Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti biologiya fakulteti biologiya yonalishi



Yüklə 351,29 Kb.
tarix31.12.2021
ölçüsü351,29 Kb.
#49546
Hisobot


MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON

MILLIY UNIVERSITETI

BIOLOGIYA FAKULTETI BIOLOGIYA

YONALISHI

4 – KURS 4 – GURUH TALABASI

NOSIROV KOMILJONNING FARG’ONA VILOYATI

DANG’ARA TUMANIDA JOYLASHGAN

MENDELEYEV XUSUSIY MAKTABIDA

BIOLOGIYA FANIDAN O’TAGAN PEDAGOGIK

AMALIYOTI


HISOBOTI

Toshkent – 2021

Hisobot

Men Nosirov Komiljon o’z pedagogik amaliyotimni Farg’ona viloyati Dang’ara tumani Mendeleyev xususiy maktabda o’tadim. Pedagogik amliyot bizga 6 – sentabrdan boshlandi. 6 – sentabr kuni biz 4 – kurs talabalari zoom orqali yig’ilish o’tkazdik. Bu yeg’ilishni fakultetimiz biokimyo kafedrasi o’qituvchisi Muhammadjonova G olib borishdi. Bu yeg’ilishda amaliyot bizga pandemiya sababli pedagogik amaliyotni o’z viloyatimizda doimiy ravishda yashash manzilimizga yaqin joyda o’tashimiz mumkinligi aytildi. Bundan tashqari yig’ilishda pedagogik amaliyot vaqtida biz qanday hujjatlar tayyorlashimiz kerakligi va qanday ishlar qilishimiz haqida aytib o’tishdi va amaliyotga oid savollar talabalar tomonidan berilib o’qituvchimiz Muhammadjonova G tomonidan aniq javoblar olindi.

Men 7 – sentabrda o’z hududimda joylashgan Mendeleyev xususiy maktabiga 800 da bordim. Bu yerda meni imliy bo’lim mudiri Boytemirova Mavluda opa va biologiya fani o’qituvchilari Raxmonov D va Mirzayev Hlar kutib olishdilar. Ular maktabdagi boshqa maktablardagi qonun-qoidaga o’xshamagan qoidalarni tan
ishtirishdan boshlashdi.
Shuningdek maktabning ichki tartib qoidalari bilan ham tanishdim. O’qituvchilar ham meni pedagogik faoliyatim boshlanganligi bilan tabriklab, omad tilashdi.

9-sentabrdan boshlab men passiv ya’ni kuzatuv amaliyotini boshladim. Men har kuni maktabga 810 da keldim va yo’qlama o’tgach, dars o’tish texnikasi va metodikasini o’rganish uchun maktab o’qituvchilarini darslariga kuzatishga kirdim. Dastlabki bir hafta davomida Raxmonov D va Mirzayev h larni darslarini kuzatdim. Ulardan juda ko’p yaxshi tomonlarni o’rgandim. Masalan ular o’quvchilarga do’stona muomala qilib darsni ko’tarinki kayfiyatda o’tishar ekan. O’qituvcjilardan shu va boshqa ijobiy tomonlarini o’zimga o’zlashtirishga harakat qildim. Passiv amaliyot menga dars o’tish uchun tajriba to’plashga yordam berdi. Shuningdek men passiv amaliyot davomida taqvimiy dars rejasi, guruh murabbiylik ishlari bilan tanishdim.

13-sentabrdan men aktiv amaliyotni boshladim va men dars o’ta boshladim. Meni sinfga biriktirshdi. Men maktabdagi amaliyot rahbarim Raxmonov doston aka tomonidan 5”A”, 6”A”, 9”A” sinflariga biriktirildim va men 14-sentabr kuni men manashu sinflar bilan darslarimni olib bordim. Birinchi kundanoq o’quvchilar meni yaxshi kutib olishdi. O’quvchilarim bilan yaxshi chiqishib oldim. Bundan tashqari men 7 va 8-sinflarga darsga kirdim.

Aktiv amliyotni boshqa kunlari bu maktabda boshqa amaliyotchi talabalar yo’qligi sababli ustozlar Raxmonov D va Mirzayev Hlarga yordamchilik qilib darslarda qatnashdim.






Men aktiv amaliyot davrida murabbiylik soati va ochiq darslar otdim. Murabbiylik soatlarida har hafta davomida turli mavzularda o’quvchilar bilan davra suhbati o’tkazdim.





Men shu ikki oy mobaynida menga yo’l-yoriq korsatgan ustozlar va albatta men dars bergan barcha o’quvchilarim va Mendeleyev xususiy maktabi men uchun juda qadrdon bo’lib qoldi. Shuni takidlashim joizki pedagogik amaliyot davrida o’qituvchilik kasbi naqadar mashaqqatli, murakkab, ma’suliyatli va sharafli kasb ekanligiga yana bir karra iqror bo’ldim. Shuning uchun bizga dars bergan ustozlarimga o’z minnatdorchiligimni bildiraman.



Amaliyotchi: Nosirov K.

Amaliyot rahbari: Hasanov F.
Yüklə 351,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin