Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»



Yüklə 470,6 Kb.
səhifə66/103
tarix27.09.2023
ölçüsü470,6 Kb.
#149651
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   103
Texnologiyalari universiteti-hozir.org

802.11 ish rejimlari. 802.11 ikkita simsiz tarmoq interfeysi kartasi (Network Interface Card, NIC) bilan jihozlangan kompyuter hisoblanadigan mijoz va simli va simsiz tarmoqlar orasida ko‘prik rolini bajaradigan ulanish nuqtasi (Access point, AP) qurilmalari turlarini aniqlaydi. Ulanish nuqtasi odatda qabullagich-uzatkich, simli tarmoq interfeysi (802.3), shuningdek ma’lumotlarni qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan dasturiy ta’minotni o‘z ichiga oladi. Simsiz stansiya sifatida ISA, PCI yoki 802.11 standartdagi PC Card tarmoq kartasi yoki o‘rnatilgan echimlar, masalan, 802.11 telefon garniturasi
qatnashishi mumkin. IEEE 802.11 standarti tarmoq ikkita "Ad-hoc" va mijoz/server(yoki infratuzilma rejimi – infrastructure mode) ishlash rejimlarini aniqlaydi.


Infraqizil diapazondgia (IR) uzatish usullari. Bu usulning

802.11 standartida ishlatilishi IQ uzatkichdan signalni yo‘naltirilmagan nurlantirishga (diffuse IR) asoslangan. Nurlantirgich va qabullagichning mos yo‘naltirilishini talab qiladigan yo‘naltirilgan uzatish o‘rniga uzatiladigan IQ signal shipga nurlantiriladi. Keyin signalni qaytish va uni qabul qilish bo‘lib o‘tadi. Bunda usul yo‘naltirilgan nurlantirgichlarga qaraganda juda ravshan afzalliklarga ega, lekin sezilarli kamchiliklari ham mavjud, IQ nurlanishni berilgan to‘lqin diapzaonida (850 – 950 nm) qaytaradigan ship talab qilinadi, butun tizimning ishlash radiusi 10 metrlar ilan cheklangan. Bundan tashqari IQ nurlanishlar ob-havo sharoitlariga sezgir, shuning uchun usulni faqat binolarning ichida qo‘llash tavsiya etiladi.
Ikkita 1 va 2 Mbps ma’lumotlarni uzatish tezliklari qo‘llanadi. 1 Mbps tezlikda ma’lumotlar oqimi kvartetlarga bo‘linadi, ulardan har biri keyin modulyatsiyalash vaqtida bitta 16-talik impulslarga kodlanadi. 2 Mbps tezlikda modulyatsiyalash usuli birmuncha farqlanadi, ma’lumolar oqimi bitli juftliklarga bo‘linadi, ulardan har biri bitta to‘rttalik impulslarga modulyatsiyalanadi. Uzatiladigan signalning maksimal quvvati 2 Vtni tashkil etadi.

Yüklə 470,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin