Муќаддима


-ma’ruza. Tabiiy resurslar va ularning sinflanishi



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/75
tarix19.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#58585
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   75
neft-gaz sanoati texnika va texnologiyasi

4-ma’ruza. Tabiiy resurslar va ularning sinflanishi 
R e j a: 
1. Tabiiy resurslarning tasnifi va ulardan oqilona foydalanish yo’llari. 
2. Tugaydigan va tugamaydigan tabiiy resurslar. 
3. Tiklanadigan va tiklanmaydigan tabiiy resurslar. 
Tayanch atama va iboralar. 
Resurs, ishlab chiqarish kuchlari va vositalari, tabiiy resurs, tugaydigan va 
tugamaydigan resurslar, tiklanadigan va tiklanmaydigan resurslar, er osti boyliklari, 
foydali qazilmalar, suv, atmosfera havosi, neft, gaz, ko’mir, er osti suvlari.
 
A d a b I y o t l a r. 
1. Лаcкорин Б.Н., Барский А.Д., Персин В.З. Безотходная технология 
переработки минералного сырья. М.:Недра, 1984. 
2. Ишмухамедов А. Молоотходная технология и окружающая среда. 
Т.:Мехнат, 1988. 
3. Рoдионов А.И., Клушин В.Н., Торочешников Н.С. Техника защиты 
охрана окружающей среды. М.:Химия, 1989, 512с. 
4. Охрана окружающей среды. Под ред. С.Б. Белова, М.: Высшая школа, 
1991, 319 с. 
5. O’zbekiston Respublikasi «Er to’g’risidagi» qonuni. T.:Adolat, 1996. 
Nazorat savollari. 
1. ―Resurs‖ atamasining lug’aviy ma’nosi nima? 
2. Tabiiy resurslar tug’risidagi barcha ta’riflarni izohlang. 
3. Tugaydigan va tugamaydigan tabiiy resurslar guruhiga nimalar kiradi? 
4. Tiklanadigan va tiklanmaydigan resurslar guruhiga nimalar kiradi? 
5. Suv va atmosfera havosini tugaydigan va ham tugamaydigan resurslar 
guruhiga kiritilgan. Nima uchun? 
6. Foydali qazilma deganda nimani tushunasiz? 
 
Tabiiy resurslarning tasnifi va ulardan oqilona foydalanish 
yo’llari. 
Aslida "resurs" so’zi fransuz tilidal olingan bo’lib, "yashash vositasi" degan 
ma’noni anglatadi. Resurs deganda, tabiiy jismlar va foydalanadigan energiya turlari 
tushuniladi. 
Tabiiy resurslar insonning yashashi uchun zarar bo’lgan shunday vositalaridirki, 
ular jamiyatga bevosita emas, balki ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish 
vositalari orqali ta’sir yetadi. 
SHuni aloqida ta’kidlash kerakki, "tabiiy resurslar" tushunchasini ko’pgina 
olimlar turlicha ta’riflashadi. Masalan, geograf olimlar, eng to’liq ta’rif berganlar: 
―Tabiiy resurslar – kishi bevosita tabiatdan oladigan va ularning yashashlari uchun zarar 


27 
bo’lgan xilma-xil vositalardir‖. 
Prof.YU.G.Saushkin esa "elektr energiya olish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab-
chiqarish uchun foydalanishi mumkin bo’lgan tabiiy komponentlarni va sanoat uchun 
xom ashyolarni" tabiiy resurslar deb ta’riflaydi. 
Geograf olim A.A.Mins esa, "tabiiy resurslardan foydalanish shakllari va 
yo’nalishlariga qarab, ularni iqtisodiy jihatdan sinflarga bo’lishni" birinchi o’ringa 
qo’yadi. Bu sinflarga bo’lishda, ya’ni tasniflashda, tabiiy resurslar moddiy ishlab 
chiqarishning’ asosiy sektorlarida va ishlab chiqarishdan tashqari sferada foydalaniishga 
qarab guruhlarga ajratiladi. 
SHunday qilib, tabiiy resurslar kishilarning yashashi uchun zarur manbalarga va 
mehnat vositalari manbalariga bo’linadi. 
Mukammalroq sinflarga bo’lganda, tabiiy resurslar 2 ta asosiy guruhlarga 
bo’linadi: 
A. guruhi – moddiy ishlab chiqarish resurslari. Bu guruhga yoqilg’i 
mahsulotlari, metallar, suvlar, yog’och-taxta, baliq, ovlanadigan hayvonlar 
kiradi. 
B. guruhi – ishlab chiqarishdan tashqari sfera resurslari. Bu guruhga ichimlik 
suvi, daraxtzorlar, iqlim resurslari va hokazolar kiradi. 
Tabiiy resurslarga oziq-ovqatga ishlatiladigan yovvoyi o’simliklar va hayvonlar
ichimlik suvi va boshqa maqsadlarda foydalanadigan suvlar, metallar olinadigan 
maydonlar, qurilishga ishlatiladigan yog’och-taxtalar, energiya va yoqilg’i manbalari 
bo’lgan ko’mir, neft va tabiiy gazlar kiradi. 
Tabiiy resurslar 2 turga bo’linadi: 
1. Tugaydigan tabiiy resurslar. 
2. Tutamaydigan tabiiy resurslar. 
Tugaydigai tabiiy resurslar o’z navbatida 2 guruhga bo’linadi: 
1. Tiklanadigan resurslar. 
2. Tiklanmaydigan resurslar. 
Tabiiy resurslarning tasnifi (sinflarga bo’linishi) quyidagi rasmda ko’rsatilgan. 
Tiklanmaydigan tabiiy resurslarga er osti boyliklari va foydali qazilmalar, ya’ni 
ma’danli va ma’dansiz qazilmalar kiradi. Ular foydalanayotgan darajadan million-


28 
million marta sekin tiklanadigan tabiiy resurslar hisoblanadilar. Bunday resurslarni 
tiklab bo’lmas ekan, mineral resurslardan samarali foydalanish, ularni tejab-tergab 
ishlatish va ularni qazib olinayotganda erlarga zarar etkazilishiga yo’l qo’ymaslik zarur. 
Tiklanadigan tabiiy resurslarga tirik mavjudotlar, o’simlik va xayvovlar, 
daraxtlar, shuningdek, tuproq kiradi. Tuproq yo’q bo’lib ketmaydi, balki asosiy 
xossasini – umumdorligini yo’qotishi mumkin. Bunday resurslardan foydadaiayotganda 
shuni esda tutish kerakki, muayyan tabiiy sharoitning buzilishi ularning qayta 
tiklanishiga xalaqit berishi mumkin. Masalan, hozirga vaqgda butunlay qirib yuborilgan 
ko’pgina o’simlik va hayvonot turlari, shuningdeq, eroziya natijasida butunlay tarkibi 
buzilgan tuproqlar qaytadan tiklanmaydi. Bundan tashqari, shuni ham yodda tutish 
kerakki, tiklanadigan tabiiy resurslarning paydo bo’lish jarayoni ma’lum tezlikka ega 
bo’lishi kerak. Masalan, otib tashlangan hayvonlarning qaytadan paydo bo’lishi uchun 
bir yoki bir necha yil kerak. Ammo daraxtlari kesilib tashlangan o’rmon kamida 60 
yildan keyin qayta tiklanishi mumkin. Er qobig’ida tuproqni unumli va hosildor 
qatlamini hosil bo’lish jarayoni nihoyatda sekinlik bilan kechadi. YUz yilda 0,5 sm dan 
2 sm gacha tuproq hosil bo’ladi. Tarkibi o’zgargan tuproqning yaxshilanishi uchun esa 
bir necha ming yil vaqt kerak. 20 sm qalinlikdagi unumdor tuproq hosil qilish uchun 
tabiat 2000 yildan 7000 yilgacha vaqt sarflaydi. SHuning uchun tabiiy resurslarni 
ishlatish tezliga ularning tiklanish tezligi to’g’ri kelishi kerak. 
Tiklanadigan tabiiy resurslar uchun zaruriy sharoitlar yaratib berilsa, ular inson 
ehtiyojlarini qondirishga abadiy xizmat qilishi mumin. 
Tugamaydigan tabiiy resurslarga suv, iqlim va kosmik resurslar kiradi. 
Suv barcha tirik organizmlar uchun hayot manbai bo’lib, u tabiatda uchta fizik 
holatda: qattiq (muz), suyuq va bug’simon holatlarda uchraydi. Er sharida suvning 
umumiy miqdori bitmas tuganmas bo’lib, hech qachon o’zgarmasa kerak. Biroq 
insonning faoliyati natijasida suvning zahirasi va miqdori Er sharining ayrim 
mintaqalarida turli davralarda turlicha bo’lishi mumkin. 
Dunyodagi suvlarning 94% i okeanlardadir. Bevosita foydalanishga yaroqli 
bo’lgan ichimlik suvining zahiralari 1% ni ham tashkil etmaydi. Biroq bitmas-tuganmas 
hisoblangan dengiz suvlari ham o’ta ifloslanish xavfi ostida turibdi. CHuchuk suv esa, 
sifat jihatidan tugaydigan resurs hisoblanadi, chunki insonga har qanday suv emas, balki 
iste’mol qilish uchun yaroqli toza suv kerak. Er sharining ko’pgina mintaqalarida 
suvdan samarasiz foydalanish, daryolarning sayozlanib qolishi va boshqa sabablar 
oqibatida ichimlik suv miqdori keskin kamaymoqda. Holbuki, sug’orish, sanoat va 
kommunal xo’jalik uchun chuchuk suvga bo’lgan ehtiyoj yildan-yilga ortib bormoqda. 
Xuddi shunga o’xshagan, miqdor jihatidan olganda atmosfera havosi 
tugamaydigan tabiiy resurslarga kiradi, ammo sifat jihatidan olganda u tugaydigan 
resurslarga kiradi. 
Quyosh radiasiyasi (yorug’lik, issiqlik), atmosfera havosi, shamol, suv va 
to’lqinlar energiyasi iqlim va kosmik resurslarga kiradi. YOng’ingarchiliklar esa suv 
resurslariga ham, iqlimiy resurslarga ham kiradi. 
Sayyoramizga kelayotgan Quyosh nurlarining yarmidan ko’prog’i energiyaning 
boshqa turlariga aylanadi. Ularning muayyan qismi tuproq, suv va atmosfera havosini 
isitishga sarf bo’ladi va sekin-asta fazoga tarqaladi. Ularning muayyan qismi o’simliklar 
tomonidan o’zlashtiriladi. Quyoshning nurli energiya zahiralari milliard-milliard 


29 
yillarga etishi mumkin. SHuning uchun Quyosh energiyasi bitmas – tuganmasdir. 
Atmosfera havosi tirik organizmlar uchun hayot manbaidir. Havo bitmas-
tuganmas, lekin uning tarkibi o’zgarishi mumkin. Havo tarkibida karbonat angidrid 
(SO
2
), radioaktiv moddalar, turli gazlarning mexanik aralashmalari, kul, chang va 
boshqa moddalar mavjud. Bunday iflosliklarni sanoat korxonalari va xususan, transnort 
vositalari chiqaradi. Bu esa inson sog’lig’iga katta salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Tugamaydigan resurslardan samarali foydalanish uchun ularni toza saqlash va 
eng avvalo, suvni tejab-tergab sarflash kerak. Suv resurslari etishmaydigan 
mintaqalarda, ayniqsa Markaziy Osiyo mintaqasida, suvni ehtiyot qilish kerak. 


30 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin