Tehnika- bu musobaqa qoidalarida ruxsat etiladigan usullar, qarshi usullar va himoyalanishlar yig’indisidir.
Taktika- bu musobaqalarda eng yaxshi natijaga erishish uchun yuzaga kelgan muayyan sharoitlarda texnik, jismoniy va irodaviy imkoniyatlardan maksadga muvofiq holda foydalanishdir.
Kuch-du Insonning muskul kuchanishlari yordamida tashqi qarshilikni engish yoki unga qarshi turish qobilyatidir.
Tezkorlik- bu uning mumkin qadar qisqa vaqt ichida ayrim harakatlar va usullarni bajarish qobiliyatidir.
Egiluvchanlik- bu kurashchining katta am’litudada harakatlarni amalga oshirish qobiliyatidir.
Chaqqonlik-bu harakatlarni nazorat qila olish, bellashuvda to’satdan o’zgarib turadigan vaziyatda tez hamda aniq yo’l tutish va tegishli harakatlarni oqilona bajarish qobiliyatidir.
Chidamlilik - bu butun bellashuv davomida harakatlarni yuqori sur’atda bajarish va butun musobaqa davrida bir nechta bellashuvlarni shiddat bilan o’tkazish qobi liyatidir.
Usullar - bu maqsadga yo’naltirilgan hujum harakatlari bo’lib, ular yordamida kurashchi raqibidan ustunlikka erishishdir.
Qarshi usullar - bu raqib hujumiga javob tariqasida bajariladigan maqsadli harakatlar bo’lib, ular yordamida kurashchi raqibi ustidan ustunlikka erishadi.
Himoyalanishlar - bu raqibning usullarni (qarshi usullarni) bajarishiga to’sqinlik qiluvchi maqsadli harakatlardir.
Tik turish- bu kurashchining holati bo’lib, unda u oyoqlarda tik turadi. O’ng, cha’ va yal’i tik turishlar ajratiladi. Ularning har biri, o’z navbatida, baland, o’rta va ‘ast bo’lishi mumkin. Tik turishda kurashish yaqin, o’rta va uzoq masofalarda olib borilishi mumkin.
Parter- bu kurashchining dastlabki holati bo’lib, u tizzalarida turadi. Bunda tekis yozilgan qo’llarning kaftlari bilan gilamga tayanib turiladi, qo’llar tizzalardan 20-25 sm. uzoqlikda joylashadi.
Ko’prik - bu kurashchining quyidagi holati bo’lib, ya’ni bunda u, orqaga egilib, oyoq kaftlari (ular taxminan elka kengligida yozilgan) va bosh (istagan qismi) bilan gilamga tayanadi