28
taʼkidlaydi. X.B.Zaripov fikricha, ―soliqlarni rejalashtirish jarayonida asosiy tijorat
va investitsion natijalarga erishish toʼlanadigan soliqlar summasi darajasining
asoslangan yoki optimal miqdori orqali taʼminlanmogʼi lozim.
А.Zaynutdinov ―Soliqlarni rejalashtirishni
mikrodarajada
umumiy
rejalashtirish tizimining bir qismi sifatida, boshqaruv faoliyatining koʼrinishi
sifatida, xoʼjalik subʼekti haraktlarini soliqqa tortish orqali tartibga solish usuli‖
sifatida talqin etadi. Soliqlarni rejalashtirish korxonani boshqarishning umumiy
maqsadiga erishishni taʼminlaydi: tang vaziyatlarda - yashab qolish; normal
vaziyatlarda – samaradorlikni oshirish, oʼz moliyaviy resurslari hajmini oshirish va
raqobatchilar oldida ustunliklarga ega boʼlish‖.
X.Djamalov taʼkidlashicha,‖ soliqlarni rejalashtirish moliyaviy resurslarni
oshirishga, soliq bazasi tarkibi va miqdorini tartibga solish orqali korxonani
moliyaviy sogʼlomlashtirishga qaratilgan rejali faoliyatlar majmuidir‖/
Dostları ilə paylaş: