Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
164
Ulusqa base ranju taklif o‘lub,
Kirar ermish ul qo‘lg‘a tansif o‘lub.
Chu Doro sipohig‘a bildi bu hol,
Dedi lutf etib shohi daryonavol
Ki: «Gar rasm Dorog‘a tansifdur,
Vale bizga ul rasm taz’ifdur
1
.
Muzoaf, – dedikim, – bering ganjdin»
Ki, el tindi butkargali ranjdin
2
.
Mavojib olur to‘rt
yuz ming kishi
Ki, chokarlik erdi alarning ishi,
Olib ganjdin borcha iqto’ini,
Muraffah bu nav’ etti atbo’ini
3
.
Yana iki yuz ming mavojibxo‘ri,
Bo‘lub birga iki mavojiblari.
Ulufa berib olti yuz ming sipoh,
Falak avjidin o‘tkarib borgoh.
Mavojib sipahg‘a chu taz’if etib,
Raiyat xirojini tansif etib.
Sipohiysi obodu ham shod o‘lub,
Raoyosi ham shodu obod o‘lub.
Chu to‘kti sipohu raiyatqa ganj,
Angau munga bartaraf bo‘ldi ranj.
Dedikim: «Manga
ganj emastur havas,
Sipohu raiyat manga ganj, bas.
Agar ganj erur bahru kondin fuzun,
Va gar xud xizona jahondin fuzun.
Chu naf’e emastur alardin gumon,
Alardur hamon, toshu tufrog‘ hamon.
Agar naf’din bo‘lsa
maxzan yiroq,
Aning la’lidin xora ko‘p yaxshiroq
Kim, ul xora bir tosh erur bezarar,
Vale ganjdin elgadur yuz xatar.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: