Mixail bulgakovning “xosiyatsiz tuxumlar” asarining taqdimoti



Yüklə 6,68 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü6,68 Kb.
#209973
X.Xo`janazarov M.Bulgakov Xosiyatsiz tuxumlar

MIXAIL BULGAKOVNING “XOSIYATSIZ TUXUMLAR” ASARINING TAQDIMOTI

  • LATVIYADAGI ISMA UNIVERSITETINING FARG‘ONA SHAHRIDAGI FILIALI
  • Biznes boshqaruv yо‘nalishi 3 – bosqich talabasi
  • FAN NOMI: Biznes aloqa
  • BAJARDI: X.Xо‘janazarov
  • QABUL QILDI: F.Mamajonov

Mixail Bulgakov (1891Kiyev 1940Moskva) — rus yozuvchisi. 1920-yillarda roman, novella va qissalar, pyesalar, ssenariylar, koʻplab felyetonlar muallifi sifatida tanilgan. U asosan Rossiya fuqarolar urushi dahshatlari, inqilob va fuqarolar urushi davridagi rus ziyolilari va chor armiyasi zobitlarining taqdiri haqida yozgan. Yozuvchining “Usta va Margarita” romani unga katta shuhrat olib keldi va XX asr durdonalaridan biri sifatida tan olindi. 1901-yilda Bulgakov birinchi Kiev gimnaziyasiga o'qishga kirdi. U yerda rus va Yevropa adabiyotiga (uning sevimli yozuvchi va hoirlari Gogol, Pushkin, Dostoyevskiy, Saltikov-Shchedrin va Dikkenslar bo‘lgan), teatr va operaga qiziqish uyg'otdi. 1909-yilda gimnaziyani tugatgandan so'ng Bulgakov Kiev universitetining tibbiyot fakultetiga o'qishga kirdi va uni yaxshi baho bilan tugatdi (1916). Keyin u Kiev harbiy gospitalida shifokor lavozimida ishlay boshladi.

Ilk toʻplami „Iblisnoma“da (1925) jamlangan hajviyoti oʻsha davr matbuotida katta shovshuvga sabab boʻladi. „Oq gvardiya“ (1925—1927) tugallanmagan romani mavzuyi asosida „Turbinlar kuni“ pyesasini yozadi (1926-yilda sahnalashtirilgan). „Zoykaning uyi“ (1926-yilda sahnalashtirilgan), „Baxmal orol“ (1928-yilda sahnalashtirilgan) komediyalarida Bulgakov yangi iqtisodiy siyosat tarafdorlarining turmush va ahloqini mazax qiladi. Biqiq teatr muhitidagi urf-odatlar ustidan kuladi. Uning ba'zi asarlari (“Parvoz”, 1922-1926 yillardagi barcha asarlari va boshqalar) Sovet hukumati tomonidan va shaxsan Iosif Stalin tomonidan "muhojirlik va oq generallarni ulug'lash" qarori qabul qilinganidan keyin taqiqlangan. Boshqa tomondan, Stalin "Turbinlar kunlari" ni (shuningdek, "Turbin birodarlar " deb ham ataladi) juda yaxshi ko'rardi va ba’zi manbalarga ko'ra, uni kamida 15 marta ko'rgan. 1913-yilda Bulgakov Tatyana Lappa bilan turmush quradi. Birinchi jahon urushi boshlanganda u Qizil Xochda ko'ngilli shifokor sifatida ishlagan va to'g'ridan-to'g'ri frontga yuborilgan. U yerda kamida ikki marta og'ir yaralangan. Bulgakovning bu jarohatlari unga uzoq vaqt o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazdi. Surunkali og'riqni bostirish uchun u o'ziga morfin yubordi. Keyinchalik uning bu moddaga bo‘lgan ehtiyoji kuchayib bordi. 1918-yilda u morfindan voz kechdi va uni boshqa ishlatmadi. 1926-yilda nashr etilgan "Morfin" kitobi uning o'sha sinovli davr haqidagi hikoyasidir. 1920-yillar oxirida rus adabiy tanqidi Bulgakov ijodini salbiy baholaydi. Uning asarlari nashr etilishdan to‘xtaydi. Pyesalari ham teatr sahnalaridan olib tashlanadi. 1930-yillar boshlaridan Bulgakov teatrda rejissyor yordamchisi boʻlib ishlaydi. Gogolning „Oʻlik jonlar“ (1932) asarini sahnalashtiradi. „Janob de Molyer hayoti“ biografik povestida (1932—33-yillarda yozilib, 1962-yilda nashr etilgan) Bulgakov haqiqiy sanʼat bilan mustabid tuzum bir-biriga zidligini tasvirlaydi. Uming „Ityurak“ asari (1987) asosida kinofilm yaratilgan.

Mixail Bulgakovning «Xosiyatsiz tuxumlar» asari janri fantastika bo‘lib, o‘z ichiga o‘tkir satira, ijtimoiy dramani ham qamrab olgan qiziqarli qissadir. Kashfiyot misoli atomga o‘xshaydi. Undan ezgulik yo‘lida foydalanilsa naf, yovuzlik yo‘lida foydalanilsa xavf keltirishi muqarrar. Hikoya qahramoni professor Vladimit Ipatyevich Persikov to‘satdan «hayot nuri»ni kashf qiladi. Bu ilm-fanning kelgusidagi rivojiga, xususan, embriologiya yo‘nalishida misli ko‘rilmagan natijalar keltirishi, katta o‘zgarishlarga olib borishi mumkin edi.

Sallani so‘rashsa, kallani olib keladigan odamlar kashfiyot nihoyasiga yetib ulgurmasidan, hatto uning mohiyatini anglamasdan mamlakatda yuzaga kelgan muammoga «hayot nuri» orqali yechim topmoqchi bo‘lishdi. Taassufki, «hayot nuri» hayotni yaxshilash o‘rniga, mamlakatni, odamlarning hayotini parokanda qila boshladi... Tarjimonlar: Barno Tojiboyeva, Asomiddin Murodov, Ramazon Boymirzayev

"Xosiyatsiz tuxumlar" dagi professor Persikov ham tasodifan topilgan kashfiyotining oqibatini o'ylamay butun bir shaharning oyoqqa turishiga sabab bo'ladi. U o'zi hali mohiyatiga tushunmasdan kashf qilgan "hayot nuri" ajoyib xususiyatga ega bo'lib, uning ta'sirida paydo bo'lgan jonzodlar tez ko'payar, keyingi avlod oldingisidan, ham hajman katta, ham hayotga kurashuvchan edi. Persikov tomonidan topilgan kashfiyot shoshqoloq odamlarning tinchini buzib qo'yadi va bu esa kasallikdan yo'q bo'lib ketayotgan tovuqlarni ko'paytirishga bo'lgan harakatni paydo bo'lishiga sabab bo'ladi.

  • Aslida odamzoddan sabrsizi, shoshqalog'i dunyoda yo'q, hali mohiyati to'liq oxirigacha o'rganilmagan kashfiyot orqali o'z muommolarini hal qilmoqchi bo'ladi va bu bilan nafaqat o'zining balkim atrofdagilarning ham hayotiga xavf solib qo'yadi. Oxir oqibat olomon tomonidan professor Persikovni o‘ldirilishi bilan asar o‘z nihoyasiga yetadi. Yozuvchi asar orqali nima demoqchi? Yangi kashfiyotlar albatta kerak va ular insonlar manfaatlari uchun ishlashi kerak faqat mohiyati to'liq ochilgandan so'ng. Bo'lmasam bir inson tugul butun boshli shaharlarning barbod bo'lishiga sabab bo'ladi. Ilmiy fantastika ishqibozlaribop asar. Hajman kichik, lekin o'ziga katta ma'noni qamrab olgan asar.

Yüklə 6,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin