Motorik qobiliyatni rivojlantirishga asoslangan dasturlarning koordinatsiyasida muomosi bo’lgan bolalarga ta’siri



Yüklə 57,43 Kb.
səhifə3/4
tarix24.05.2023
ölçüsü57,43 Kb.
#121388
1   2   3   4
Motorik qobiliyatni rivojlantirishga asoslangan dasturlarning koordinatsiyasida muomosi bo’lgan bolalarga ta’siri

Identifikatsiya


Boshqa manbalardan aniqlangan qo'shimcha maqolalar
(n = 15)

Ma'lumotlar bazasini qidirishda topilgan ilmiy maqolalar
(n = 550)



Tizimli tekshiruvga kiritilgan tadqiqotlar
(n = 39)

To'liq matnli maqolalar muvofiqliq darajasi bo’yicha baholanadi
(n = 50)

To'liq matnli maqolalar chiqarib tashlandi


(n =20)

To'liq matnli maqolalar ko'rib chiqildi
(n =70)

Mujassamlashtirish


Dublikatlar olib tashlanganidan keyin maqolalar
(n =542)

Records screened
(n = 542)

Records excluded (n =472)

Ko'rib chiqish

Maqbullik


Tanlangan tadqiqotlar bilan tanishib chiqish orqali shu narsa ma’lum bo’ldiki, tadqiqot uchun belgilab olingan davr oralig’ida qilingan ilmiy ishlarning 77% so'nggi 7 yil oralig’iga to’g’ri keladi. Ushbu davr oralig’ida qilingan ilmiy ish namunalari dunyoning turli joylarida amalga oshirilgan (ya'ni Janubiy Afrikada 6 ta, Gollandiyada 3 ta, Isroilda 2 ta, Avstraliyada 4 ta, Xitoyda 1 ta, Finlyandiyada 1 ta, Buyuk Britaniyada 6 ta, Tayvanda 1 ta, Gonkongda 4 ta, AQSh 3 ta, Tunis 2 ta, Braziliya 3 ta, Kanada 1 ta, Hindiston 1 ta). Ushbu tizimli tekshiruvga kiritilgan 39 ta tadqiqotning 2 tasi amaliy eksperimental tadqiqotdan foydalanilgan, 17 ta maqola davolov dasturi bo’yicha qilingan tadqiqotlar, 8 tasi tajribaviy tadqiqotlar, 5 tasi randomizatsiyalangan nazorat ostida sinov va boshqa turdagi maqolalar. Shularning yigirma to'qqiztasi maktablarda amalga oshirilgan bo’lsa, 6 tasi klinikada, 1 tasi rivojlanish markazi va maktabgacha ta'lim muassasalarida, 1 tasi esa aralash (maktab / klinik) markazlarida amalga oshirilgan.


Jami 39 ilmiy tadqiqot ishiga 1289 ishtirokchi («DCD» bo'lgan bolalar: n = 1120, normal bolalar: n = 169) jalb qilingan. Tadqiqotda qatnashgan eng kam bolalar n = 4 ta (Adams va boshq., 2017) eng ko’p jalb qilingan bolalar soni esa n = 145 ta bo’lgan (Ma va boshq., 2018); ammo ko'pgina tadqiqotlarda 20 dan 45 gacha bolalar jalb qilingan. Ba'zi tadqiqotchilar (Niemeijer va boshq., 2007; Mombarg va boshq., 2013; T.Ashkenazi va boshq., 2013; Hung va boshq., 2010; Sugden va boshq., 2003 ; Fong va boshq., 2012; Maharaj va boshq., 2016) bolalarni jalb qilish jarayonida gender taqsimotiga e’tibor qaratishmagan, shu sababli bolalarning atigi 3/1 qismi qizlardir. Ishtirokchilarning yoshi 4 yoshdan 16 yoshgacha, aksariyat ishtirokchilar 6-12 yosh orasida bo’lishgan. O'rganilgan 39 ta maqolada tadqiqotchilarning 36% MABC dan foydalanganligi, qolgan 64% tadqiqotchilar diagnostik mezon sifatida MABC 2 dan foydalanganligi aniqlandi. Qizig'i shundaki, MABC-2 instrumenti allaqachon mavjud bo'lsa-da, MABC instrumenti hali ham ba'zi ilmiy tadqiqotlarda qo'llanilishini ko'rish mumkin (Uilson va boshq., 2016; Ma va boshq., 2018; Ganapatiyet al., 2020). Bu shuni anglatadiki, MABC instrumenti hali ham bolalarning motor qobiliyatlarini baholash uchun ishlatilishi mumkin.
Ushbu maqolalarda keltirilgan natijalarni tahlil qilib, motor qobiliyatlarni rivojlantirish maqsadida qo’lanilgan “motor skill training, goal-oriented approach, fascia Bowen therapy, va sport stacking” davolov dasturlari (Hung va boshq., 2010; Cacola va boshq., 2016; Morgan va boshq., 2019; Milander va boshq., 2014). bir vaqtning o'zida kichik matorika, nishonga olish va ilib olish hamda muvozanatni saqlash qobiliyatlari sezilarli darajada yaxshilagani ma’lum bo’ldi. Wii Fit mashg`ulotlari va vazifalarga yo'naltirilgan funksional mashg'ulotlar (Ferguson et al., 2013; Boney et al., 2017) muvozanat va kichik motorika uchun juda foydali ekanligi aniqlandi ammo ilish va uloqtirish qobiliyati bundan mustasno. Ammo, Virtual reallikga asoslangan o'yinlar ilish va uloqtirish, shu bilan birga muvozanat qobiliyatini sezilarli darajada rivojlantira olganini ko’rish mumkin (Ashkenazi et al., 2013). Yuqorida ta`kidlab o’tilgan turli xil davolov dasturlarining ijobiy ta`siri albatda mashg`ulotlarning davomiyligiga ham bog’liq. Qo’lanillgan davolov dasturlarining maksimal davri 20 daqiqadan, 40 hafta davomida haftasiga 3-4 martadan mashg`ulotlar o’tkazilgan (Sugden va boshq., 2003), eng kam muddat haftasiga 1 marotaba 60 daqiqa mashg`ulotlar 10 hafta davomida (Cacola va boshq., 2016). Shu bilan birga ushbu ma’lumotni ham aytib o’tish lozimki, Niemeijer va., 2007; Sugden va Chambers., 2003 lar ilmiy tadqiqot ishlarida qo’lanillgan davolov dasturlarining samaradorligi jinsga nisbatan bir xil bo’lishi ko’rsatib o’tilgan.



Yüklə 57,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin