Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon:
Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
408
44. Agar (payg'ambar) Bizning nomimizdan (Biz aytmagan) ba'zi so'zlarni to'qib aytganda edi,
45. albatta, Biz uning o'ng qo'lidan tutgan,
46. so'ngra uning shohtomirini uzib tashlagan bo'lur edik.
47. U holda sizlardan biror kishi undan (payg'ambardan halokatni) to'sa oluvchi bo'lmas edi.
48. Haqiqatan, u (Qur'on) taqvodorlar uchun eslatmadir.
49. Biz sizlarning orangizda (Qur'onni) inkor etuvchilar bor ekanini aniq bilurmiz.
50. Albatta, u (Qur'on) kofirlarga (Qiyomat kunida) hasrat (nadomat) bo'lur.
51. Albatta, u (Qur'on) aniq Haqiqatdir.
52. Bas, ulug' Rabbingiz nomi bilan tasbeh ayting!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
409
MAORIJ SURASI
Maorij - me'rojlar, ya'ni, pog'onalar.
Suradan
oxirat haqida ogohlantirish, u paytda har kim o'zi
uchun javob berishi,
inson irodasining zaifligi, uni
faqat imon va itoat bilan mustahkamlash mumkinligi va boshqa ilohiy eslatmalar joy olgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. (Bir) savol beruvchi tushadigan azob haqida so'radi
Dostları ilə paylaş: