Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon:
Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
108
201. Taqvo qilganlarga shaytondan (biror) musibat yetsa, (darhol Allohni) eslaydilar. Bas, o'shanda ular
(haqni) ko'ruvchidirlar.
202. Ularning do'stlari yo'ldan urishda ularga yordam beradilar. (Bu ishda) sustlik qilmaydilar.
203. Ularga oyat keltirmasangiz, "Uni o'zing tanlab (to'qib) qo'yaqolmaysanmi?!" - deyishadi. Ayting:
"Men faqat Rabbimdan menga vahiy qilingan narsalargagina ergashurman. Bu (Qur'on) imon
keltiradigan qavm uchun Rabbingizdan ko'rsatmalar, hidoyat va rahmat (manbai)dir".
204. Qur'on o'g'ilganda uni tinglangiz va sukut saqlangiz! Shoyad (shunda) rahm qilingaysizlar!
205. Rabbingizni ichingizda tazarru va qo'rqinch bilan hamda gapirganda ovozni ko'tarmasdan ertayu
kech zikr (yod) eting! G'ofillardan bo'lmang!
206. Haqiqatan, Rabbingiz huzuridagi (farishta)lar Uning ibodatidan kibr (ibo) qilmaydilar. Unga
tasbeh aytadilar va Unga sajda qiladilar.
(Sajda oyati. )
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
109
ANFOL SURASI
Anfol - o'ljalar.
Surada urush-jang, o'lja
taqsimoti, imon, e'tiqod, taqvo, amali solih va boshqa muhim masalalar haqida ilohiy
ko'rsatmalar berilgan. Unda asosan Badr jangi voqealari batafsil bayon etilgan. Ma'lumki,
Badr jangi hijratning
ikkinchi yili ramazon oyida Madinaga yaqin Badr qishlog'ida kechgan. Bu jangda musulmonlar ozchilik, kam
qurollangan bo'lishiga
qaramasdan, ko'psonli va puxta qurollangan mushriklar to'dasi ustidan g'alaba
qozonganlar. Yov qo'shinlaridan yetmish kishi halok etilib, yana yetmish kishi asir olingan va katta o'lja qo'lga
kiritilgan. Jangdan keyingi o'lja taqsimida ayrim musulmonlar o'rtasida
nizo chiqqani bois, surada ularga pand-
nasihatlar qilinadi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
Dostları ilə paylaş: