Motivlari, talab va layoqatlari



Yüklə 19,36 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix21.12.2023
ölçüsü19,36 Kb.
#188081
boshlanadi



boshlanadi. Tashxis didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning 
natijalarini belgilashdir. Unda o‘quvchilarning imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, 
motivlari, talab va layoqatlari, 
qiziqish va qobiliyatlari
, bilimdonlik darajasi, o‘quv materialining 
xususiyati, uning amaliy ahamiyati, dars tuzilishi, yangi axborotni o‘zlashtirish, mustahkamlash 
va tizimlashtirish, bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish hamda tuzatish kabi holatlar 
namoyon bo‘ladi. 
Bashoratlash bo‘lajak darsni tashkil etilishining turli varianlarini baholash va ulardan qabul 
qilingan mezonlarga muvofiq eng ma’qulini tanlab olish. 
Loyihalashtirish (rejalashtirish) o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish 
bo‘lib, u darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Loyiha (boshqarish dasturi) 
qisqa va aniq, erkin tuzilgan, pedagog o‘zi uchun boshqarish jarayoni muhim vaziyatlari (kimdan 
va qachon so‘rash, qaerda mavzuni kiritish, mashg‘ulot keyingi bosqichiga qanday o‘tish, 
oldindan ko‘zda tutilmagan qiyinchiliklar yuzaga kelganida jarayonni qaysi sxema bo‘yicha 
qayta o‘zgartirish)ni belgilab olishga imkon beruvchi hujjatdir. Boshqarish dasturi darsning 
an’anaviy rejasidan boshqarish ta’sir ko‘rsatishlarini aniq va tushunarli belgilab olish bilan farq 
qiladi. 
Ta’limning yordamchi shakllari
. Ta’limning yordamchi shakllari: to‘garak, praktikum, 
seminar, 
konferensiya
, maslahat (konsultatsiya), fakultativ mashg‘ulot, o‘quv ekskursiyalari, 
o‘quvchilarning mustaqil uy ishlari va boshqalar sanaladi. 
Maktabdan tashqari mashg‘ulotlarning asosiy va barqaror turlariga o‘qish jarayonining tarkibiy 
qismi sifatida qaraladigan, o‘quvchilarning mustaqil uy ishlari kiradi. Uning asosiy maqsadi – 
darsda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarini kengaytirish, chuqurlashtirish, ularni 
esdan chiqarishning oldini olish, o‘quvchilarning individual layoqati, iste’dod va qobiliyatini 
rivojlantirishdan iborat. Bu ishlar o‘quv dasturi talablari, o‘quvchilarning qiziqish va ehtiyojlari 
hamda ularning rivojlanish darajalarini hisobga olib quriladi. O‘quvchilarning mustaqil uy ishlari 
ma’lum didaktik vazifalarni bajaradi. 
CHunonchi
, darsda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va 
malakalarni mustahkamlash, sinfda ishlab chiqilgan o‘quv materialini kengaytirish va 
chuqurlashtirish, mashqlarni mustaqil bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish, dasturli material 
doirasiga kiruvchi hajmda individual topshiriqlarni bajarish asosida mustaqil fikrlashini 
rivojlantirish, individual kuzatishlar, tajribalar, gerbariy, tabiiy namunalar, otkritkalar, rasmlar, 
gazeta va jurnal lavhalari statistik ma’lumotlar kabi o‘quv qo‘llanmalarini to‘plash va tayyorlash 
va boshqalar. 
Darslarda pedagogning o‘quvchilar tomonidan uy vazifalarining halol bajarishlariga kam e’tibor 
berayotganliklari, ularni sinfda 
tekshirishga uninmasliklari
, yaxshi o‘zlashtirayotgan 
o‘quvchilarni rag‘batlantirib bormasliklari ta’lim amaliyotda keng tarqalgan kamchilik 
hisoblanadi. Uy vazifalarini tushuntirib berishga ko‘pincha vaqt etmaydi, ular shoshilinch 
beriladi. Pedagoglar kamdan-kam hollarda, o‘quvchilar uy vazifasini bajarayotganda duch 
keladigan qiyinchiliklarini ko‘rsatib beradilar, ularni bartaraf etish yo‘lini esa ko‘rsatmaydilar. 
Natijasida mustaqil uy vazifalarining bajarilishi samarasiz bo‘lib qoldi. 
Fan to‘garaklari yo‘nalishi, mazmuni, ish metodi, o‘qish vaqti va boshqa jihatlari bilan ajralib 
turadi. Ular o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘qishga ijobiy 
munosabatni shakllantirishga yordam beradi.. To‘garaklar o‘qishni hayot bilan aloqasini 
kuchaytiradi, fanlararo bog‘liqlikni rivojlantiradi. Fan to‘garaklarida o‘quvchilarning ishlari 
o‘quv jarayonini faollashtiradi, o‘qish sifatini oshirishga yordam beradi. 


Ta’limning yordamchi shakllariga ekskursiyalar ham kiradi. Ular ommaviy, guruhli va kichik 
guruhli bo‘lishi mumkin. O‘quv ekskursiyalari alohida fanlar hamda bir qancha fanlar bo‘yicha 
ham rejalashtiriladi. Ekskursiyani muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun o‘qituvchi unga puxta 
tayyorlanishi: ob’ekt va mashrut bilan oldindan tanishib chiqishi, to‘la 
rejani ishlab chiqishi

o‘quvchilarni bo‘lajak topshiriqlarni bajarishga jalb eta olishi kerak. Ekskursiya rejasida mavzu 
va maqsad, ob’ekt, u bilan tanishish tartibi, o‘quvchilar idrok etish faoliyatlarini tashkil etish, 
topshiriqni bajarish uchun zarur bo‘lgan vositalar va uskunalar, yakun yasash ko‘rsatiladi. 
Ekskursiyani o‘tkazish metodikasi mavzu, didaktik maqsad, o‘quvchilarning yoshi, ularning 
rivojlanishi hamda ekskursiya ob’ektiga bog‘liq bo‘ladi. 
Maktab o‘quv rejasi turli fakultativ va tanlovi bo‘yicha kurslarni tashkil etishni ko‘zda tutadi. 
Ular o‘quvchilar, ularning ota-onalari istak va qiziqishlarini hisobga olish bilan ishlab chiqiladi. 
Amaliyotda fermerlik, iqtisod, elektro va radiotexnika, 
elektronika
, polimerlar ximiyasi, 
astrofizika, psixologiya, etika, antik tarix, botanika ba’zi sohalari, ikkinchi chet tili, etnografiya, 
stenografiya, kutubxona ishi, rassomchilik, musiqa kabi kurslarni fakultativ sifatida o‘rganiladi. 
Fakultativ va fanlarni ro‘yxatini aniqlashda faqat o‘quvchilar 
istaklari emas
, balki ijtimoiy 
talablar va maktab imkoniyatidan kelib chiqiladi. Fakultativ va tanlovi bo‘yicha mashg‘ulotlar 
majburiy va umumiy o‘rta ta’lim fanlari bilan uzviy bog‘liqlikda o‘tkazilishi kerak. 
Maslahat (konsultatsiya - o‘quv suhbati)ga talablar ko‘pincha o‘quvchilarning ma’lum o‘quv 
materiali yoki topshirig‘i ustida mustaqil ishlashi sababli yuzaga keladi. Bunda ko‘proq o‘quvchi 
savol beradi. To‘g‘ri tashkil etilgan konsultatsiya o‘quvchilarga o‘quv materialini egallashda 
qiyinchiliklarni engishga yordam beradi. Konsultatsiya davomida o‘qituvchi o‘quvchilar 
faoliyatini u yoki bu masalani to‘g‘ri tushunishga mustaqil keladigan, ular uchun qiyin 
topshiriqni tushunib oladigan qilib, o‘rganilayotgan materialni mohiyatini ochishga o‘rganadigan 
qilib yo‘naltiradi. Konsultatsiya o‘qituvchiga o‘quvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni aniqlash, 
alohida e’tibor berishni talab etuvchi vaziyatlarga ularning diqqatini jalb etishga imkon beradi. 
To‘g‘ri tashkil etilgan konsultatsiya o‘quvchilarda o‘zini nazorat qilish, bilimlarga tanqidiy ko‘z 
bilan qarashni tarbiyalaydi. O‘qimishlilik darajasini to‘g‘ri aniqlashga yordam beradi. 

Yüklə 19,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin