(9) va
o‘rgich
1 dan tuzilgan. O‘rgich ish holatida to‘rtta boshmoqqa
tayanib yuradi, uni ko‘tarib-tushirish uchun gidrosilindrlar xizmat
qiladi. Asosiy qismlari: o‘rish apparati
2, motovilo
4, uzatuvchi
shnek
5, ezuvchi jo ‘va 7 va
8 lar, uyumlovchi moslama
6 lardan
iboratdir.
Pichano‘rgichga segment-barmoqli, baland o‘ruvchi o‘rish
apparati o‘rnatilgan. Segmentlar tig‘i kertiklangan. Motovilo
4 poyalarni o‘rish apparatiga engashtirib, o‘rilganini shnek 5 ga
yetkazib berish uchun xizmat qiladi. Shnek 5 m kenglikda o‘rilgan
poyalarni o‘rtaga to‘plab, 2, 0 m kenglikka keltirib, ezuvchi jo ‘va 7
va
8 larga uzatadi.
Ezuvchi apparat qirrali ikkita jo ‘valardan iborat bo‘lib, ustki
jo ‘va pastkiga prujina yordamida siqib qo‘yilgan. Prujinaning
siqilish kuchini sozlab, poyalarning ezilish darajasi o‘zgartiriladi.
Texnologik jarayon quyidagicha bajariladi: eguvchi brus
baland poyalarni engashtirib, ularni kesishga sharoit tug‘diradi.
359
198-rasm. Pichano‘rgich-ezgich texnologik ish jarayonining
sxemasi:
1 - o ‘rgich; 2 - o ‘rish apparati; 3-eguvchi brus; 4-motovilo; 5-shnek; 6-uyumlovchi moslama; 7-8-pastki va ustki ezuvchi j o ‘valar; 9-yurituvchi qism. Kesilgan poyalar shnekka uzatiladi. Undan uzatilgan poyalarni
jo ‘valar sindirib, ezadi. Ezilgan poyalar ensiz (1, 6 m) uyum
ko‘rinishida yerga tushib qoladi.
Boshmoqlarga tushadigan yuk 200-250 N bo‘lishi kom-
pensatsion prujinalar yordamida, o‘rish balandligi (min 8 sm) esa
boshmoqlar holatini o‘zgartirish hisobiga sozlanadi. Sharoitga
qarab, o‘rish apparatining barmoqlari gorizontal yoki oldiga
engashtirilgan holda o‘rnatiladi.
360
Bunday pichano‘rgichdan ezuvchi jo ‘valarini yechib olib,
g‘allani o‘rib, qatorga uyumlab ketishda ham foydalanish mumkin.