Microsoft Word menejment va marketing asoslari


ГЛАВА 13. ИНФОРМАЦИОННОЕ ОБЕСПЕЧЕНИЕ В СИСТЕМЕ



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

ГЛАВА 13. ИНФОРМАЦИОННОЕ ОБЕСПЕЧЕНИЕ В СИСТЕМЕ 
МАРКЕТИНГА…………………………………………………………………..129 
13.1. Значение информаций в маркетинге………………………………..129 
13.2. Виды маркетинговых информаций…………………………………130 
13.3. Источники маркетинговой информации……………………………133 


9
ГЛАВА 14. МАРКЕТИНОВАЯ СРЕДА………………………………………137 
14.1. Понятие маркетинговой среды и ее сущность……………………..137 
14.2. Микросреда предприятия……………………………………………138 
14.3. Макросреда предприятия……………………………………………141 
ГЛАВА 15. ИЗУЧЕНИЕ РЫНКА И ПОТРЕБИТЕЛЕЙ……………………145 
15.1. Понятие и виды товарного рынка…………………………………...145 
15.2. Конъюнктура рынка и факторы на нее влияющие…………………146
15.3. Сегментация рынка и ее сущность………………………………….148 
15.4. Классификация потребителей и факторы, влияющие на их 
поведения……………………………………………………………………….…151 
ГЛАВА 16. ТОВАРНАЯ ПОЛИТИКА В СИСТЕМЕ МАРКЕТИНГА…...156 
16.1. Понятие товара, товарная политика и ее место в системе 
маркетинга.. ……………………………………………………………………….156 
16.2. Жизненный цикл товара и его этапы………………………………..159 
16.3. Стратегия выпуска нового товара…………………………………..163 
ГЛАВА 17. ЦЕНОВАЯ ПОЛИТИКА В СИСТЕМЕ МАРКЕТИНГА…….167 
17.1. Понятие цены в системе маркетинга и ценообразование…………167 
17.2. Выбор методов ценообразования…………………………………...171 
17.3. Стратегии цен………………………………………………………...174 
ГЛАВА 18. КОММУНИКАЦИОННАЯ 
ПОЛИТИКА 
В 
МАРКЕТИНГЕ…………………………………………………………………..176 
18.1. Связи с общественностью (паблик рилейшнз) и их сущность……177 
18.2. Реклама и средства рекламы………………………………………...177 
18.3. Стимулирование продажи в маркетинге……………………………181 
ГЛОССАРИЙ…………………………………………………………………….184 
 
СПИСОК ИСПОЛЬЗОВАННОЙ ЛИТЕРАТУРЫ………………………….200 


10
KIRISH 
Bozor iqtisodiyoti nazariyasida menejment va marketing o’rtasida uzviy 
bog'liqliq mavjud. Marketing menejmentning asosiy funktsiyalaridan hisoblanadi. 
Korxonani boshqarish tizimi korxonada marketing xizmati tizimini samarali yaratish 
bilan chambarchas bog'liqdir. Uzoqni ko’zlovchi tadbirkorlar va menejerlar 
marketingning biznesdan ajralmasligini va raqobatlar mavjud bo’lgan sharoitda uning 
o’rni beqiyos ekanligini yaxshi tushunishadi. 
Iqtisodiyotning barqarorlashuvi va o’sishi sharoitida menejerlar korxonalarni 
bozor talablariga mos harakat qilishiga, iste'molchilar talabini hisobga olishi, raqobat 
kurashi uslublarini o’zlashtirishi, tovarni sotish va siljitishda marketing 
instrumentlarini qo’llashi, tijorat faoliyatida marketing strategiyasiga tayanishi kerak. 
Bugungi kunda mamlakatimizda bozor iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida 
menejment va marketing asoslarining o’ziga xos tomonlarini chuqur o’rganishni 
taqozo etadi. Chunki, menejment va marketingning nazariy va amaliy asoslarini 
chuqur bilish tijorat xavf-xatarini o’z vaqtida his qilish va kamaytirishga, uning har 
xil muqobil turlarini, variantlarining eng maqbulini tanlashga, raqobat sharoitida 
bozorni yuqori sifatli tovar va xizmatlar bilan to’yintirish, doimiy talab mavjud 
bo’lgan sharoitda xaridorlarning turli guruhlari uchun sotish, narxini aniqlash va 
oqibatda ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Prеzidеntimiz I.A.Karimov ta'kidlaganlaridеk, “Bugungi kunda 
mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va 
modеrnizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini divеrsifikatsiya qilish borasida 
amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o`ylayotgan siyosat bizni 
inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta'siridan himoya qiladigan kuchli to`siq, 
aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini yaratdi.”
1
Talabalarga mazkur fan xususiyatlari doirasida O’zbеkiston Rеspublikasi 
Prеzidеnti I.A.Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston 
sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” nomli asarida kеltirilgan 
matеriallar, qoidalar va xulosalarni puxta o’zlashtirishlari, kеlgusi faoliyatda samarali 
foydalanishlari hamda ijodiy yondashishlari ta'minlash fanni o’rganish oldida turgan 
asosiy vazifalardan biridir. 
Bugungi kunda hal etilishi lozim bo’lgan masalalarni echimi uchun 
mamlakatimizga menejment va marketing sohasida jahon andozalariga mos keluvchi 
yuqori malakali mutaxassislar kerak. Shu kunning mutaxassisiga, birinchidan, 
iste'molchilarni ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda bozorni har tomonlama tahlil qila 
bilish, ikkinchidan bozorga ta'sir eta bilish talabi qo’yiladi. 
I. A. Karimov ta'kidlaganidеk “Аyni paytda bugun bizni goyat muhim, printsipial bir 
masala bеzovta qilmasligi mumkin emas. Ya'ni, yosh mutaxassislar tayyorlanayotgan 
ixtisoslik yo’nalishlarining barchasiga ham iqtisodiyotimizning soha va tarmoqlarida 
amaliy talab bormi? Litsеy va kollеjlar, oliy o’quv yurtlarini bitirib chiqayotgan yigit-
qizlarimiz jamiyatda o’ziga, o’z kasbiga munosib o’rin topayaptimi?
1
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari. -
T.: O`zbеkiston, 2009, 14-bеt


11
Ana shu masalalar bo’yicha haqiqiy ahvolni atroflicha o’rganishimiz, hozirgi 
vaqtda mutaxassislar tayyorlanayotgan har qaysi ixtisoslik yo’nalishi rеal hayot 
talablariga qay darajada javob bеrishi, unga nafaqat bugungi, balki yaqin istiqbolda 
qanday ehtiyoj borligini har tomonlama chuqur aniqlashimiz lozim.”
1
Har bir 
bo’lajak boshqaruvchi boshqaruv sohasining nazariy va ilmiy-uslubiy jihatlarini еtarli 
darajada bilishi lozim. Bu boshqaruvchining har qanday vaziyatlarni chuqur tahlil 
etishi, mavjud muammolarni hal etishda oqilona yondashishi va eng asosiysi, 
mеnеjmеnt asoslarining asl mazmuni va mohiyatini chuqur anglab olishi kabilarda 
namoyon bo’ladi.
Marketing bozor faoliyatining falsafasi, strategiyasi va taktikasi sifatida 
o’zining tarixiy shakllanishi va rivojlanishida muayyan ilmiy tamoyillar, maqsadlar 
va ularga erishish vositalarini shakllantirdi. Bular umumuslubiy yondashuvda bozor 
sharoitida faoliyat ko’rsatuvchi har qanday xo’jalik yurituvchi sub'ekt uchun 
universaldir. "Menejment va marketing asoslari" fanining maqsadi - talabalarga 
mamlakatimiz iqtisodiyotini erkinlashtirish va iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish 
hamda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitlarida korxonalarda marketing 
faoliyatini to’g'ri tashkil etish va uni boshqarish, boshqarish usullari va marketing 
faoliyatini takomillashtirishdan iboratdir. Qayd qilish kerakki, biznes falsafasi deb 
anglangan va iste'molchilarning va maqsadli bozorlarning ehtiyojlarini aniqlashga 
yo’naltirilgan marketing alohida korxonalar va tijorat hamda notijorat tashkilotlari 
darajasida ham, hududiy va davlat darajalarida ham qo’llanadi. Mamlakatimizda 
bozor o’zgarishlari ro’y berishi bilan korxona va tashkilotlarni boshqarish bo’yicha 
amaliy faoliyatda marketing qurollaridan foydalanish uchun tobora qulay sharoitlar 
yaratilmoqda. 
Marketing u yoki bu korxonaning faol bozor faoliyati yordamida rivojlanishini 
bildiradigan juda dinamik tushunchadir. Bundan tashqari u ishlab chiqarishning bozor 
talablariga yo’naltirilishini ta'minlashga imkon beradigan tizim sifatida ham qaraladi. 
Menejment va marketing tamoyillariga muvofiq zamonaviy korxona xo’jalik 
faoliyatining barcha tomonlari bozor talablarini, iste'molchilarning ehtiyojlarini 
hisobga olgan holda rejalashtirishi va amalga oshirishi kerak. Aytish kerakki, 
zamonaviy korxonalarning ishlab chiqarish sotish faoliyati sohasidagi katta yutuqlari, 
ishlab chiqariladigan tovarlarning xilma-xilligi va sifati, ularning sotish bozorlariga 
kirib borishi, operatsiyalar miqyosiga ko’ra optimal bo’lgan ishlab chiqarishni 
yaratish bularning hammasi marketingni qo’llash natijasidir. 
1
Karimov I.A. “Inson manfaatlari ustivorligini ta'minlash - barcha islohot va o`zgarishlirimizning bosh maqsadidir”, 
“Xalq so`zi” gazеtasi, 9 fеvral 2008 y.


12

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin