Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 48,91 Kb.
səhifə1/8
tarix13.12.2023
ölçüsü48,91 Kb.
#176593
  1   2   3   4   5   6   7   8
13. Azizbek


RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARG‘ONA FILIALI
TT va KT fakulteti
Telekommunikatsiyalar yo’nalishi
731-21– guruh talabasi


Latipov Islomning
Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar”


fanidan tayyorlagan
Mustaqil ishi
Qabul qildi: Umurzakova Dilnoza

MAVZU: Ro’yxatlar ustida amallar bajarish. Bog’langan ro’yhatlar.
Reja:

  • Bog’langan ro’y’hatlar haqida tushuncha

  • Bog’langan ro’y’hatlar klassifikasiyasi

  • Bog’langan ro’y’hatlarni mantiqiy tasvirlash

  • Bir va ikki bog’lamli ro’y’hatlar ustida amallar


RO'YXATNI TARTIBLASH


Aksar holatlarda ro'yxat ichidagi elementlarni alifbo ketma-ketligida tartiblash talab qilinishi mumkin. Buning uchun list uchun maxsus .sort() metodidan foydalanamiz.
cars = ['bmw','mercedes benz', 'volvo', 'general motors', 'tesla', 'audi']
cars.sort()
print(cars)
Natija: ['audi', 'bmw', 'general motors', 'mercedes benz', 'tesla', 'volvo']
Kurib turibsiz, yuqoridagi ro'yxatimiz alifbo bo'yicha tartiblandi.
Diqqat! Tartiblashda katta harflar kichik harflardan avval kelishini hisobga oling. Agar matndagi so'zlarning bosh harfi katta-kichik aralash yozilgan bo'lsa, ularni bir ko'rinishga keltirib olish maqsadga muvofiq bo'ladi.
cars = ['Bmw','mercedes benz', 'volvo', 'gm', 'tesla', 'audi']
cars.sort()
print(cars)
Natija: ['Bmw', 'audi', 'gm', 'mercedes benz', 'tesla', 'volvo']
Yuqoridagi misolda 'Bmw' elementi katta harf bilan boshlangani uchun ro'yxatning boshidan joy oldi.
Ro'yxatni teskari tartibda saqlash uchun .sort() metodi ichida reverse=True argumentini ham kiritamiz.
cars = ['bmw','mercedes benz', 'volvo', 'general motors', 'tesla', 'audi']
cars.sort(reverse=True)
print(cars)
Natija: ['volvo', 'tesla', 'mercedes benz', 'general motors', 'bmw', 'audi']
.sort() metodi ro'yxatni tartiblaydi. Ba'zida asl ro'yxat ichidagi elementlarning ketma-ketligini buzmagan holda ro'yxatni tartiblash talab qilinishi mumkin. Buning uchun sorted() funktsiyasidan foydalanamiz:
mehmonlar = ['Odil', 'Hamid', 'Temur', 'Avazbek', 'Farruh', 'Shamsiddin']
print("sorted() qaytargan ro'yxat:", sorted(mehmonlar))
print("Asl ro'yxat o'zgarmas qoldi:", mehmonlar)
Natija:
sorted() qaytargan ro'yxat: ['Avazbek', 'Farruh', 'Hamid', 'Odil', 'Shamsiddin', 'Temur']
Asl ro'yxat o'zgarmas qoldi: ['Odil', 'Hamid', 'Temur', 'Avazbek', 'Farruh', 'Shamsiddin']

Yüklə 48,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin