Asar ishqiy kechinma va tuygularni kuylovchi asardir. Unda oshiq va yor
obrazi asosiy o’rinda turadi. . Ilohiy ishq va uni kuylash asarda yo’qdir. Asardagi
oshiq o’z yorini har qanday pari, hur farishtalardan ortiq ko’radi. Bu yorsiz hatto
jannatga borishni ham istamaydi.
Ko’ngilga jondan ortiqroq keraksen,
Pari yu hurdin ko’rkliroq sen,
Farishta ko’rsa bo’lg’ay sizga moil,
Sizingdek kimda bor shaklu shamoil,
Sumansiz orazing guldir tikansiz,
Menga duzax erur uchmoq-sensiz.
"Muhabbatnoma" dagi yor (mashuqa) ana shunday beqiyos go’zallikka ega.
Bu yorga bo’lgan oshiqning sadoqati esa undan ham ortiq. SHuning uchun ortiqki
u yorini hech bir narsaga hech qachon almashmaydi. Asardagi har bir noma ana
shunday oshiqning go’zallikda beqiyos yoriga yo’llagan she’riy maktublaridir.
Bu maktublarda yorning beqiyos go’zalligi va shu yorga bo’lgan oshiqning
ruhiy holati maktublarda zo’r mahorati bilan tasvirlanadi. Maktublardagi yor
nihoyatda go’zal, husnu jamolini hech narsaga qiyoslab bo’lmaydi. Bu go’zalikka
tashna oshiq tinimsiz unga qarab intiladi. Lekin go’zallikda yakto yor go’zal
bo’lish bilan birga bevafo sitamkordir. O’z oshig’ini vasliga muyassar etishni
sira xayoliga keltirmaydi. Bu ham oshiqning yuragiga o’t soladi. Oshiq va
ma’shuq o’rtasidagi mana shu qarama-qarshilik maktublarga husun bag’ishlaydi.
Ya’ni yor qanchalik nozlansa oshiq esa unga qarab yanada kuchliroq talpinadi
umidsizlikka tushmaydi "uzun tunning so’ngida tong otishiga ishonadi".
Mashuqaning beqiyos go’zalligi, nozu-karashmasi, oshiqning yorga qarab umid
bilan tinimsiz talpinaverishi maktublarni uqigan kishining ko’nglida orziqish
hissini uyg’otadi.
Dostları ilə paylaş: