Министрество высшего и среднего образования республики узбекистана



Yüklə 290,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix25.12.2023
ölçüsü290,69 Kb.
#194611
1   2   3   4   5   6   7   8
siroj3333

NAZARIY MEXANIKA fani bo‘yicha: 
Statika:
asosiy 
tushunchalar; 
moddiy nuqta; qattiq 
jism; kuch 
tushunchasi; statika aksiomalari; bir nuqtada kesishuvchi kuchlar sistemasi; bir 
nuqtada kesishuvchi kuchlar sistemasining muvozanati; uch kuch teoremasi. 
Kuchning nuqtaga nisbatan momenti; kuchning o‘qqa nisbatan momenti; 
kuchning o‘qqa nisbatan momenti bilan shu o‘qdagi nuqtaga nisbatan momenti 
orasidagi munosabat; juft kuch; juft kuch momenti; juft kuchni ta’sir 
tekisligida bir holatdan ikkinchi holatga ko‘chirish haqidagi teorema; juft kuchni 
ta’sir tekisligidan boshqa parallel tekislikka ko‘chirish haqidagi teorema; bir 
tekislikda yotuvchi juft kuchlarni qo‘shish. 
Fazoda ixtiyoriy joylashgan juft kuchlarni qo‘shish; kuchni o‘ziga parallel 



ravishda ko‘chirishga oid teorema; fazoda ihtiyoriy joylashgan kuchlarni bir 
nuqtaga keltirish; keltirish invariantlari; fazoviy kuchlar sistemasining muvozanati; 
Varinon teoremasi; fazoviy kuchlar sistemasining muvozanat shartlari. 
Sirpanishdagi ishqalanish. Kulon qonuni. Ishqalanish burchagi; ishqalanish 
konusi. Dumalashdagi ishqalanish. 
O‘zaro parallel qarama-qarshi yo‘nalgan kuchlarning teng ta’sir etuvchisi; 
parallel kuchlar markazi; og‘irlik markazi. Fermalar hisobi. 
Kinematika: 
nuqta kinematikasi; nuqta harakatining berilish usullari; nuqta 
traektoriyasi; nuqtaning tezligi, tezlanishi; tezlanishning tabiiy uch yoqlik 
o‘qlaridagi ifodasi; nuqtaning egri chiziqli koordinatalardagi tezlik, tezlanishi. 
Qattiq jism kinematikasi; qattiq jismning ilgarilanma va aylanma harakati; 
burchak tezligi va burchak tezlanishi; qattiq jism nuqtalarining tezlik va 
tezlanishlari. 
Qattiq jismning tekis parallel harakati; tekis shakl nuqtalarning tezligi
tezliklarning oniy markazi; tekis shakl nuqtalarning tezlanishi; tezlanishlarning 
oniy markazi; tezlanishlarning oniy markazini topish usuli. Sentoidalar. 
Qattiq jismni qo‘zg‘almas nuqta atrofidagi harakati; Eyler-Dalamber 
teoremasi: Aksoidalar: jism nuqtalarining tezlik va tezlanishlari: Eyler va Krыlov 
buchaklari. Burchak tezlik vektorini qo‘zg‘alvchan va qo‘zg‘almas koordinata 
sistemalaridagi proeksiyalari (Eylerni kinematik tenglamalari). 
Qattiq jismni erkin harakati: SHal teoremasi: Jism nuqtalarining tezlik va 
tezlanishi. Qattiq jismning murakkab harakati; sirpanuvchan vektorlar sistemasini 
bir markazga keltirish va keltirish invariantlari; Oniy vint harakati. Vint parametri. 
Nuqtaning murakkab harakati; asosiy va qo‘zg‘aluvchi sanoq sistemalari; 
nisbiy, ko‘chirma va murakkab harakatlar; tezliklarni qo‘shish; Koriolis teoremasi; 
Koriolis tezlanish. 
Dinamika: 
asosiy ta’riflar; massa; kuch; inersial sanoq sistemasi; 
mexanikaning asosiy qonunlari; dinamikaning ikki asosiy masalasi; bog‘lanishlar 
va ularning klassifikatsiyasi; erkinlik darajasi soni; bog‘lanishlar reaksiyasi; 
bog‘lanishlardan ozod qilish aksiomasi; erkin va bog‘lanishlar ostidagi moddiy 
nuqta harakat differensial tenglamalari. Moddiy nuqtaning erkin, so‘nuvchi va 
majburiy tebranma harakati; rezonans. Moddiy nuqta uchun asosiy teoremalar. 
Markaziy kuch ta’siridagi nuqta harakat differensial tenglamalari; Bine 
formulasi; Kepler qonunlari; planetalar harakati; chegaralangan ikki jism 
masalasining integrallari; Nyuton masalasi. 
Nuqtaning nisbiy harakati; nisbiy harakat differensial 
tenglamalari; nisbiy muvozanat; er sirtiga yaqin joyda nisbiy muvozanat; 
Mexanik sistema. Asosiy tushunchalar. Massalar markazi, sistema massasi
ichki va tashqi kuchlar. 
Qattiq jismning inersiya momentlari (o‘qqa nisbatan va aralash); inersiya 
tenzori; Gyuygens teoremasi; inersiya ellipsoidi; inersiya bosh o‘qlari; jismning 
bosh inersiya momentlari. 
Sistemaning harakat miqdori; sistemaning kinetik momenti; o‘q atrofida 
aylanuvchi jism uchun o‘qqa nisbatan kinetik moment; qo‘zg‘almas nuqta atrofida 
harakat qiluvchi jism uchun kinetik moment. Sistema kinetik energiyasi; Kyonig 
teoremasi; qattiq jismning kinetik energiyasi; qo‘zg‘almas nuqta atrofida harakat 



qiluvchi jism uchun kinetik energiya; kuchning elementar bajargan ishi; kuchni 
chekli ko‘chishdagi bajargan ishi; potensial kuch maydoni; potensial energiya. 
Mexanik sistemaning harakat differensial tenglamalari; mexanik sistema 
massalar markazining harakati haqidagi teorema, mexanik sistema harakat 
miqdorining o‘zgarishi haqidagi teorema. 
Sistema kinetik momentining o‘zgarishi haqidagi teorema; yuzalar qonuni. 
Massa markaziga va ixtiyoriy nuqtaga nisbatan kinetik momentni o‘zgarishi 
xaqidagi teorema. 
Mexanik sistema kinetik energiyasining o‘zgarishi haqidagi teorema; 
energiya integrali. 
O‘zgaruvchan massali nuqtaning harakat differensial tenglamalari; 
Meshcherskiy tenglamasi. 
Qo‘zg‘almas o‘q atrofida aylanuvchi jism harakat differensial tenglamalari; 
aylanayotgan jismning aylanish o‘qiga bosimi; dinamik reaksiyalarni statik 
reaksiyalarga teng bo‘lish shartlari; qattiq jismning tekis parallel harakati 
tenglamalari. 
Analitik statika: 
haqiqiy va virtual ko‘chishlar; bog‘lanishlarni koordinatalar 
variatsiyasiga qo‘yadigan shartlari; ideal bog‘lanishlar; sistema uchun mumkin 
bo‘lgan ko‘chish prinsipi; umumlashgan koordinatalarda mumkin bo‘lgan ko‘chish 
prinsipi; qattiq jism muvozanati; noideal bog‘lanishlar; noideal bog‘lanishli 
sistemalarda reaksiya kuchlari va ularning asosiy xossalari. 
Mexanik sistemaning harakat tenglamalari
: dinamikaning umumiy 
tenglamasi (Dalamber-Lagranj); Lagranjning 1-tur tenglamalari; Lagranjning 2-tur 
tenglamalari (golonom sistemaning umumlashgan koordinatalardagi harakat 
differensial tenglamalari); kinetik energiyaning strukturasi; Lagranj funksiyasi; 
umumlashgan energiya integrali; dinamik sistemalar; siklik koordinatalar; 
Giroskopning elementar nazariyasi; giroskopning asosiy xossalari; 
giroskopik moment; girointegrator; Jukovskiy qoidasi. 
Zarbali kuchlar. Zarbali kuchni nuqtaga ta’siri. Zarba nazariyasining 
umumiy tenglamasi. Elastik va noelastik zarba. Zarbada kinetik energiyaning 
o‘zgarishi haqidagi teorema. Karno teoremasi. Qo‘zg‘almas o‘q atrofida 
aylanayotgan jismga zarba ta’siri. Zarba markazi. Ikki jismni to‘g‘ri markaziy 
zarbasi va markaziy bo‘lmagan zarbasi. 

Yüklə 290,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin