Moliya fanidan 2-topshiriq Nurmatov Mirjalol Mavzu: Moliyaviy siyosat Tayanch iboralar Moliya tizimi



Yüklə 11,84 Kb.
səhifə1/4
tarix15.08.2023
ölçüsü11,84 Kb.
#139510
  1   2   3   4
Moliya fanidan 2 topshiriq Nurmatov Mirjalol Mavzu Moliyaviy si


Moliya fanidan 2-topshiriq Nurmatov Mirjalol Mavzu: Moliyaviy siyosat Tayanch iboralar Moliya tizimi

Moliya fanidan 2-topshiriq

Nurmatov Mirjalol
Mavzu: Moliyaviy siyosat

Tayanch iboralar

Moliya tizimi - davlat va korxonalar pul mablag'lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish shakllari va metodlari tizimi.

Moliya tizimining institutsional tarkibi- moliiya tizimi quyidagi ikki sohaga bo’linadi:


Umumdavlat moliyasi - davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish hamda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni yaratish maqsadida markazlashtirilgan pul mablag'lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimi.

Davlat byudjeti — davlat pul mablag'larining (shu jumladan davlat maqsadli jamg'armalari mablag'larining) markazlashtirilgan fondi, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag'lar sarfi yo'nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Qonun kuchiga ega bo'lgan davlatning asosiy moliyaviy rejasi. Davlat hokimiyatining qonunchilik organi tomonidan tasdiqlanadi. Davlat pul mablag'lari markazlashtirilgan fondini shakllantirish va foydalanish jarayonidagi iqtisodiy (pul) muno-sabatlarini ifodalaydi. Milliy daromadni qayta taqsimlashning asosiy quroli. Asosiy funksiyalari 1) mamlakatning yalpi ichki mahsuloti va milliy daromadini taqsimlash; 2) iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va rag'batlantirish; 3) davlatning ijtimoiy siyosatini moliyaviy jihatdan ta’minlash; 4) pul mablag'larining shakllantirilishi va ulardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish.

Budjetdan tashqari fondlar - hukumat va mahalliy hokimiyatlarning budjetga kiritilmaydigan xarajatlarni moliyalashtirish bilan bogʻliq boʻlgan mablagʻlardir. Budjetdan tashqari fondlar ikkiga boʻlinadi:
  • Birlashtirilgan budjetga qoʻshiladigan fondlar;


  • Birlashtirilgan budjetga qoʻshilmaydigan fondlar.


Funksional jihatga koʻra ikkiga boʻlinadi:


  • Iqtisodiy fondlar;


  • Ijtimoiy fondlar.


Boshqaruv darajasiga koʻra uchga boʻlinadi:


  • Umumdavlat fondlari;


  • Respublika fondlari;


  • Regional fondlar.




Mulkiy sugʼurta - mollarni , uy-joylarni , transport vositalarini sug’urta qilish, qurilish va tabiiy ofatlar va yong’in xavflaridan sug’urtalanish xisoblanadi .

Shaxsiy sugurta – pensiya , xayotni sugurtalash, chet elga chikuvchilarni sugurtalash, tibbiy sugurta va baxtsiz xodisalardan sugurtalash tushuniladi .

Davlat krediti - Davlat kreditida qarz oluvchi yoki kreditor sifatiga
davlat ishtirok etadi. Davlat krediti davlat zayomlari shaktida, kaznachey (g'azna) majburiyatlarini chiqarish orqali, jamg'arma tashkilotlari jamg'armalari qoldiqlarini davlat qimmatbaho qog'ozlariga joylashtirish orqali amalga oshiriladi. Davlat krediti mablag'lari ishlab chiqarish kapitalini takror ishlab chiqarishda ishtirok etmaydi, ya'ni, u moddiy qiymatliklar ishlab chiqarishda qatnashmaydi, faqat byudjet defitsitini qoplash maqsadida foydalaniladi.


Yüklə 11,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin