Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil ish



Yüklə 216,42 Kb.
səhifə4/7
tarix14.12.2023
ölçüsü216,42 Kb.
#178680
1   2   3   4   5   6   7
psixologiya

Psixologik kasbiy saralash – bu muayyan kasb bo’yicha muvaffaqiyatli ishlashni ta’minlashda, muhim o’rin tutuvchi o’ziga xos xususiyat va layoqatlarni aniqlashga yo’naltirilgan va tor mutaxassislik doirasida olib boriladigan tekshirishdir. Psixologik profilda salmoqli tavsiflar ko’rsatilib, unchalik ahamiyatga ega emaslari esa tushirib qoldiriladi.
Psixologik kasbiy saralash quyidagi maqsadlarda o’tkaziladi:
-mas’uliyati yuqori bo’lgan va rahbar psixologik layoqatlariga yuqori talab
qo’yuvchi mehnat turlari uchun rahbarlarni saralash kerak bo’lganda;
-bundan tashqari rahbardan o’zining shaxsiy xavfsizligi va boshqalarning
xavfsizligi bog’liq bo’ladigan, o’ta xavfli ish joylariga rahbarlarni ajratib
olish kerak bo’lganda;
-uzoq muddatli va qiyin o’qishga yuborishda. Bunda nomzod bo’lajak ishni
bajarish uchun muhim layoqatlardan tashqari, ko’rsatilgan muddatda o’qish
materialini o’zlashtirish uchun ham keraklicha layoqatga ega bo’lishi nazarda tutiladi. Oxirgi vaziyatni e’tiborga olgan holda, psixologik saralashni rahbarlar zahirasini vujudga keltirish uchun ham qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Rahbarda kasbiy moslashish davri og’ir kechayotgan bo’lsa. Bunda rahbarning kun tartibi, mehnat shart-sharoitlariga moslasha olmayotgani, yoki jamoadagi muhitga o’rgana olmayotgani va shunga o’xshash nomuvofiq holatlar bo’yicha yuzaga kelgan muammolar nazarda tutiladi.
Adaptatsiya davrining qanday kechishi har bir ishchi, rahbarning professional hamda shaxs sifatida to’g’ri shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi. Ana shu sababdan ham, adaptatsiya davri “Kasbiy layoqatlar tavsifnomasi”ning ko’rsatkichlariga kiritilgan. Shuning uchun, adaptatsiya davri borasida alohida to’xtalishni maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan psixologik kasbiy saralash ─ prognostik mehnat ekspertizasining shakli bo’lib, odamning qaysi kasbga yaroqligi haqida kafolat berish bilan bog’liq jarayondir.
Kasbiy saralashga yo’llash ─ bu psixologik-pedagogik, tibbiy va davlat tadbirlari majmui bo’lib, kasb tanlayotgan odamga ilmiy asoslangan shaxsiy xususiyatlari va layoqatlarini hisobga olgan holda, jamiyat va shaxsiy manfaatlarga mos keladigan faoliyat turini tanlab olishga yordam berishdir.

Yüklə 216,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin