Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha tayyorlashni konseptual asoslari…



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə1/26
tarix20.06.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#133209
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Dissertatsiya Rasulov Sh.Sh.(1)


MUNDARIJA




KIRISH…………………………………………………………….

6

I BOB.

PUL MАBLАG‘LАRI HISОBI VА TАHLILINING MАQSАDI, VАZIFАLАRI, MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI BO‘YICHA TAYYORLASHNI KONSEPTUAL ASOSLARI…..................

13

1.1.

Pul mаblаg‘lаr hisоbi haqida umumiy tushuncha….....................…

13

1.2.

Pul mаblаg‘lаri hisоbi vа tаhlilining mаqsаdi, vаzifаlаri vа аxbоrоt mаnbаlаri……………………………………………….………….

29

1.3.

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha tayyorlashni konseptual asoslari…………………………………. …………….

36




I bob bo‘yicha xulosa..................................................................

52










II BOB.

KOMPANIYANING PUL MАBLАG‘LАRI HISОBINI TАSHKIL ETISH, KOMPANIYANING PUL OQIMLARI TO‘G‘RISIDAGI MA’LUMOT MOLIYAVIY HISOBOTNI FOYDALANISH………………………………………………..

54

2.1.

Kоrxоnаdа pul mаblаg‘lаri hisоbini tаshkil etish………………...

54

2.2.

Kompaniyaning pul oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumot moliyaviy hisobotni foydalanish……………………………………………..

59




II bob bo‘yicha xulosa.................................................................

73










III BOB.

PUL OQIMLARI TAHLILINING TO‘G‘RI VA EGRI USLUBI, PUL MABLAG‘LARINING OMILLI TAHLILI…

75

3.1.

Pul oqimlari tahlilining to‘g‘ri va egri uslubi…………………….

75

3.2.

Pul mablag‘larining omilli tahlili…………………………………


81



III bob bo‘yicha xulosa.................................................................


87










XULOSA ……………………………………………………………………

89

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI..................................

93







KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash, ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash va diversifikatsiya qilish sharoitida bir qancha sohalarni, jumladan, buxgalteriya hisobi tizimini isloh qilish hamda rivojlantirish talab etiladi.
Shuningdek, korxonalar faoliyatini samarali tashkil etish, barcha resurslardan oqilona va tejamkorlik asosida foydalanish, ularda buxgalteriya hisobi va nazorat ishlarini qanday tashkil etilganligiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Korxonalarning barqaror faoliyat yuritishida, ishlab chiqarish jarayonining barcha elementlari, shu jumladan, buxgalteriya hisobi, audit va tahlil mukammal ishlashi kerak.
Ushbu holatni hisobga oladigan bo‘lsak, korxonalarda pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzishga qo‘yilgan talablar va uning tamoyillari tashkil etilishi hamda takomillashtirilib borilishi hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biri ekanligini ta’kidlab o‘tish lozim bo‘ladi.
Iqtisodiyotda bugungi kunda sodir bo‘layotgan keskin o‘zgarishlar, buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit sohasida iqtisodiy islohotlarni yanada jadallashtirishni taqozo etmoqda. Xususan “2022-yilda mamlakatimizning yuqori sur’atlar bilan barqaror o‘sishini ta’kidlar ekanmiz, buning boisi va omilini avvalambor iqtisodiyotimizga yo‘naltirilgan kapital mablag‘lar, investitsiyalar tobora o‘sib borayotganida, bu ko‘rsatkich yalpi ichki mahsulotga nisbatan 22,9 foizni tashkil etganida, deb hisoblashimiz zarur. O‘tgan yilda iqtisodiyotimizga 11 milliard 700 million dollar miqdorida ichki va xorijiy investitsiyalar jalb etildi yoki bu boradagi ko‘rsatkich 2022-yilga nisbatan 14 foizga o‘sdi. Jami investitsiyalarning 22 foizdan yoki 2 milliard 500 million dollardan ortig‘ini xorijiy investitsiyalar tashkil etdi, ularning 79 foizdan ko‘prog‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir.”- 1deb ta’kidlaydi prezidentimiz Sh.Mirziyoyev. Shu sababli, pul oqimining hisobi, hisoboti va uning auditini takomillashtirish, uni iqtisodiyotning barcha tarmoqlarining tuzilmasiga va o‘zgarishlariga mos tarzda qayta qurish, pul mablag‘larini nazorat qilishning maqsadli shaklini ishlab chiqish va qaror toptirish bugungi kunning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Negaki, pul mablag‘i iqtisodiyotning qon tomiri, ya’ni uni harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi.
Pul oqimini hisobi, hisobotining uslubiy asosi va bosh vazifasi bevosita pul mablag‘larini butligi hamda ularni doimiy nazorat qilib turish qoidasi asosida qurilgan edi. Natijada uzoq vaqt davomida hisob tizimida umumiylik va muomalalar mazmunining takroriyligi yuzaga keldi. Natijada, Respublikamizda buxgalteriya hisobi, audit va iqtisodiy tahlilni yanada takomillashtirish zarurati paydo bo‘ldi. Shu jihatdan ham har bir iqtisodiy davr o‘ziga xos farqlanuvchi jihat va o‘zgarishlarga ega. Shunday ekan hisob tizimida ham islohotlar olib borishni ta’minlagan holda, iqtisodiy jarayonlarga o‘ayta o‘zgaruvchanlik va belgilov shakliga ega deb qarashni taqozo etadi. Shu sababli ham, Respublikamizda mustaqillik yillarida pul mablag‘larining harakatini tartibga solish, ularning nazoratini samarali tashkil etish, pul mablag‘larining yangi manbalarini izlab topish, pul mablag‘larini aks ettiruvchi moliyaviy hisobot shaklini yaratish va uni amaliyotda qo‘llash hamda ularning holatini muntazam tahlil qilib turish borasida bir talay ishlarning amalga oshirilishini talab etadi.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqadigan bo‘lsak, bugungi kunda pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlarini to‘g‘ri yuritishni tashkil etish va uning tahlilini yuritish dolzarb masala hisoblanadi. Shu sababli ham, men magistrlik dissertatsiya ishimni “Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzishga qo‘yilgan talablar va uning tamoyillari” mavzusida yozishni oldimga maqsad qilib qo‘ydim.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin