Микроиктисодиёт



Yüklə 1 Mb.
səhifə17/20
tarix27.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#103359
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
457-Текст статьи-1255-1-10-20191227

muddatli ta`siri

a) rasmdan ko`rish mumkinki, soliq har bir firmaning uzoq muddatli oraliqdagi o`rtacha xarajatini siljishga olib keladi. Bu o`z navbatida ba`zi bir xarajatlari yuqori bo`lgan firmalar foydasini qisqartirib nolga tenglashtiradi. Ular bu tarmoqdan chiqib boshqa, ko`proq foyda oladigan tarmoqlarga o`ta boshlaydi. Natijada bu bozor taklifi chizig`ini chapga (b



rasm) yuqoriga siljitadi ( S1
dan
S2 holatga) va xarajatlr oshganinin

ko`rsatadi. Bozor narxi
P1 dan P2
ga o`sadi, bozor taklifi esa
Q1 dan Q2

ga kamayadi. Soliq ta`siri tugagandan keyin, ya′ni tarmoqda yangi uzoq muddatli muvozanat (E2 nuqta) vujudga kelganda tarmoqda kamroq mahsulot ishlab chiqaruvchi kamroq firma qoladi.


    1. Raqobatlashgan bozor samaradorligi

Biz ko`rdikki davlatning bozor mexanizmiga aralashuvi jamiyatda to`liq yo`qotishga olib keladi. Shuning uchun ham davlat o`zining iqtisodiy siyosatini shlab chiqqanda to`liq yo`qotishlarni hisob-kitobdan chetda qoldirmasligi kerak. Lekin, bundan davlatning raqobatlashgan

bozorga aralashuvi har doim ham yo`qotishlarga olib kelaveradi, deb bo`lmaydi. Quyidagi ikki holda davlatning aralashuvi raqobatlashgan bozorda iste′molchilar va ishlab chiqaruvchilarning turmush darajasini o`sishga olib keladi.
Birinchidan, iste′molchilar va ishlab chiqaruvchilarning harakati natijasida vujudga keladigan yutuq yoki yo`qotish bozor narxida o`z ifodasini topmasa. Bunday yo`qotish yoki yutuqlar bozorga nisbatn tashqi samara deyiladi, nima uchun deganda, ular bozorga nisbatan tashqarida ro`y beradi. Bozorga nisbatan tashqi samaraga misol qilib ishlab chiqaruvchilar tomonidan atrof-muhitni zaharlash natijasida vujudga keladigan jamiyat xarajatlarini keltirish mumkin. Ushbu xarajatlarni faqat davlatning aralashuvi orqali bartaraf qilish mumkin (bu masalaga keyingi boblarning birida batafsil to`xtaymiz).
Ikkinchidan ―bozor qiyinchiligi‖ - bu yerda mahsulotning sifati, kim tomonidan, qachon ishlab chiqarilganligi to`g`risida axborotning to`liq bo`lmasligi, iste′molchilarni ortiqcha yo`qotishlarga olib kelishi mumkin, ya′ni iste′molchi naflikni maksimallashtiradigan tovarlarni sotib olish bo`yicha to`g`ri qaror qilolmasligi mumkin. Bunday holda davlatning aralashuvini (tovarlar yorlig`ida tovar to`g`risida to`liq axborot bo`lishni davlat tomonidan talab qilinishi) samarali deb qarash mumkin.
Raqobatlashgan bozorning muvozanat holatda ishlashi iste′molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini maksimal bo`lishini ta`minlaydi, demak, muvozanat holatda iste′molchilr o`z talabini mavjud ishlab chiqarish xarajatlarida mumkin bo`lgan eng past narxda qondiradi. Raqobatlashgan bozor samaradorligi ishlab chiqarishni ta`minlaydi.
Uzoq muddatli oraliqda raqobatlashgan bozorning muvozanat holati

sharti quyidagicha tenglik bilan ifodalanadi: rasm).
MR MC
AC P
(19.14-

Ma`lumki qisqa muddatli oraliqda, raqobatlashgan bozor sharoitida firma ortiqcha foyda olishi yoki zarar ko`rishi mumkin. Lekin, uzoq muddatli oraliqda bunday holat istisno qilinadi, nima uchun deganda, tarmoqga kirish, undan chiqish erkin bo`lganda, tarmoqdagi yuqori foyda boshqa firmalarni o`ziga jalb qiladi, tarmoqdagi zarar bilan ishlaydigan firmalar boshqa tarmoqqa o`tadilar.

P

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin