarak Hofiz Sheroziysidir
Манимтак ҳеч ким зору паришон ўлмасин, Ё Рабб,
Асири дарди ишқу доғи ҳижрон ўлмасин, Ё Рабб!


Yüklə 16,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin