Milliy kurash turlari va uni o’qitish metodikasi” moduli bo’yicha o‘quv-uslubiy majmua farg ‘ona 2023


Egiluvchanlik va uni rivojlantirish uslublari



Yüklə 96,17 Mb.
səhifə54/167
tarix30.09.2023
ölçüsü96,17 Mb.
#151316
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   167
КУРАШ МАЖМУА ЯНГИ КРИЛ 2020 йил

5. Egiluvchanlik va uni rivojlantirish uslublari


Egiluvchanlik - bu kurashchining katta amplitudada harakatlarni amalga oshirish qobiliyatidir. Egiluvchanlik bo’g’imlardagi harakatchanlik bilan aniqlanadi. U, o’z navbatida, bir qator omillarga bog’liq: bo’g’im sumkalarining tuzilishi, paylar, mushaklar cho’ziluvchanligi va ularning cho’zilish qobiliyati. Bir nechta egiluvchanlik turlari mavjud.
Faol egiluvchanlik - bu shaxsiy mushak kuchlanishlari hisobiga harakatlarni katta amplitudada bajarish qobiliyatidir.
Sust egiluvchanlik - bu tashqi kuchlar: og’irliklar, raqib harakatlari hisobiga harakatlarni katta amplitudada bajarish qobiliyatidir. Sust egiluvchanlik hajmi faol egiluvchanlikning tegishli ko’rsatkichlaridan yuqori.
Dinamik egiluvchanlik - dinamik xususiyatlarga ega mashqlarda namoyon bo’ladigan egiluvchanlikdir.
Statik egiluvchanlik - statik egiluvchanlikka ega mashqlarda namoyon bo’ladigan egiluvchanlikdir.
Umumiy egiluvchanlik - turli yo’nalishlarda eng yirik bo’g’imlarda katta amplituda bilan harakatlarni bajarish qobiliyatidir.
Maxsus egiluvchanlik - kurashchining texnik-taktik xususiyatlarga tegishli bo’g’imlar va yo’nalishlarda harakatlarni katta amplituda bilan bajarish qobiliyatidir. Cho’ziltiruvchi mashqlar: oddiy, prujinali harakatlar, o’zini ushlagan holda siltanishli, tashqi yordam bilan bajariladigan harakatlar egiluvchanlikni rivojlantirishning asosiy vositalari hisoblanadi.
Bunday mashqlar bilan shug’ullanish paytida bir qator uslubiy shartlarni bajarish lozim:
1) mashqlarni boshlashdan oldin albatta badan qizdirish mashqlarini kiritish;
2) muayyan maqsadlarni oldinga qo’yish, masalan, gavda yoki buyumning mahlum bir nuqtasiga qo’lni tekkazish;
3) cho’ziltirish mashqlarini mahlum bir ketma-ketlikda seriyalab bajarish: qo’llar uchun, gavda uchun, oyoqlar uchun;
4) cho’ziltirish mashqlari seriyalari orasida bo’shashtirish mashqlarini bajarish;
5) mashqlarni bajarish paytida asta-sekin ularning amplitudasini oshirish;
6) mashqlarni bajarishda shuni hisobga olish lozimki, harakatchanlikni rivojlantirishning eng asosiy uslubi - bu takrorlash uslubi hisoblanadi.
Bir-ikki oyda har kuni ikki marta shug’ullanuvchilarning alohida qobiliyatlariga qarab 25-50 takrorlashdan iborat mehyordagi cho’ziltirishga qaratilgan mashqlardan tashkil topgan mashg’ulotlar davomida egiluvchanlik ancha o’sishi mumkin.



Yüklə 96,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin