20
bozorlarga
ega MDH mamlakatlari, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Janubiy
hamda Janubi-sharqiy Osiyo,
Yaqin Sharq davlatlariga chiqish imkoniga ega
bo‘lmoqda. Xalqaro investitsiya huquqining asosiy qoidalari, jumladan, xorijiy
investorlar huquqlarini kafolatlash, investorlarga muayyan referensiyalar taqdim
etish to‘g‘risidagi qoidalar va boshqalarni o‘zida mujassam etgan. O‘zbekiston
Respublikasining investitsiya qonunchiligi MDH mamlakatlari qonunchilik
tizimida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi xorijiy investitsiyalar jalb etilishini
rag‘batlantirish, shuningdek, xorijiy investorlar bilan ishlashdagi turli byurokratik
g‘ovlar va to‘siqlarni bartaraf etish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi
korxonalar faoliyatiga davlat va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy
aralashuvlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida 2012-yilning 10-aprelida birinchi
Prezidentimiz Islom Karimovning ―To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb
etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida‖gi farmoni
qabul qilindi.Mamlakatimizda samarali qonunchilik bazasi yaratilgani tufayli
iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 4,2
mingdan ziyod korxona tashkil etilib, muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda,
2016 yil tog’-kon sanoatining ulushi jami xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy
faoliyat turlari bo’yicha 31,1 foizini tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2017 yilda
56,8 foizini tashkil etdi. Ammo ishlab chiqarish sanoati esa kapayish tendensiyasiga
ega bo’lib, 2016 yilda 27,4 foizni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2017 yilda
14,8 foizni tashkil etdi. Bundan tashqari qishloq xo’jaligini rivojlantirishga
qaratilgan hukumatning sa’y-harakatlariga qaramasdan qishloq xo’jaligiga
yo’naltirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi tarmoq ehtiyojiga nisbatan past darajada
saqlanib turibdi.
2017 yilda asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlarni xorijiy investorlar
bo’yicha tarkibi Rossiya Federatsiyasi yetakchilik qilmoqda. Bu mamlakat
investitsiyalari ishtirokida tabiiy gaz qazib chiqarishda – 9016,3 mlrd. so’m, axborot
va aloqa – 467,4 mlrd. so’m, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab
chiqarishda – 10,5 mlrd. so’m, metallurgiya sanoatida – 10,4 mlrd. so’m va boshqa
21
ko’plab faoliyat turlari bo’yicha investitsiyalar o’zlashtirildi. Xitoy Xalq
Respublikasi investitsiyalari ishtirokida rezina va plastmassa mahsulotlari ishlab
chiqarishda – 458,8 mlrd. so’m, tabiiy gaz chiqarish – 451,5 mlrd. so’m, aloqa –
544,0 mlrd. so’m, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish – 149,7
mlrd. so’m va boshqa o’nlab faoliyat turlari bo’yicha o’zlashtirildi. Yaponiya davlati
investitsiyalari hisobidan o’zlashtirilgan investitsiyalar loyihalari quyidagilardan
iborat: quruqlikdagi va quvur transportida – 445,3 mlrd. so’m, elektr, gaz, va bug’
bilan ta’minlash, havoni konditsiyalashda – 387,9 mlrd. so’m, kimyo mahsulotlari
ishlab chiqarishda – 209,5 mlrd. so’m hamda aloqa faoliyat turida – 90,0 mlrd. so’m.
Dostları ilə paylaş: