Министрество высшего и среднего образования республики узбекистана


MATERIALLAR QARSHILIGI fani bo‘yicha



Yüklə 290,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix25.12.2023
ölçüsü290,69 Kb.
#194611
1   2   3   4   5   6   7   8
siroj3333

MATERIALLAR QARSHILIGI fani bo‘yicha: 
Asosiy gipotezalari. Tashqi va ichki kuchlar. Kuchlanish va deformatsiyalar. 
Inshoot qismlariga qo‘yiladigan tashqi kuchlar ta’sirining asosiy ko‘rinishlari va 
ular ta’siridan hosil bo‘ladigan deformatsiyalar. 
Prizmatik sterjenlarning cho‘zilishi va siqilishi. Bo‘ylama kuchlar. 
CHo‘ziluvchi (siqiluvchi) sterjen ko‘ndalang kesimidagi kuchlanishni hisoblash 
tenglamasi. CHo‘ziluvchi (siqiluvchi) prizmatik sterjenning bo‘ylama va 
ko‘ndalang deformatsiyalari. Guk qonuni. 
Statik aniqmas masalalar. Ayrim qismlarning aniq tayyorlanmasligi 
natijasida konstruksiya elementlarida hosil bo‘ladigan zo‘riqishlar. Temperatura 
o‘zgarishidan hosil bo‘ladigan kuchlanishlar. 
Kuchlanishlar tahlili. Qiya kesimlardagi kuchlanishlar. Tekis kuchlanish 
holati, Mor usuli. Bosh yuzalar va bosh kuchlanishlar. Fazoviy kuchlanish holati. 
CHo‘zilishdagi va siqilishdagi sterjenlarning ko‘ndalang deformatsiyasi, Puasson 
koeffitsienti. Umumiy Guk qonuni. 
Sof siljish. Sof siljish uchun Guk qonuni. Siljishga qarshilik ko‘rsatuvchi 
prizmatik sterjenlar uchun ruxsat etilgan kuchlanish. 
Buralish. Doiraviy kesimli sterjenning buralishi. Qutb inersiya momenti va 
qarshilik momenti. Buralishdagi deformatsiya. Burovchi momentlar. Buralishdagi 
kuchlanishlar. Buralish deformatsiyasining potensial energiyasi. Mustahkamlik 
nazariyasi. Klassik nazariyalar. Murakkab kuchlanish holatidagi jismlarning 
mustahkamligini turli mustahkamlik nazariyalari asosida tekshirish. Energetik 
nazariya. 
Egilish. Ko‘ndalang egilish. Tayanchlar va ularning reaksiyalari. Eguvchi 
moment va kesib o‘tuvchi kuch. Epyuralarni analitik ravishda qurish. Eguvchi 
moment, kesib o‘tuvchi kuch va yoyilgan kuch intensivligi orasidagi differensial 
munosabatlar. 
Egilishdagi 
kuchlanishlarni 
hisoblash. 
Sof 
egilish. 
Egilish 
nazariyasiga oid gipotezalar. Sof egilishdagi normal kuchlanishlar. Balka 
kesimlarining ratsional shakllari va ular uchun tangensional kuchlanishlar. 
Balkalarning egilishdagi deformatsiyalari. Balkalarning salqiligini va 
ko‘ndalang kesimlarning aylanishi. Taqribiy nazariyaning qo‘llanish chegarasi. 
Egilgan 
o‘qning 
differensial 
tenglamasini 
integrallash. 
Balkalarning 
mustahkamligini tangensial kuchlanishlarga nisbatan tekshirish. Balkaning 
mustahkamligini bosh kuchlanishlar asosida tekshirish. Statik aniqmas balkalar 
hisobi. 
Ortiqcha bog‘lanishlar. Ortiqcha noma’lumlarni aniqlash. Uch tayanchda 
yotuvchi balkalar. Uch moment teoremasi. 
Konstruksiya elementlarining ustuvorligi. Ustuvor va ustuvor bo‘lmagan 



muvozanatlar. Kritik kuch. Eyler formulasi va uning tatbiq etish chegarasi. 
Siqilgan sterjenlarning ustuvor muvozanatini tekshirish. 
Materiallar qarshiligining umumiy teoremalari. Deformatsiyaning potensial 
energiyasi. Kastilyano teoremasi va uning tatbiqi. Maksvell- Betti teoremasi. 
Ko‘chishlarni aniqlashda Mor usuli. Vereshagin qoidasi. 
Egri sterjenlar hisobi. Egri sterjen kesimida hosil bo‘ladigan kuchlanishlar. 
Egri sterjen ko‘ndalang kesimi neytral o‘qining holatini aniqlash. Egri 
sterjenlarning deformatsiyasi. Ikki sharnirli balkalar hisobi. 
Murakkab qarshilik. Qiyshiq egilish. CHo‘zilish (siqilish) bilan egilishning 
birga ta’siri. Buralish bilan egilishning birgalikdagi ta’siri. 
Dinamik yuklarning ta’siri. Inersiya kuchlari ta’siridagi inshoot va mashina 
qismlarining hisobi. Dinamik yuklar ta’siridan hosil bo‘ladigan tebranma 
harakatlar. Zarbli kuchlar ta’siridan hosil bo‘ladigan kuchlanishlar. 
YUpqa devorli idishlar va qalin devorli trubalar hisobi. Ichki bosim 
ta’siridagi yupqa devorli idishlar. Ichki va tashqi simmetrik bosim ta’siridagi qalin 
devorli trubalar hisobi. 

Yüklə 290,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin