Milliy g’oya— O’zlikni anglash



Yüklə 63,82 Kb.
səhifə1/4
tarix22.10.2023
ölçüsü63,82 Kb.
#159741
  1   2   3   4
O`zlikni anglash intilishning kuchayishi. Siyosiy tizimdagi o`zgarishlar.


O`zlikni anglash intilishning kuchayishi. Siyosiy tizimdagi o`zgarishlar.
Reja:



1.Milliy g`oya o`zlikni anglash omili
2.Uzlikni anglashning turli talkinlari.
3.Siyosiy tizimdagi o`zgarishlarning ahamiyati.
Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti o`zo`zini anglash, eng avvalo, insoniy mavjudlikning mohiyatini ma`naviy voqyelik sha`n, qadrqimmat, obro`e`tibor, ornomus orqali namoyon bo`lishini ko`rsatadi. Hayotning ma`nomazmuni, maqsadini tushunib yetish, o`zlikni anglashdan boshlanadi, Milliy g`oyada uning negizlari mujassam bo`lganligi uchun ham o`zlikni anglashga xizmat qiladi va birbiri bilan uzviy bogliq
«O`zlikni anglash deganda men tarixiy xotirani tiklash, naslnasabimiz kim ekanini, kimlarning vorisi ekanligamizni anglab yetishni, shundan kelib chiqib, o`zimizga xos va mos jamiyat barpo etishni tushunaman», deydi I.A.Karimov.
O`zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish. davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarini yanada demokratlashtirish, avvalambor, har bir fuqaroning va butun jamiyatning oliy maqsadlarini o`zida mujassam etgan milliy g`oya atrofida jipslasha olishi, o`zini xalq, millatning ajralmas qismi ekanligini anglab yetishiga ham bogliq. Zero, buyuk bobokalonimiz Amir Temur o`git berganlaridek: "Birliksiz kuch bo`lmas". Binobarin, "Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot" qurishdek ulug ish, avvalo, o`zlikni anglamagan joyda amalga oshmaydi. Millat birligida insonni o`zligini anglash omili alohida o`ringa ega. Prezident I.Karimov ta`kidlaganidek: "Chinakam insoniy fazilatlarga ega bo`lgan yoki ega bo`lishga intilgan odam demokratiya ne`matlarining oddiy iste`molchisi emas, balki ularning faol yaratuvchisi va ximoyachisiga aylanadi. Demokratiya, fukarolik jamiyati asoslarini amalda barpo etish, inson xak%ukuklari va erkinliklarini ta`minlashi mumkin bo`ladi. Shundagina inson o`z mamlakatining tom ma`nodagi munosib fukarosi bo`la oladi"1.
Bunda tilga olingan insoniy fazilatlar insonning ma`yaviy olamini tashkil etadi. Ma`naviyat esa fikr, so`z va iSh birligida namoyon bo`ladi. O`zligini anglamagan odamda imon va e`tiqod zaif bo`ladi.
"Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot" g`oyasida muekassam bo`lgan milliy g`oya oddiy da`vat emas, jamiyatni harakatga keltiruvchi kuchga aylanmog`i uchun, u o`zligini anglagan har bir fuqaroning ongidan chuqur joy olmog`i va yashash tamoyiliga aylanmogi lozim.
Demak mustaqillik tufayli bir tizimdan ikkinchi tizimga o`tish davrida o`zlikni anglashning o`ziga xos ko`rinishlarini anglamasdan ma`naviy yuksalish va taraqqiyot darajasini aniqlab bo`lmaydi.
Jamiyat ma`lum bir hududda jamlangan odamlarning oddiy yigindisi emas. Inson martabasiga xos bo`lmagan o`zligidan mahrum, tarixiy xotirasi zaif, o`zining kelib chiqishi va kimlarning vorisi, avlodlari ekanligini anglamagan, bilmagan odamlarni xalqimiz "to`da", "olomon" deb ataydi;
Yuksak rivojlangan jamiyat esa o`zligini anglagan shaxslardan tarkib topadi. Inson ijtimoiy mavjudot sifatida talqin etilganda, uning mustaqil tafakkurga, e`tiqodga, bunyodkorlik qudratiga, o`zgalar va butun borliq oldidagi mas`uliyat tuyg`usiga ega ekanligi nazarda tutiladi. "Men kimman?", "Bu yorug` dunyoga nima uchun keldim?", "Menga ato etilgan buyuk ne`mat — hayotimni nimalarga safarbar etmogim lozim?". Inson borki, ertamikechmi ana shu savollarga javob izlay boshlaydi, kamolot sari yo`l oladi. Bu yo`lni o`zlikni anglash deb aytish mumkin. O`zligini anglagan yoki anglay boshlagan kishigina shaxs darajasiga ko`tariladi. Demak o`zlikni anglash, avvalo, har bir insonning shaxsi, alohida «meni» bilan boglik
"Kimki o`zligini tanisa, robbini taniydi". Bu hadisda buyuk xdkmat yashiringan. O`ni bugungi kun muammolari nuqtai nazaridan quyidagicha talqin etish mumkin: har bir inson o`zi intilmasa, maqsadlar qanchalik ulug bo`lmasin, birorbir natija bermaydi. Shuning uchun ham islom ahli, mutasavvif allomalar insonni "olam mexrari" deb bilganlar.
Milliy istiqlol mafkurasi va milliy g`oya jahon xalqlarning uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratilgan merosidan ham ozuqa olganligi bejiz emas. Zero, insoniyat jamiyati paydo bo`libdiki, turli xalq allomalari insonss o`zlikni anglashga da`vat etadi. O`zlikni anglash borasidagi Sharq va Garb allomalarining fikrlari milliy g`oya va o`zlikni anglash bilan chambarchas bogliq ekanligini yaqqol namoyon etadi.
Delfadagi Appolon ibodatxonasining devorlariga o`yib yozilgan va an`ana bo`yicha yetti yunon donishmandlaridan biri sparxalik Xilonga tegishli deb hisoblangan "O`zligingni angla" ishori qadimgi yunon falsafasining o`zak masalasi bo`lib qoldi. Yunon mutafakkirlarini bu borada izlanishga da`vat etdi. Eramizdan avvalgi V asrda Protagor, "inson barcha narsalarning o`lchovidir", degan fikrni ilgari surdi. Suqrot uchun esa "o`zligingni angla" hikmati donishmandlikning qoidasiga aylandi. O`zligini anglagan inson ma`naviy yuksalishga erishadi, har qanday sharoitda ezgulikka choglanadi. Shu nuqtai nazardan, inson ruhiy quvvatining ramziga aylangan Suqrotning hayoti va o`limi hammamizga saboq bo`la oladi. Sharqu Garb allomalari o`zlarini va o`z davrlarini anglashga harakat qilishar ekan, takror va takror Suqrotga murojaat etishgan. Suqrot davri bilan bugungi kunni qariyb 2,5 ming yil ajratib turgan bo`lsada, biz ham yana bir bor bu ulug siymoni eslasak foydadan holi bo`lmas. Suqrot bir guruh kishilarning fitnasi tufayli fuqarolik me`yorlarini, yoshlar tarbiyasini buzganlikda ayblanib, o`lim jazosiga hukm etilgan edi. Hukm ijrosini kutayotgan Suqrotga shogirdlari qamoqdan qochishni taklif etishadi. Garchi hukm adolatsiz bo`lsada, Suqrotning fikricha, har qanday, hatto eng yuksak va adolatli maqsad ham unga erishmoq yo`lidagi past va jinoiy vositalarni oqlamaydi. "Bizni o`ldirishga Kodir bo`lgan ko`pchilik bu fikrga ko`ishladimi, ko`ishlmaydimi, bundan biz ko`prok yoki kamrok ozor chekamizmi, baribir, adolatsiz ish uni kilgan kigii uchun xar kanday sharoitda sharmandalikdir", deydi u shogirdiga, Yoki bunday kdraylik agar biz bu yerdan juftakni rostlashga shay . lansaku, Konun va Davlat ro`paramizdan chiksada, so`rasa: "Aytchi, Sukrot, nima kilmokchisan? O`z kilmokchi bo`lgan ishing bilan bizni, Konunlar va butun Davlatni xalok kilmokchimisan? Yoki sud x.ukmlari x.yech `anday kuchga ega bo`lmagan, balki ular alox.ida odamlarning istagi bilan bekor kilinadigan bo`lsa, davlat butun va beziyon kolishi kin deb o`ylaysanmi?". O`z yurtini sevgan va chinakam vatanparvar bo`lgan Suqrot uchun qamoqdan qochish butun hayoti davomida o`zi rioya etgan qoidalarga, o`zining umr ishiga va yayemak Vataniga xiyonat bo`lar edi. Afina davlatidagi u yoki bu tartiblar bilan kelishmagan bo`lsada, chinakam vatansarvar bo`lgan Suqrot o`limni afzal ko`radi.

Yüklə 63,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin