Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon:
Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
289
51. (Ey, Muhammad,) agar Siz (mushrik va kofirlarni) dahshatga tushgan, yo'qolishning iloji yo'q va
yaqin bir makondan (do'zax sari) tutib ketilgan paytlarida ko'rsangiz edi!
52. (O’sha kunda) ular: "Imon keltirdik", - deydilar. Yiroq bir joydan (tavbaga) erishish qayoqda ekan
ularga?!
53. Holbuki, ular ilgari (dunyoda) unga kofir bo'lgan edilar! Holbuki, ular yiroqdan turib, g'aybga
(oxiratga tosh) otar edilar.
54. (Mana endi,) xuddi ulardan oldingi hamfikrlariga qilingani kabi, ular bilan istaydigan narsalari
(imon) o'rtasi to'sib qo'yildi, zero, ular (dunyoda) shak-shubhada edilar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
290
FOTIR SURASI
Fotir so'zi "ilk bor yaratuvchi" degan ma'noni bildiradi. Surada Allohning cheksiz
ilmi va qudratiga dalolat
qiluvchi aqliy dalillar,
farishtalar, dunyo va oxirat, kufr va imon, tajovuz va tug'yon
haqidagi ilohiy tafsilotlar
hamda boshqa muhim ma'lumotlar mavjud. Suraning ikkinchi nomi - "Maloika"dir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
Dostları ilə paylaş: