Microsoft Word Economic theory lecture 2



Yüklə 203,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix28.11.2023
ölçüsü203,25 Kb.
#167509
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Economic theory - lecture 2



2- mavzu. ISHLAB CHIQARISH JARAYONI VA UNING NATIJALARI 
 
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida inson hayotining asosini moddiy 
ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish tashkil etadi. Ushbu mavzuda bir-biri bilan 
uzviy bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish omillari va jarayoniga tegishli muammolar qarab 
chiqiladi. Dastlab ishlab chiqarishning omillari tavsiflanadi, ishlab chiqarishning maqsadi va 
mazmuni ochib beriladi, so‘ngra uning natijalari va samaradorligi bilan bog‘liq masalalar
shuningdek ishlab chiqarish imkoniyati va uning chegarasi tushunchasi ham bayon etiladi. 
Mavzuning oxirida so‘nggi qo‘shilgan mahsulot va uning kamayib borishi, keyingi qo‘shilgan 
mehnat va kapital unumdorligining pasayib borishi qonunining mazmuniga aloqador 
marjinalistik g‘oyalar hamda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasida ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga alohida e’tibor berilishi va 
uning sabablari bilan tanishtiriladi. 
2.1. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi 
Ishlab chiqarish jarayonida haqiqatda qo‘llaniluvchi barcha resurslar ishlab chiqarish omillari 
deyiladi. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’iy nazar uchta omil: ishchi kuchi, mehnat qurollari 
va mehnat predmetlari bo‘lishi shart. 
Ishchi kuchi deb insonning mehnat qilishga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining 
yig‘indisiga aytiladi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar uchun xosdir. Lekin 
ishchi kuchi insonning o‘zi emas yoki uning mehnati ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir. 
Mehnat qurollari deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir 
qiladigan vositalarga aytiladi (mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va 
boshqalar). Mehnat predmetlari esa bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot 
tayyorlanadigan narsalardir (yer, suv, xom ashyo va boshqa turli materiallar). Mehnat 
predmetlari tabiatda tayyor holda uchrashi mumkin yoki oldingi davrdagi mehnat mahsuli, 
ya’ni xom ashyo bo‘lishi mumkin. Mehnat qurollari va mehnat predmetlari birgalikda ishlab 
chiqarish vositalari deb yuritiladi. Bu esa mehnat jarayonining tabiatidan kelib chiqadi; shuning 
uchun ham ishlab chiqarish vositalari hamma ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, insoniyat 
taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xosdir. 
Ishlab chiqarish omillari insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun umumiy 
bo‘lsada, bu omillarga turli adabiyotlarda turlicha ta’rif beriladi. Jumladan, «Siyosiy iqtisod» 
darsliklarida ishlab chiqarishning ikki omili: moddiy va shaxsiy omillari mavjudligi tan olinadi. 
Bunda mehnat qurollari va mehnat predmetlari (yer, suv, yer osti boyliklari kabi tabiiy boyliklar 
ham) ishlab chiqarish vositalari deyiladi va ishlab chiqarishning moddiy omilini tashkil etadi, 
ishchi kuchi esa uning shaxsiy omili deb yuritiladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga doir ko‘pchilik 
adabiyotlarda esa ishlab chiqarishning to‘rt omili: mehnat, kapital, yer-suv, tadbirkorlik qobiliyati 
tan olinadi. 
Bu erda ishchi kuchi bilan mehnat o‘rtasidagi farqni anglab olish juda muhimdir. Chunki, 
mehnat insonning to‘g‘rirog‘i ishchi kuchining ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyati jarayoni 
bo‘lib, ishchi kuchi tushunchasidan tamomila boshqa tushunchadir. Ko‘pgina adabiyotlarda esa 
ularni sinonim (bir xil tushuncha) deb qarashadi va ko‘pgina chalkashliklar keltirib chiqaradi. 
Bizga ma’lumki, mehnat turli omillarning birikib, amal qiladigan jarayonidir. Ishchi kuchi
yuqorida aytganimizdek, insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyati, uning bilim, 
malaka darajasi bilan birgalikda ishlab chiqarishga qatnashishiga tayyor turgan omil bo‘lib 
xizmat qiladi, mehnat esa ishchi kuchining ishlab chiqarish vositalari bilan qo‘shilishi natijasida 
sodir bo‘ladigan va ma’lum samara olishga qaratilgan faoliyatdir. 


Shuning uchun biz mehnat degan tushunchani emas, balki ishchi kuchi degan tushunchani 
ishlab chiqarishning omili deb bilamiz va ishlab chiqarish omillari ishchi kuchi, kapital, yer-suv 
va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat deb ta’kidlaymiz (2.1-rasm). 

Yüklə 203,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin