Modellarni tuzishning asosiy tamoyillari. Reja: Model va modellashtirish tushunchasi



Yüklə 15,31 Kb.
səhifə1/2
tarix05.12.2023
ölçüsü15,31 Kb.
#174065
  1   2
Modellarni tuzishning asosiy tamoyillari. Reja Model va modella-fayllar.org


Modellarni tuzishning asosiy tamoyillari. Reja: Model va modellashtirish tushunchasi

Modellarni tuzishning asosiy tamoyillari.

Reja:
1. Model va modellashtirish tushunchasi..
2.Modellashtirish bosqichlari.
3.Model

Model va modellashtirish tushunchasi
Model va modellashtirish tushunchasi. Model (lot. “Modulus” – o‘lchov,
me'yor) – biror ob'ekt yoki ob'ektlar tizimining obrazi yoki namunasidir.
Masalan, yerning modeli–globus, osmon va undagi yulduzlar modeli–planetariy
ekrani, pasportdagi suratni shu pasport egasining modeli deyish mumkin.
Insoniyatni farovon hayot shart-sharoitlarini yaratish, tabiiy ofatlarni oldindan
aniqlash muammolari qadimdan qiziqtirib kelgan. Shuning uchun ham insoniyat tashqi dunyoning turli hodisalarini o‘rganishi tabiiy holdir.
Aniq fan sohasi mutaxassislari u yoki bu jarayonning faqat ularni qiziqtirgan
xossalarinigina o‘rganadilar. Masalan, geologlar yerning rivojlanish tarixini, ya'ni qachon, qaerda va qanday hayvonlar yashaganlari, o‘simliklar o‘sganligi, iqlim qanday o‘zgarganligini o‘rganadi. Bu ularga foydali qazilma konlarini topishlarida yordam beradi. Lekin ular yerda kishilik jamiyatining rivojlanish tarixini o‘rganishmaydi – bu bilan tarixchilar shug‘ullanadi.Atrofimizdagi dunyoni o‘rganish natijasida noaniq va to‘liq bo‘lmagan ma'lumotlarolish mumkin. Lekin bu koinotga uchish, atom yadrosining sirini aniqlash, jamiyatning rivojlanish qonunlarini egallash va boshqalarga xalaqit bermaydi. Ular asosida o‘rganilayotgan hodisa va jarayonning modeli yaratiladi. Model ularning xususiyatlarini mumkin qadar to‘laroq akslantirishi zarur.
Modelning taqribiylik xarakteri turli ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin.
Masalan, tajriba o‘tkazish mobaynida foydalaniladigan asboblarning aniqligi
olinayotgan natijaning aniqligiga ta'sir etadi.
Modellashtirish – bilish ob'ektlarini ularning modellari yordamida tadqiq qilish, mavjud predmet va hodisalarning modellarini yasash va o‘rganishdir.
Modellashtirish uslublaridan hozirgi zamon fanlarida keng foydalanilmoqda. U ilmiy tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, ba'zi hollarda esa murakkab ob'ektlarni

o‘rganishning yagona vositasiga aylanadi. Mavhum, olisda joylashgan ob'ektlar,


juda kichik hajmdagi ob'ektlarni o‘rganishda modellashtirishning ahamiyati katta.
Modellashtirish uslubidan fizika, astranomiya, biologiya, ijtimoiy fanlarda, iqtisod
fanlarida ob'ektlarning faqat ma'lum xususiyat va munosabatlarini aniqlashda ham
foydalaniladi.
Uslubiyat sifatidan matematik modellashtirish matematika, fizika, biologiya
va boshqa ilmiy fanlar bilan almashtirib bo‘lmaydi, ular bilan raqobat qilmaydi.
Aksincha uning sintezlash rolini ta'kidlamasdan bo‘lmaydi. Matematik
modellashtirish uchligini yaratish va qo‘llash turli metodlar va yondoshuvlar – chiziqsiz modellar sifat analizidan tortib zamonaviy dasturlash tillariga asoslanadi
va fanning turli – tuman yo‘nalishlarini qo‘shimcha yangi rag‘batlantiradi.
Masalaga kengroq yondoshgan holda aytish mumkinki, modellashtirish turli
“mutaxassislar” ijodiy faoliyatida uchraydi – tadqiqotchilar va tadbirkorlar,
siyosatchilar va harbiy qo‘mondonlar. Bu sohalarga aniq fanlarning joriy qilinishi
intuitiv “ modellash” ni chegaralab, ratsional metodlar qo‘llanilish maydonini
kengaytirdi. Albatta, matematik modellashtirish samarali bo‘lish uchun u yaxshi
ma'lum bo‘lgan professional talablarga javob berishi kerak: asosiy tushunchalar va
farazlarni aniq for-mulirovkasi, ishlatilayotgan modellar adekvatligining aposterior
analizi, hisoblash algoritmlari to‘g‘riligining kafolatlanishi va h.k.
Agar “inson faktori”, ya'ni murakkab formallashgan ob'ektlar ishtirokida
sistemalarni modellashtirish haqida gap ketganda, yuqoridagi talablardan tashqari
matematik va maishiy atamalarni (bir xil eshitiluvchi, ammo turli ma'noga ega) aniq
farqlash, hodisa va jarayonlarni o‘rganishga tayyor matematik apparatni
ehtiyotkorlik bilan qo‘llash va boshqa bir qator talablar ham qo‘shiladi.
Axborot jamiyati muammolarini hal etishda faqatgina kompyuter qudratiga
va informatikaning boshqa vositalarigagina ishonib qolish unchalik ham to‘g‘ri
emas. Matematik modellashtirish bosqichlarining doimiy mukammallashib borishi
va uning zamonaviy axborot – modellash sistemalariga tadbiq etilishi metodologik
imperativdir. Faqat uning bajarilishigina zaruriy yuqori texnologiyali,
raqobatbardosh va rang-barang moddiy va intellektual mahsulotga ega bo‘lish
mumkin. Atrofimizdagi olam qonunlari o‘zgarmas va tadqiqotlarda bundan samarali
foydalanish mumkin. Bu matematik modellar universalligi xossasida o‘z aksini
topgan.
Shunday qilib, matematik modellashtirish vositalarining imkoniyatlaridan
mexanikadan tortib sotsiologiya fanlarida (ijtimoiy fanlarda) ham samarali
foydalanish mumkin ekan.

2. Modellashtirish bosqichlari. Biror ob'ektni matematik modellashtirish


masalasining qo‘yilishi aniq harakatlar rejasini yuzaga keltiradi. Uni shartli ravishda
uch bosqichga bo‘lish mumkin: model – algoritm – dastur.
Birinchi bosqichda ob'ektning matematik formada asosiy xossalarini u
bo‘ysunuvchi qonunlarni, qismlari uchun o‘rinli bog‘liqliklar va h.k. larni aks
ettiruvchi “ekvivalenti” tanlanadi (yoki quriladi). Matematik model (yoki uning
fragmentlari) nazariy metodlar yordamida tadqiq qilinadi, natijada esa ob'ekt haqida
dastlabki muhim ma'lumotlar olish mumkin.
Ikkinchi bosqich- modelni kompyuterda amalga oshiruvchi algoritm quriladi
(yoki tanlanadi). Model sonli metodlar qo‘llash uchun qulay shaklda tasvirlanadi,
izlanayotgan kattaliklarni berilgan aniqlikda (shartlarda) topish uchun zaruriy

hisoblash va mantiqiy operatsiyalar ketma-ketligi aniqlanadi.


Uchinchi bosqichda model va algoritmni komyuter tushunadigan tilga
“o‘giruvchi” dastur yaratiladi.
Ular uchun ham tejamlilik va moslashuvchanlik talablari qo‘yiladi.
Dasturlarni bevosita “tajriba qurilmasi” – kompyuterda sinash uchun yaroqli
bo‘lgan, o‘rganilayotgan ob'ektning “elektron” ekvivalenti, modeli deb atash ham
mumkin.
“Model – algoritm – dastur” uchligi tadqiqotchi qo‘lida universal, egiluvchan
va arzon vositaga aylanib, u avvalo “sinov” hisoblash tajribalarida to‘g‘rilanadi va
testlanadi. Keyin modelning berilgan ob'ektning barcha zaruriy sonli va sifat
xossalarini aniqlovchi turli – tuman va to‘la “sinov” lar o‘tkaziladi.
Modellashtirish jarayoni, kerak bo‘lsa, uchlikning barcha bo‘g‘inModel va modellashtirish tushunchasi zInsoniyatni farovon hayot shartsharoitlarini yaratish, tabiiy ofatlarni oldindan aniqlash muammolari qadimdan qiziqtirib kelgan. Shuning uchun ham
insoniyat tashqi dunyoning turli hodisalarini o`rganishi tabiiy holdir. Aniq
fasohasimutaxassislari u yoki bu jarayonning faqat ularni qiziqtirgan xossalarinigina o`rganadi. Masalan, geologlar yerning rivojlanish tarixini, ya`ni
qachon, qaerda va qanday hayvonlar yashaganligi, o`simliklar o`sganligi, iqlim
qanday o`zgarganligini o`rganadi. Bu ularga foydali qazilma konlarini topishlarida
yordam beradi. Lekin ular yerda kishilik jamiyatining rivojlanish tarixini
o`rganishmaydi bu bilan tarixchilar shug`ullanadi.
Atrofimizdagi dunyoni o`rganish natijasida noaniq, va to`liq bo`lmagan
ma`lumotlar olinishi mumkin. Lekin bu koinotga uchish, atom yadrosining sirini
aniqlash, jamiyatning rivojlanish qonunlarini egallash va boshqalarga xalaqit
etmaydi. Ular asosida o`rganilayotgan hodisa va jarayonning modeli yaratiladi.
Model ularning xususiyatlarini mumkin qadar to`laroq akslantirishi zarur.
Modelning taqribiylik xarakteri turli ko`rinishda namoyon bo`lishi mumkin.
Masalan, tajriba o`tkazish mobaynida foydalaniladigan asboblarning aniqdigi
olinayotgan natijaning aniqligiga ta`sir etadi.
Uxlashdan oldin 1 piyola ichsangiz, dietasiz 20kg vazn yo'qotasiz
BATAFSIL O'QISH

Yüklə 15,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin