yuklarining ichiga (qaytarib) solib qo'yinglar. Shoyad uylariga qaytgan vaqtlarida, ularni tanib, yana qaytib kelsalar",-dedi. 63. Otalarining oldiga qaytib kelishgach, dedilar: "Ey, ota, (bundan keyin) bizlarga o'lchov (oziq-ovqat) berilmaydigan bo'ldi. Biz bilan birga inimizni yuborgin, shunda o'lchab ola bilamiz. Bizlar, albatta, uni muhofaza qiluvchimiz". 64. (Ya'qub) dedi: "Men uni sizlarga ilgari uning akasini ishonganimdek ishonayinmi?! (Lekin) Zotan,
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
151
Alloh eng yaxshi saqlaguvchidir va U mehribonlarning mehribonrog'idir". 65. (Olib kelgan) yuklarini ochib ko'rishgach, (almashtirib kelish uchun olib borgan) narsalarini o'zlariga qaytarilganini ko'rib, dedilar: "Ey, ota, mana narsalarimiz o'zimizga qaytarilibdi. (Yana) bizga nima kerak?! (Inimizni qo'shib yuborsang), yana oilamizga oziqovqat keltirurmiz, inimizni muhofaza qilurmiz va (uning uchun ham) bir tuya yukni ortiqroq olurmiz. Bu (misrlik xazinachi uchun) ozgina o'lchovdir". 66. Ya'qub aytdi: "Uni (Binyaminni) mening oldimga keltirishingiz haqida Allohdan vasiqa keltirmaguningizga qadar (ya'ni, Alloh nomiga qasam ichmaguningizcha,) qurshovda qolishingiz bundan mustasno, uni sira sizlar bilan birga yubormasman". Unga vasiqalarini keltirishgach, (Ya'qub): "Bu aytayotgan gaplarimizga Alloh guvohdir", - dedi. 67. (So'ng ularni safarga kuzatar ekan), aytdi: "Ey, o'g'illarim, (Misrga) bir darvozadan kirmanglar, balki turli xil darvozalardan kiringlar! Men sizlardan Allohning biror hukmini qaytara olmayman. Hukm faqat Allohning izmidadir. Ungagina tavakkul qildim. Barcha tavakkul qiluvchilar (ham) Uning