Milliy iqtisodiyotda milliy innovatsion tizimdan samarali foydalanish imkoniyatlari



Yüklə 142,25 Kb.
səhifə1/10
tarix28.04.2023
ölçüsü142,25 Kb.
#104324
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Sarvar


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI


TOShKENT MOLIYA INSTITUTI


ATAJANOV SARVAR MUZAFFAR O’G’LI


MILLIY IQTISODIYOTDA MILLIY INNOVATSION TIZIMDAN SAMARALI FOYDALANISH IMKONIYATLARI
KURS ISHI
Ilmiy rahbar i.f.n., dots. D.Bababekova


TOSHKENT – 2023

Mavzu: O’zbekistonda milliy bozorni shakillantirish va rivojlantirish muammolari



  1. Kirish

  2. Asosiy qism
  1. Bozor sharoitlarida rejalashtirish va bashorat qilishning obyektiv zarurati


  2. O’zbekistonda milliy bozorni shakillantirish haqida ummumiy ma’lumotlar
  3. O’zbekistonda milliy bozorni rivojlantirish muommolari va ularni bartaraf etishdagi vazifalar


  1. Xulosa




  1. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish
Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tishi bilan jamiyatda bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan korxonalarning (firmalarning) xo‘jalik yuritish faoliyatini, ularning bozor sharoitidagi harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish yo‘llarini va shu asosda ularni samarali faoliyat yuritishlarini o‘rgatuvchi bilimga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining gapiga asosan respublika iqtisodiyotida olib borilayotgan erkinlashtirish jarayonlari chuqurlashdi, moliya bozori shakllandi va undagi operatsiyalarning ko‘lami o‘sib, ishtirokchilarining soni ham ortdi.
Milliy bozor — muayyan mamlakatning davlat chegaralari doirasi bilan cheklangan tovar muomalasi sohasi. Kapitalizm taraqqiyoti mayda mahalliy bozorlarni yaxlit milliy bozorga birlashtiradi. Milliy bozor ham qar qanday bozor kabi turli moddiy, maʼnaviy va intellektual tovarlarni ayirboshlash obʼyektiga aylantiradi. Milliy bozor subʼyektini shu mamlakat fuqarolari boʻlmish tovar egalari va pul egalari tashkil etadi. Milliy bozor tarixan oʻtkinchi. U maʼlum davrda paydo boʻlgan, maʼlum bosqichga kelib yoʻqoladi, chunki bozor munosabatlari baynalmilallashib, millatlararo, umumiy bozor vujudga keladi. Natijada bozor munosabatlari uchun milliy doyra torlik qiladi va ular davlatlararo miqyosga chiqadi.
Bozor sotuvchilar bilan xaridorlarning oldi-sotdi qilish orqali yuz beradigan o’zaro manfaatli va hamkorlik aloqalaridir. Umuman olganda, bozor besh funktsiya (vazifa)ni bajaradi:
1.Ishlab chiqarish bilan iste’molni bog’lash funktsiyasi. Iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanib, iste’mol bilan tugallanadi. Masalan, vertolyot zavodi uchish apparatini chiqaradi, ammo o’z ishchilari uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy yaratmaydi, stanoklar, vertolyot uchun metall plasmassa, bo’yoq elektr qismlarini ham tayyorlamaydi. Zavod vertolyotini bozordr sotib, pulni ishchilarga maosh qilib beradi, ular iste’mol bozoridan tirikchilik tovarlarini sotib oladilar. Zavod ishlab chiqarish
uchun zarur narsalarni ham sotib oladi. Demak, bozor orqali har xil iste’mol qondiriladi.

Yüklə 142,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin