Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalar universiteti dasturi injinering fakulteti 3-kurs talabasi xolmatov asilbekning hayot hasizligi faoliyati fanidan 1-amaliy topshirig’i topshirdi: Xolmatov Asilbek Qabul qildi: Saidova Gulchehra



Yüklə 68,25 Kb.
səhifə3/6
tarix28.02.2023
ölçüsü68,25 Kb.
#85994
1   2   3   4   5   6
HXF 1-amaliyot

Ravshanlilik, kontrast va fon. Yoritiladigan yuzaning asosiy xarakteristikalaridan biri yorug‘likni qaytarish xususiyati hisoblanadi va bu yuzaning ravshanligi («yarkost») ga bog‘liq bo‘ladi. Ravshanlilikning o‘lchov birligi qilib Nit (Nt) qabul qilingan. Buyum sirti (yuzasi) dagi ravshanlilik bilan umumiy atrof foni (rangi) orasidagi keskin farq kontrast deb ataladi. Fon deb farqlanadigan ob’ektga taaluqli yuzaning, ya’ni ushbu ob’ekt (buyum) joylashgan yuzaning rangiga aytiladi. Fon yorug‘lik oqimini qaytarish xususiyati bilan xarakterlanadi va s0,4 bo‘lganda yorug‘, s=0,2…0,4 bo‘lganda o‘rta, s0,2 bo‘lganda qora hisoblanadi.
Fonga bog‘liq holda kontrast K00,5 bo‘lsa yuqori, K0=0,2…0,5 bo‘lsa o‘rtacha, K00,2 bo‘lsa kichik hisoblanadi.
Yoritilganlikning pulsatsiya koeffitsienti (Kn) – o‘zgaruvchan tok bilan ishlovchi gazorazryadli chiroqlarda yorug‘likning o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan yoritilganlik tebranishining nisbiy chuqurligi orqali baholanadi va u quyidagicha aniqlanadi:
, (4.27)
bu erda Emax, Emin, Eo’r – tebranish davridagi maksimal, minimal va o‘rtacha yoritilganlik.
Yoritilganlik pulsatsiya koeffitsienti (KPK) 10…20% bo‘lishi lozim.
Yoritilganlikning notekistlik koeffitsienti (KNK) – ishchi yuzadagi minimal va maksimal yoritilganliklarning nisbati orqali ifodalanadi:
KNK = Emin / Emax, (4.28)
Yoritish tabiiy va sun’iy usullarda bo‘ladi. Agar tabiiy yoritish to‘g‘ri loyihalashtirilsa va me’yor darajasida bo‘lsa inson uchun eng qulay ish sharoiti yaratiladi.
Tabiiy yoritish. Tabiiy yoritish yorug‘lik o‘tkazish yo‘llariga bog‘liq holda yon tomonlama, yuqori tomonlama va kombinatsiyalashgan, ya’ni ham yon ham yuqori tomonlama bo‘lishi mumkin.
Tabiiy yoritish darajasi kunning vaqtiga va iqlimiy sharoitlarga bog‘liq holda ish vaqti davomida o‘zgarishi hisobli, ish joyining yoritilganligi bilan emas, balki tabiiy yoritilganlik koeffitsienti orqali me’yorlashtiriladi.
Tabiiy yoritilganlik koeffitsienti deb xona ichidagi biror nuqtaning yoritilganligini shu vaqtdagi tashqi muhit yoritilganligiga nisbatining foizdagi ifodasiga aytiladi:
, (4.29)
bu erda Eichki – xona ichining biror nuqtasidagi yoritilganlik, lk; Etashqi – tashqi muhitdagi ochiq maydondagi yoritilganlik, lk.
Tabiiy yoritilganlik koeffitsienti (e) n tomonlama yoritilganlikda eo’rtacha80% en; yuqori tomonlama va kombinatsiyalashgan yoritilganlikda eo’rtacha60% en bo‘lsa yaxshi hisoblanadi. Tabiiy yoritilganlik koeffitsienti yorug‘likning iqlimiy koeffitsientiga bog‘liq bo‘ladi. Uning miqdori ish razryadiga, farqlash ob’ektining eng kichik o‘lchamiga hamda iqlimning yorug‘lik poyasiga bog‘liq holda maxsus jadvallardan tanlab olinadi va shu asosida binolarga o‘rnatilishi lozim bo‘lgan derazalar hamda fonarlar (yuqori tomonlama yoritilganlikda) soni hisoblanadi. Tabiiy yoritilganlikni me’yor darajasida ta’minlash uchun yorug‘lik o‘tish yo‘llari (derazalar maydoni va soni) ish turiga bog‘liq holda o‘rnatilgan yoritilganlik me’yori asosida hisob yo‘li bilan aniqlanadi.

Yüklə 68,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin