Modernization of Higher Education in
Central Asia through New Technologies
(HiEdTec)
kadrlarga o‘zgartirish (framing), fizik adreslash (MAC addressing), oqimlarni
nazorat qilish (flow control), xatoliklarni nazorat qilish (error control) va kirishni
nazorat qilish (access control) vazifalari amalga oshiriladi. Kadrlarga o‘zgartirish
(framing) jarayoni yuqorida ko‘rib chiqildi, quyida qolgan vazifalar bilan tanishib
chiqamiz.
1.2. Kanal sathi tomonidan taqdim etilgan xizmatlar
Tarmoq sathi transport sathidan segmentlarni qabul qilib olganidan keyin,
uning asosiy vazifasi sigmentlarni paketlarga o’zgartirish va heterogen tarmoqlar
bo’ylab hosil bo’lgan paketlarni mashrutlashdan iborat. Tarmoq sathida paket
mantiqiy adreslanadi. Shuning uchun paketning sarlavhasida uzatuvchi va qabul
qiluvchining manzillari joylashtiriladi. Internetda TCP/IP modelining Internet
protokoli (IP) OSI modelining tarmoq sathida muqobil hisoblanadi. Tarmoq sathida
marshrutizatorlar IP-paket sarlavhasidagi IP-manzillar asosida paketlarni qabul
qiluvchi tomn yo'naltiradilar:
12.2-rasm. Paketning umumiy blok sxemasi
Marshrutizatorlar paketni tarmoq bo’ylab jo’natishdan oldin, ularni kadr
ko’rinishiga keltiradi va keyin bitli oqimga o’zgartirib tarmoq bo’ylab uzatadi. Kadr
– kanal sathi bo’ylab uzatiladigan ma’lumotlar birligi hisoblanadi.
Kanal sathi sarlavhasi va uzatilayotgan ma’lumotlar birlashib umumiy kadrni
hosil qiladi. Kadrning ma’lumotlari qismi aynan tarmoq sathidan kelayotgan
Modernization of Higher Education in
Central Asia through New Technologies
(HiEdTec)
paketlar. Boshqacha qilib aytganda, kadr tarmoq sathidan kelayotgan paket o’z
ichiga oladi.
Kadrni uzatuvchi va qabul qiluvchi adreslari fizik adres deyiladi yoki MAC
(media access control) adresi ham deyiladi. Shunday qilib, kadrning sarlavha qismi
quyidagi ko’rinishdagi fizik adreslarni o’z ichiga.
12.3-rasm. MAC yoki fizik adres
Kanal sathining yana bir asosiy vazifalaridan biri fizik sathdan kelayotgan
oqimlarni bit sifatida qabul qilganligi sababli, ularni xatosiz uzatishni kafolatli
ta’minlashdir. Shunday qilib, ushbu sath har qanday yuzaga kelgan xatoliklarni
imkon qadar erta aniqlash uchun qo’shimcha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Boshqa qatlamlardagi ma’lumotlardan farqli o’laroq, xatolarni tuzatish uchun
kadrlarni tekshirish ketma-ketligini (FCS) o’z ichiga olgan treyler qismini o’z ichiga
oladi. Bundan tashqari, flag kadrlarning boshi va oxirini belgilaydi.
Ethernet protokoli OSI modelining kanal sathi protokoli bilan chambarchas
bog’liq bo’lib, odatiy Ethernet kadr sarlavhasi Ethernet protokoli versiyasiga bog’liq
bo’lgan maydonlardan tashqari uzatuchi va qabul qiluvchining MAC adreslarini o’z
ichiga oladi. Bundan tashqari, xatolarni tuzatish baytlari ma’lumotlarni kuzatib
boradi:
|