23
sotilgan olingan moliyaviy natijani aniqlash buxgalteriya uchyotining muhim vazifasi
xisoblanadi.
Respublika Oliy Majlisining 1997 yil 24 apreldagi sessiyasida tasdiqdlangan va 1998 yil
1 yanvardan boshlab amalda qo`llash uchun tavsiya etilgan O`zbekiston Respublikasi Soliq,
kodeksining 10- moddasiga va O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat Soliq
kumitasining 1998 yil 4 yanvardagi 1998 yilda korxona va tashkilotlarni soliqka tortish tartibida
o`zgartirishlar kiritish to`g`risidagi xatiga binoan ham yuridik shaxslar daromadlaridan
oliyadigan soliq hisoblash usuliga ko`ra amalga oshiriladi. Bunga ko`ra korxona va muassasalar
jo`natilgan mahsulot, bajarilganish va xizmatlar yuzasidan, ushbu mahsulot, ish va xizmatlar
qiymatini to`langan vaqti hamda xaqiqatan pul kelib tushishidan kathiy nazar, jo`natilgan
mahsulot, ish va xizmatlar qiymatidan davlat byudjetiga soliq hisoblashlari va uni buxgalteriya
uchyotida o`sha hisobot davrida aks ettirishlari lozim. Demak, yuqorida aytilganlar asosida
shunday xulosa chiqarish mumkinki, xozirgi xo`jalik yuritish sharoitida, 1998 yil 1 yanvardan
boshlab korxona va muassasalarda ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar
pulning qachon kelib tushishidan katoiy nazar ular haridor korxonalarga jo`natilgan vaqtdan
boshlab realizatsiya qilingan deb hisoblanadi. Mahsulot (ish, xizma) sotish shu nom bilan
ataluvchi 46-schetda hisobga olinadi.
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat Soliq, ko`mitasi 1997 yil 5
dekabrda «Ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlar (ish, xizmat) bo`yicha qo`shilgan qiymat
solig`ini hisoblash va to`lash tartibi to`g`risida» yo`riqnomani ishlab chiqdi va 1998 yil 1
yanvardan amalda qo`llash uchun tavsiya etdi. Mazkur yo`riqnomada umumiy qoidalar, soliq
to`lovchilar, soliqqa tortish oboektlari, soliqda tortish oborotlarini aniqlash, soliqka tortish
oborotlarini korrektirovka qilish, soliq imtiyezlari hamda stavkalari, byudjetga to`lanishi kerak
bo`lgan qo`shilgan qiymat solig`i summasini aniqlash tartibi, schet-faktura, soliqlari to`lash
muddati va xokazolarni taqdim qilish, soliq to`lovchilarning masouliyati, soliq idoralarining
nazorati batafsil bayen qilinadi. yo`riqnoma, O`zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga muvofiq
O`zbekiston xududida tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi yuridik shaxslar qo`shilgan
qiymat solig`i to`lovchilari bo`lib hisoblanadi.
Korxona mablag`arining aylanish jarayoni mahsulot sotilishi bilan tugallanadi. Yuqorida
ko`rsatib o`tilgandek, korxona faoliyatini tavsiflovchi asosiy ko`rsatkichlardan biri bu tovar
mahsulotining sotilish ko`rsatkichidir. Hisobot oyda mahsulot sotilishi bilan bog`liq,
operatsiyalar bo`yicha sotilgan mahsulot turlarining soni, mahsulotni ishlab chiqarish tannarxi va
sotilgan olingan moliyaviy natijani aniqlash buxgalteriya uchyotining muhim vazifasi
xisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: