Mirzaaxmedov murodjonning


Console konfiguratsiyasini sozlash



Yüklə 76,01 Kb.
səhifə3/4
tarix25.12.2023
ölçüsü76,01 Kb.
#197008
1   2   3   4
TARMOQ XAVFSIZLIGI LABAROATORIYA-1

Console konfiguratsiyasini sozlash
Konsol port orqali kirishni ham chegaralash kerak. Dastlabki xolatdagi konfiguratsiyaga asosan barcha konsolli ulanishlar parolsiz sozlangan bo‘lishi kerak. Konsol xabarlarini uzluksizligini ta’minlash uchun logging synchronous buyrug‘i kiritiladi.
S1(config)# line console 0
S1(config-line)# password cisco
S1(config-line)# login
S1(config-line)# logging synchronous
S1(config-line)# exit
S1(config)#

Telnet konfiguratsiyasini sozlash
Kommutator telnet orqali kirishga ruxsat berishi uchun, ya’ni uzoqdan boshqarish uchun virtual bog‘lanish kanali (vty) ni sozlash kerak. Agar vty paroli qo‘yilmasa telnet orqali qurilmaga kirib bo‘lmaydi.
S1(config)# line vty 0 15
S1(config-line)# password cisco
S1(config-line)# login
S1(config-line)# end

SSH konfiguratsiyasini sozlash
SSH protokolini sozlashdan oldin kommutatorda tugunning maxsus nomini va tarmoq ulanishining mos keluvchi ko`rsatkichlarini ko‘rsatish lozim.
1 – qadam. SSH protokolini borligini tekshirish
SSH protokoli borligini bilish uchun show ip ssh buyrug‘i beriladi. Agar kommutatorda kriptografik funksiyani qo‘llab quvvatlovchi IOS bo‘lmasa, bu buyruq ishlamaydi.
2 – qadam. IP domenni sozlash
Tarmoqning IP domenini global konfiguratsiya rejimida ip domain-name domen nomi yordamida ko‘rsating. Rasmda domen nomi cisco.com qilib olingan.

IOS ning hamma versiyalarida ham SSH ning 2 versiyasi ishlatilmaydi. SSH ning 1 versiyasida ma’lum zaifliklar mavjud. SSH ni sozlash uchun global konfiguratsiya rejimida ip ssh version 2 buyrug‘i beriladi. Juft RSA kalitlari yaratilganda SSH protokoli avtomatik ishga tushadi. Kommutatorda SSH serverini ishlatish va juft RSA kalitlarini generatsiya qilish uchun global konfiguratsiya rejimida crypto key generate rsa buyrug‘i kiritiladi. RSA kalitlarini yaratishda administratordan modulni uzunligini kiritish talab etiladi. Modulning uzunligi 1024 bit bo‘lishi tavsiya etiladi. Uzun modul ishlatilsa xavfsiz bo‘ladi, lekin uni yaratishda va ishlatishda ko‘p vaqt ketadi.
4 – qadam. Foydalanuvchining autentifikatsiyasini sozlash
SSH-server foydalanuvchilarni lokal yoki autentifikatsiya serveri yordamida himoyalashi mumkin. Autentifikatsiyaning lokal usulini ishlatish uchun global konfiguratsiya rejimida username foydalanuvchi nomi secret password buyrug‘i beriladi. Foydalanuvchi uchun admin parol uchun ccna olindi.
5 – qadam. VTY kanalini sozlash

Yüklə 76,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin