Milliy istiqlol va o‘zbek adabiyoti Reja



Yüklə 36,13 Kb.
tarix28.03.2023
ölçüsü36,13 Kb.
#90672
Milliy istiqlol va o‘zbek adabiyoti Reja


Milliy istiqlol va o‘zbek adabiyoti
Reja:

  1. Davriy chegara masalasi.

  2. Yangilanish tamoyillari va o‘ziga xosliklari.

  3. Bu davr adabiyotidagi oqsashlar.

Adabiyotlar:


1.Адабиётдаги йўл харитамиз // Жаҳон адабиёти, 2018, №1. – Б.5-32 (давра суҳбати).
2. “Муаллиф ўлими”га сиз ҳам овоз берасизми? // Шарқ юлдузи, 2014, №1-6.
3. Янги авлод овози // Шарқ юлдузи, 2013, №1-6.
4. Назарова Ш. Йўл қаердан ўтади // Жаҳон адабиёти 2017.11. – Б.197-201.
5. Норматов У. Ижод сеҳри. Т.: Шарк, 2007.
6. Rasulova U. Hozirgi adabiy jarayon. – Т.: Mumtoz so’z, 2014.
7. Шарафиддинов О. Ижодни англаш бахти. - Т.: Шарк, 2004.


Milliy istiqlol g‘oyasi qachon tug‘ilgan bo‘lsa, o‘shandan boshlanadi.
* ma'naviyatga e'tibor kuchaydi;
* ma'naviyat, milliy mafkurani teran tasvirlash orqali jahon minbaridagi mavqei ortib bordi;
* allomalar adabiy tiplarga aylana boshladi;
* globalizm, baynalminallik va milliylik aks eta boshladi;
* germenevtika (talqin va baholash) – erkin, milliylik me’zonlari bilan yondashuv; retseptiv estetika – qabul qilishning yangilanishi;
* diniy va badiiy adabiyot yaqinlashuvi, imiy va badiiy adabiyot yaqinlashuvi;
* adabiy matnga yaqinlashish va uni tadqiqot obyektiga aylantirish;
* ijod laboratoriyasini o‘rganish;
* adabiy tanqidning millatparvarlik, xolislikka in­­ti­lishi;
* badiiy asarga biografik, ijodiy-genetik, ontologik, tarixiy-funk­sional yondashuv yoxud maqsadli tahlil qilish tamoyili kuchaydi; struktural, semiotik, uslibiy, intonasion tekshirish (mikroanaliz);
* tasavvufiy ruhdagi she’riyat yuzaga keldi (A.Qutbiddin, H.Ahmedova) diniy motivlardan keng foydalanish boshlandi. Abdulla Oripov «Haj daftari» va «Hikmat sadolari» turkumi bilan XX asr o’zbek she'riyatiga diniy-ma'rifiy g‘oyalarni birinchi bo’lib olib kirdi. U Rabg‘uziyning «Qissai Rabguziy» asari va Ismoil Buxoriyning «Hadis»larini o’rganish, «Qur'oni Karim»ni o’qish asosida ularda bayon qilingan diniy-ma'rifiyg‘oyalar butungi yosh avlodni yuksak insoniy madaniyat, imon va e'tiqod ruhida tarbiyalash mumkinligini zukkolik bilan sezdi.
A.Qutbiddin. “Hofizga”
Sohibdilim – diloro,
Ayyit, to‘xtasin karvon.
Nay puflagan quyunning
Enasimi biyobon.

Sohibdilim – diloro,


Qayda u chashma giryon.
Jilg‘a bo‘lgan ko‘nglimni
Quritib bo‘ldi mijgon.

Sohibdilim – diloro,


Ko‘zim mening qulfmidur?
Ochib nigohim chiqsa,
CHopgan qilich zulfmidur.

Sohibdilim – diloro,


Qaqnus gulhani qani,
Bor bo‘lsa yuzga surtay,
O‘tini yo kulini.

Sohibdilim – diloro,


Ko‘p riyozat chekdim-ku,
O‘zim ketdim, yo‘lingga
Toqatimni ekdim-ku.

Sohibdilim – diloro,


Vasling sarobmi, ro‘yo,
Hofiz emasman, ishqda
Abduvaliman go‘yo...
Sohibdilim – diloro!

* simfolik tafakkur rivojlana bordi


Mustaqillik yillarida qaysi ajdodlarimiz haqida badiiy asarlar yaratildi?
Biz Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Oydin Hojieva, Halima Xudoyberdieva, Jamol Kamol, Muhammad Yusuf, Xurshid Davron, Azim Suyun, Iqbol Mirzo kabi shoirlarning she'rlarida kitobxonni yangi tarixiy voqelikni his qilishga, yangilanish va poklanishga chorlovchi g‘oyalarni ko’ramiz.
* o‘zbek va jahon adabiyoti o‘rtasida masofa ayni paytda qisqara boshladi; Xeminguey, Markes, Kafka, Kamyu, Joys, Kortasar ta’siri yaqqol ko‘zga tashlana bordi.
* adabiy did masalasi o‘rtaga chiqdi;
* tarjima amaliyoti davom etdi;
Oqsashlar: har bir band bo‘yicha mulohaza bildiriladi.
Yurtimizda istiqlolning birinchi kunidan ma'naviyatga e'tibor kuchaydi. Ma'naviyat insonning o’y-xayoli, tuyg‘u-kechinmasi, e'tiqodi, samimiyati, ongidagi o’zgarishni aks ettiradi. Badiiy adabiyot,san'at turlari ma'naviyat, milliy mafkurani qanchalik teran tasvirlasa, uning jahon minbaridagi mavqei ortib boradi. “Adabiyotga e'tibor- ma'naviyatga, kelajakka e'tibor” asarida ijodkor shaxsi,uning millat oldidagi burchi masalasiga alohida to’xtaladilar.Asarda ilgari surilgan g‘oyalar mohiyati tushuntiriladi.Istiqlol davrida ulug‘langan,asarlari qayta nashr etilgan allomalar borasida ma'lumot berilib, mutaxassis yangi izlanishlaridan voqif etiladi. Hozirgi adabiy jarayondagi yangiliklar,amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirish bilimni chuqurlashtirish va kengaytirishda muhim sanaladi.
Xalqimiz tarixi buyuk ma'naviyat ummoni. Bugungi kunda ijodkorlarimiz milliy istiqlol mafkurasining ma'naviy poydevorini mustahkamlashda munosib hissasini qo’shmoqda. Avvalo madaniy merosni tiklash, asrashga e'tibor berilishi olimlarni ruhlantirib,qisqa vaqt mobaynida salmoqli ishlarni amalga oshirishga sabab bo’ldi. Tarixiy obidalarni ta'mirlash,qayta qurish ishlari amalga oshirildi. Buyuk allomalar tavallud sanasini nishonlashda xalqaro anjumanlar tashkil etish(Alisher Navoiy, Mirzo Bobur),mutafakkirlar ilmiy hamda badiiy merosidan xalqni bahramand etishga muvaffaq bo’lindi.Shahidlar nomini oqlash,ular ijodini qaytadan xolis baholash, qodiriyshunoslik, cho’lponshunoslik, fitratshunoslik kabi ilmiy maktablar faoliyatini yuksaltirishga e'tibor berildi.Yozuvchilar uyushmasi tomonidan olib borilayotgan xayrli ishlar,”Ozod Vatan saodati” rukni ostida salmoqli manba ,uning tarkibi, tuzilishi eslatiladi. Adabiy nashrlar mundarijasi, istiqlol davrida yangi ta'sis etilgan gazeta,jurnallar borasida fikr yuritiladi.
Adabiy jarayon ayni vaqtdagi adabiyot sohasida kechayotgan holatlar mohiyatini teran anglashdan iborat.Adabiy jarayon vulqoniy lavalar misoli. Olovlanib turgan lava magmalarini o’rganish asosiy gap hisoblanadi. Jarayonning o’rganish mohiyati nima? Adabiy jarayon qimmati yangi, kashfiyot asarlar yaratilgani bilan belgilanadi. XXI asr boshlaridagi jarayon mohiyati qanday? Globalizm va adabiyot baynalminallik va milliylik fanda aks etayapti. Mazkur masalalar adabiy jarayonda atroflicha o’rganiladi.
O’zbekiston Mustaqilligi tufayli qo’lga kiritilgan haq-huquqlar, imkoniyatlar haqida ko’plab asarlar yozilyapti, bebaho fikrlar bildirilyapti. Mustaqillikning yillarida erishilgan yutuqlar sarhisob qilinmoqda. Ijti­mo­iy fanlar, xususan, adabiyotshunoslik va tanqid­chilik soha­si­da qadriyatlarni, ma'naviy-adabiy boylik­lar­ni, falsafiy, ta­rixiy, nafosatshunoslik asarlarini o’rga­nish, izchil tah­lil, talqin qilish, baholash imkoniyati paydo bo’ldi. hech qan­day tuzum talqin, tahlilni inkor etmaydi. Lekin aksari­yat ijtimoiy-siyosiy-mafku­raviy munosa­bat­lar xolis, teran tal­qinga imkon ber­maydi.
Musta­qil O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy, ada­biy-ma'­naviy vaziyat o’tmishni haqqoniy o’rganish; muqad­das, o’lmas asar­larni xolis, ishonarli, ilmiy talqin etish imkonini berdi. Qur'oni Karimning bir necha izohli tarjimasi, Jaloliddin Rumiy «Masnaviy»sining sharhli tarjimasi, olamga taniqli mumtoz olimlarimiz, adiblari­miz asarla­ri­ning izoh-sharhlar bilan chop etilishi tariximizning bebaho yutuqlaridir. Musta­qillik tufayli so’z san'atkorlari, olimlar asarlari mukammal holda chop etila boshlandi.
Mukammal asarlar – talqinning mustah­kam poydevori. Alisher Navoiyning 20 jildlik mukammal asarlari, «Boburnoma» to’liq chop etildi. 2001 yil Musta­qil O’zbekistonda haqli ravishda Navoiy yili bo’lib qoldi. Mustaqil­lik­ning 10 yilligi arafasida Navoiy shahrida Navoiy­ning yodgorlik majmui ochildi. Qadriyatlarni qadrlab, mangu barhayot asarlarni tushunib, his qilib talqin qilish, yaratilayotgan ko’plab asarlarning sarasini bexato ajrata bilish fikrlovchi, sinch­kov inson­­larning murakkab yumushidir. Mustaqillik yil­larida ki­shilarimizdagi mushohadakorlik, talqin qila bilish uquvi beqiyos darajada o’sdi. Istiqlolning birin­chi kunla­ridanoq xalqni ma'naviy takomillashtirish, ruhan boyi­tish masalasi asos qilib qo’yilgan edi: «Endigi vazi­famiz shundan iboratki, milliy istiqlol g‘oyasi tushuncha­lari asosida keng jamoatchilik, ziyolilarimiz, ilm-fan va madaniyat namoyan­dalari, avvalo, ma'naviy-ma'rifiy soha xodimlari milliy mafkurani takomillashtirish hamda uning asosiy tamo­yil­­larini odamlar ongiga va qalbiga singdirishga qara­til­gan ishlarni yangi bosqichga ko’tarish­lari zarur. Ma'rifatparvar shoirlarimizdan birining so’zlarini biroz o’zgartirib aytadigan bo’lsak, bu borada barchamiz uchun fikrlash va ish­lash zamoni keldi».1
Milliy mafkura, istiqlol g‘oyasining ilm-fan, xususan, o’zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligiga singib borishi badiiy asarlar – adabiy matnning mukammal, ilmiy tah­lil va talqinida namoyon bo’ladi. Tahlil va talqin nafa­qat ho­zirgi o’zbek adabiyoti, balki mumtoz adabiyotimiz, jahon adabiyotining noyob namunalarining asosli tahlili, teran talqini orqali milliy maf­ku­ra, istiqlol g‘oyasini yoritib berishi mumkin.
Tahlil va talqinlar-badiiy asar bahosini belgilashdagi bosh mezon. Ayni vaqtda ular adabiy tanqidning muhim tarkibiy asoslari. Adabiy tanqid esa – adabiyotshunoslikni tutib turadigan mustahkam uch ustunning biri. U badiiy asar vositasida hayot, insonlar haqida mushohada yuritadi; badiiy asarning ijtimoiy-madaniy munosabatlar­dagi o’rni, vazifasi, milliy-mafkuraviy, umuminsoniy mohiyatini yoritadi; badiiy asarning falsafiy-estetik mohiyatini, tarixiy-madaniy qatlamdagi o’rnini belgilaydi; adabiy matn tahlili orqali badiiyatga doir kamchilik, yetishmovchi­liklarni ochadi yoxud tanqidning saralovchilik vazifasini amalda isbotlaydi; badiiy asarga singdirilgan, uning «joni»ga aylanib ketgan go’zalliklarni nozik kashf etadigan, ilmiy-mantiqiy xulosalarga asoslangan talqin vositasida ularni yuzaga chiqaradi; adabiy talqin­ning xulo­sa, natijalarini badiiy asar bahosini belgi­lashga yo’nalti­radi.
Adabiy tanqid, xususan, talqin haqidagi qarashlarning asosiy manbai o’zlashtirish nafosatshunosligi (retseptiv es­tetika)dir. Madaniyatli inson borki, qadriyatlarni e'zoz­lash, o’rganish, o’zlashtirish yo’lidan boradi. Bu – murak­kab jarayon, ruhiy-ma'naviy holat. Qadriyatlarni o’zlashtirish, anglab yetish retseptiv estetika predmetidir. O’zlashtirish nafosatshunosligi qadriyat, xususan, badiiy ijod namuna­larini qabul qilish, ruh-ongga singdirish jarayonini yoritsa, adabiy talqin o’zlashtirilgan qadriyat, go’zallik­ning hayotga qaytarilishi, boyitilgan qadriyat sifatida qayta tug‘ilishi holatidir.
Shunday qarash mavjudki, adabiy matn tahlil, talqin jarayonidan keyingina yo badiiy asar maqomini oladi, yo yaroqsiz matoh sifatida inkor etiladi. Tahlil va talqin ichki va tashqi jarayon sifatida kechadi. Adabiy matn yaratuvchisi ayni paytning o’zida ichki, pinhoniy talqinchi hamdir. Matn yaratuvchining iste'dodi yuksak bo’lsa, uning talqinchi, tanqidchi sifatidagi talabchanligi ham shunchalik jiddiy, shafqatsiz bo’ladi. Daho san'atkorlar ruhi­da­gi tanqidchi-talqinchi yaratilgan matnning mohiyatini bexato baholay oladi.
Adabiy tanqid keng qamrovli soha. Sharoit, vaziyat adabiy tanqidning goh u, goh bu yo’nalishda rivojlanishini taqazo etadi. XX asr o’zbek tanqidchiligi murakkab holat­lar­ni kechirdi. Asr boshlaridagi, yangi shakllangan adabiy tanqid ruhida millatparvarlik, xolis adabiy talqinga in­­ti­lish tamoyili yetakchi edi. Sho’ro davrida adabiy tan­qid asl, xolislik xislatini yo’qotdi, kommunistik maf­kura dastyoriga aylandi. 80-yillardan e'tiboran adabiy tanqid­da oshkoralik, shiddatkorlik sezila boshlandi.
Mustaqillik pallasidan e'tiboran xolis talqin tanqid asosiga aylana bordi. Bu tanqidda anglash, qiziqish, tushu­nib yetish tamoyili ko’zga darhol tashlanadi. hozirgi paytda o’zbek tanqidchiligi «Milliy g‘oyani tarannum etishga, istiq­lol mafkurasiga zid g‘oyalarning zararli mohiyatini ochib berishga, ayniqsa, e'tiborni kuchaytirishi zarur. hayot va ijoddagi maxdudlik hamda fikr qashshoqligiga qarshi kurashish, bahs-munozara, tanqid va tahlillar orqali mafkuraviy muhitning sog‘lom bo’lishiga erishish» asosiy masala bo’lib turibdi.
XX asrning 80-yillaridan, xususan, O’zbekiston musta­qilligidan boshlab sohada talqinga, badiiy asar­lar­ni ich-ichidan xolis yoritib berishga, ma'nolar qatini ochishga, tahlillar har xilligiga e'tibor ortdi. Badiiy asarga biografik, ijodiy-genetik, ontologik, tarixiy-funk­sional yondashuv yoxud maqsadli tahlil qilish tamoyili kuchaydi. Adabiy talqin badiiy asarni ich-ichidan, tuzili­shi-yu tarkibi ruhidan yoritishdir. Tahlilning strukturali, semiotik ijtimoiy, uslubiy, intonatsiyaga ko’ra botindan boqib, ichdan tekshirib (mikroanaliz) tahlil qilish yo’sin­lari mavjud. Ohang, uslub tahlili tanqidchiligimizga endi-endi kirib kelyapti. Adabiy tanqidning asl mohiyati tah­lil va talqinlarda namoyon bo’lishini ko’rsatish ishimiz­ning dolzarbligi nishonasi. Tahlillar izchil, ishonarli; talqin asosli bo’lsa, badiiy asarning asl qimmati, qadriyat­lik asosi anglashilaveradi.


Mustahkamlash uchun savollar:
1. Istiqlol davrida madaniy merosni mustahkamlash borasida qanday ishlar amalga oshirildi ?
2. Mustaqillik yillarida qaysi ajdodlarimiz haqida badiiy asarlar yaratildi?



1 Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. Тошкент. «Ўзбекистон» нашриёти-2000, 7-8-саҳифалар.

Yüklə 36,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin