Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon:
Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
187
deydilar.
109. Ular, yig'lagan hollarida, yuzlari bilan yiqilurlar va (Qur'on) ularning kamtarliklarini ziyoda qilur.
Izoh: Hanafiyadan boshqa mazhablarda sajda.
110. (Ey, Muhammad,) ayting: "Alloh, deb chorlangiz yoki Rahmon deb chorlangiz. Qanday
chorlasangizlar-da (joizdir). Zero, Uning go'zal ismlari bordir". (Ey, Muhammad,) Siz namozingizni
juda jahriy (baland ovozda, oshkora) ham qilib yubormang (toki mushriklar eshitib, Qur'onni haqorat
qilmasinlar) va o'ta maxfiy ham qilib yubormang (toki sahobalaringiz tinglab, foydalansinlar).
Shularning (jahriylik bilan maxfiylik) o'rtasidagi yo'lni istang!
111. "Hamd farzand tutmagan, podshohligida sherigi yo'q, xorlikdan (qutqaruvchi) do'sti bo'lmagan
(ya'ni, hech kimga muhtoj bo'lmaydigan) zot - Allohga xosdir", - deng va (ulug'lab) Unga takbir ayting!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
188
KAHF SURASI
Kahf-g'or. Bu surada boshqa qissalar bilan bir
qatorda ajib bir tarixiy voqea, "Ashobi kahf" voqeasi bayon
etilgan.
Unda tavhid, imon yo'lida zolim shoh zulmidan qochib borib, bir g'orga
yashiringan fidoyi yigitlar
to'g'risida gap ketadi. Surada Muso bilan Xizr (a. s.)larning ibratli qissalari va Zulqarnayn qissalari ham o'z
ifodasini topgan. Shuningdek, boshqa suralardagi kabi ilohiy o'gitlar fasohatli oyatlar bilan bayon etilgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
Dostları ilə paylaş: