Ish haqi summasiga ijtimoiy sug’urta ajratmalari hisoblanadigan barcha ish haqi,
qo’shimcha haq va to’lovlar (bir martalik beriladigan mukofotlardan tashqari)
kiritiladi.
Misol. Ishchi 2001 yil oktabr oyida 5 kun kasal bo’lgan. Bu to’g’rida tibbiyot
muassasidan berilgan mehnat qobiliyatini yo’qotish to’g’risidagi varaqa va tabelda
yozuvlar bor. Uzluksiz ish staji-7 yil.
Uning avvalgi oydagi ish haqisi quyidagicha bo’lgan:
-
Ishbay -15000 so’m;
-
Vaqtbay - 2000 so’m;
-
Oldingi yilning o’rtacha oylik mukofot summasi - 1300 so’m.
Mehnat qobiliyatini yo’qotganlik nafaqasini hisoblash uchun o’rtacha oylik haq
18300 so’m (15000+2000+1300). Oktabr oyida 22 ish kuni mavjud. O’rtacha kunlik
ish haqi 831,8 so’m (18300/22)ni tashkil qiladi. Ish staji va kasal bo’lgan kunlarni
hisobga olgan holda nafaqa 3327,2 so’m (831,8*5*0,8)ni tashkil etadi.
Ushbu muomalaga hisobda quyidagicha provodka beriladi:
D-t 6520-«Davlat maqsadli fondlariga to’lovlar»-3327,2 so’m
K-t 6710-«Хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar»- 3327,2 so’m.
Dostları ilə paylaş: