Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
464
ASR SURASI
Asr bilan
Alloh taolo qasamyod etib, surada bayon etilgan to'rt xislatdan mahrumlikda yashagan insonning
butun umri ziyonkorlik va baxtsizlikda o'tgan deb hisoblanishini ta'kidlaydi. U to'rt
xislat-imon, solih amal,
haqiqatparvar va sabrli bo'lishga bir-birini targ’ib etishdir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Asrga qasamki,
Izoh: Asr so'zi arab tilida bir necha mazmunga dalolat qiladi. Jumladan, asr namozi, har yuz yillik muddat,
Payg’ambarimiz yashagan asr, siqib suvini chiqarish kabi ma'nolarni o'z ichiga oladi. Surada zikr etilgan asr
so'zidan murod asr namozi yoxud asri saodat, ya'ni, Rasululloh yashagan asr maqsad qilingan bo'lishi mumkin.
Vallohu a'lam.
2. (har bir) inson ziyon (baxtsizlik)dadir!
3. Faqat imon keltirgan va solih amallarni qilgan, bir-birlariga Haq (yo'li)ni tavsiya etgan va bir-
birlariga sabrli bo'lishni tavsiya etgan zotlargina (bundan ustasnodirlar).
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
465
HUMAZA SURASI
Humaza - birovning ortidan imo ishoralar bilan g'iybat qiluvchi shaxsdir. Surada dunyoparastlikka o'ta berilib,
faqat
boylikka suyanuvchi, o'zgalarni pisand qilmay ustilaridan kuluvchi kufrga ketgan shaxslar qoralanib,
ularning oxirati achinarli ekani uqtiriladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
Dostları ilə paylaş: